Nazorat savollari:
Sabzavot ekinlari necha muddatda ekiladi?
Mayda urug’li sabzavotlardan so‘ng qaysi sabzavotlar ekilgani maqul?
“To‘qsonbosti” muddatda qaysi sabzavotlar ekiladi?
9-mavzu: Kartoshkani -Tomatdosh sabzavotlar biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi Reja:
Ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi.
Kartoshkaning aynishi haqida tushuncha. Unga qarshi kurash choralari va virussiz urug’chilik.
3. Kartoshka hosilini yig’ish va saqlash usullari.
Tayanch iboralar: Tuganak, kraxmal, poya, palak, stolon, virusli va ekologik aynish, termoterapiya, apikal to’qima yoki uchki merisistema usuli, mikrotuzlar, o’stiruvchi stimulyatorlar, tiomochevina, radonli kaliy, gibberilin, geteroauksin, TMTD, fungitsidlar, urug’ni ekishga tayyorlash, nishlatish, usimtalarni sindirish, kolorada qo’ng’iziga qarshi kurash, ikki hosilli ekin.
1. Kartoshkani kimyoviy tarkibi va halq xo‘jaligidagi ahamiyati. Kartoshka inson uchun muhim oziq-ovqatlardan bo‘lib chorvani ham oziqlantiriladi. Jahonda inson oziq-lanib quvvat oladigan bo‘g‘doy, makkajo‘xori, guruch va arpadan so‘ng kartoshka beshinchi o‘rinda turadigan quvvat manbasidir. Shu sababli uni xalqda ardoqlab “ikkinchi non” deb ataydilar. Kartoshka ishlab chiqarish sanoatining qator tarmoqlari uchun muhim xom-ashyo hisoblanadi. 100 g. kartoshka 301,5 kDj yoki 72 kkal quvvat berish manbasidir.
Kartoshka ko‘pchilik mamlakatlarda maydon birligidan eng ko‘p quruq modda, quvvat (energiya) va oqsil olishni ta’minlaydigan o‘simlik hisoblanadi. Masalan, Niderlandiyada gektardan eng ko‘p quvvat birligi ishlab chiqarish qand lavlagiga to‘g‘ri kelsa, kartoshkadan esa unga nisbatan biroz kamroqdir. Ammo ular bug‘doy va sabzavot no‘xatga nisbatan arzonroqdir.
Kartoshka gektar birligidan oqsil berishi jihatidan don dukkaklilardan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Kartoshka hosildorligi gektardan 13,6 t bo‘lsa, undan olinadigan oqsil 273 kg ni tashkil etadi.
Kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish aholini oziq-ovqat va shu jumladan oqsil bilan ta’minlashda salmoqli hissa qo‘shish mumkin.
Turli mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tashkilotlari kartoshka iste’mol qilish me’yorini turlicha tavsiya etadilar.
Issiqsevar sabzavotlar va mevali o‘simliklar kam yetishtiriladigan, ammo kartoshka yaxshi o‘sadigan mo‘tadil iqlimi mamlakatlarda kartoshkadan yiliga 120-150 kg iste’mol qilish tavsiya etiladi. Meva-sabzavotlarning ko‘p turlari yetishtiriladigan janubiy mintaqalarda (regionlarda) kartoshka iste’mol qilish me’yori nisbatan kam tavsiya etiladi. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash mutasaddi tashkilotlari aholi son boshiga yil mobaynida 45 kgdan kartoshka iste’mol qilishni tavsiya etadi.
Kartoshka tuganagi tarkibida kraxmal, oqsil, oqsilsiz azotli birikmalar, eruvchan uglevodlar, mineral moddalar va lipoidlar (yog‘simon moddalar) kabi oziqabop moddalar majmuasining mavjudligi uni yuqori oziqali qiymatga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Kartoshka tuganagi tarkibida uni oziqali va mazasi sifatiga ta’sir etadigan pektinlar, vitaminlar, alkoloidlar va boshqa birikmalar oz miqdorda mavjuddir.
Tuganakning kimyoviy tarkibi o‘zgaruvchan bo‘lib, unga nav, yetilish darajasi, tuproq, iqlim sharoiti, beriladigan o‘g‘it miqdori va uni tarkibi, tuproq namligi va boshqa omillar ta’sir etadi. Masalan, tuganak tarkibidagi suv miqdori 65 dan 85 foizgacha, quruq modda esa 13 dan 37 foizgacha o‘zgaradi (4 jadval, 1 rasm..).
4 jadval. Kartoshka tuganagi tarkibidagi oziqa moddalar miqdori, xom vazniga nisbatan % da (Shpaar D, 1999).
Moddalar
|
O‘rtacha miqdori
|
O‘zgarish darajasi
|
quruq modda
|
23,7
|
13,1-36,8
|
Kraxmal
|
17,5
|
8,0-29,4
|
Eruvchan uglevodlar
|
0,5
|
0,0-8,0
|
Xom kletchatka
|
0,7
|
0,2-3,5
|
Xom protein
|
2,0
|
0,7-4,6
|
Xom yog‘
|
0,1
|
0,004-1,0
|
Kul
|
1,1
|
0,4-1,9
|
Do'stlaringiz bilan baham: |