3. Kartoshkani biologik asoslari. Qadim zamonlardagi atoqli shifokor Gippokrat “Bizni taomlarimiz shifobaxsh dori-darmon vositasi bo‘lishi kerak, bizni shifobaxsh vositamiz taomdir” deb ta’kidlagan. Bu talabga kartoshka to‘liq javob beradi. U haqiqatdan ham taom ham dori-darmondir. Kartoshka qimmatli oziqa bo‘lishi bilan birga, tarkibida vitaminlar, mineral tuzlar, organik kislotalar va boshqa biologik aktiv moddalarni mavjudligi unga shifobaxshlik xususiyatini beradi. Amerikali olimlarning fikricha faqat kartoshka va sut parxezida yashaydigan insonlar organizmini, ularga zarur bo‘ladigan barcha oziqa moddalar bilan ta’minlar ekan. Kartoshkani har bir oila xarid qilib olishi mumkin bo‘lgan mahsulotligi uni dorivorlik vositasini ko‘rsatuvchi yana bir omildir.
Kartoshka tarkibida xolin va asetilxolin moddalarini bo‘lishi inson organizmidan zaxar haydashni kuchaytirib, muskullarni tortishib qolishini bartaraf qiladi. Inson buyrak xastaligi-nefrit va qon bosimini oshishi- gipertonik bilan kasallanganida parxez qilishni tavsiya etiladi, ya’ni kun mobaynida uch-besh marta (200-300 g.) po‘sti bilan tuzsiz pishirilgan kartoshka iste’mol qiladilar.
Kartoshka tarkibidagi kaliy tuzi, yurak muskullarida almashuv jarayonlarini neytrallash va uni faoliyatini me’yoriga keltirishda, yurak hamda buyrak xastaligini va suv to‘planishini oldini olishda – asosiy vosita vazifasini bajaradi. Kaliy birikmalari inson organizmidan suv va osh tuzi eritmasini chiqib ketishini tezlatib, qon bosimini pasayishiga yordam qiladi. Buning uchun kraxmali kam kartoshka navlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Og‘ir jismoniy mehnat qilib ko‘p terlaydigan insonlar uchun kartoshkani ahamiyati kattadir. Terlash bilan ko‘p mineral tuzlar yo‘qotiladi. Kartoshka esa ularga yo‘qotilgan tuzlarni o‘rnini tiklash va yurakni zo‘riqib ishlashidan saqlaydi. Kartoshka minerallari tarkibida ishqoriy elementlar yuqoridir, shuning uchun u inson organizmida nordon-ishqoriy muvozanatni me’yorida bo‘lishiga yordam qiladi.
Kartoshka tuganagidan yangi tayyorlangan sharbatni shamollash, xavfli shishlarni, spazmali kasallikni, kesilgan joylarni davolashda va organizmni baquvvatlashtirishda, zaxar xaydashda ishlatiladi va shu bilan birga yuqori kislotali me’da shilimshiq, me’da va o‘nikki barmoqli ichakda hosil bo‘ladigan yaralarga ta’sir qiluvchi dori sifatida foydalaniladi. Sharbat, oshqozon bezlari faoliyatini sekinlashtirib, og‘riqni kamaytiradi, me’da va ingichka ichak shilimshiq qatlamidagi yaralarni yo‘qotishda asosiy vosita sifatida foydalaniladi. Bunda sharbat avval , so‘ng stakan kuniga 3-4 marta ovqatlanishdan 30-40 minut oldin ichiladi va so‘nggi marta uxlashdan oldin 20 kun mobaynida ichilishi kerak. U me’da qaynash, bosh og‘riganda va qon bosimini tushurishda yordam beradi.Buning uchun undan har kuni yarim stakandan 2-3 marta ichish kerak.
AQShda har kuni sharbatdan 50 ml dan 3-4 marta ichib podagrani davolaydilar. Tuganak sharbati oshqozon osti bezi ferment ajratish faoliyatini kuchaytirib, organizmdagi qand miqdorini kamaytiradi. Shuning bilan birga qand diabet xastaligida oldin stakan so‘ng bir stakan sharbat 1:1 nisbatda suvga qo‘shib ichiladi.
Yo‘tal, tomoq bo‘g‘ilishi, shamollash va yuqori havo yo‘llari kasallanganida qaynatilgan kartoshka bug‘idan nafas olish bilan davolanadi. Kartoshka tuganagi po‘sti bilan suvda qaynatib pishganidan so‘ng, bosh va kartoshka pishirilgan idish ustiga qalin sochiq yopib 10-15 minut mobaynida kartoshka bug‘idan engashgan holda nafas olinadi. Po‘sti bilan pishirilgan kartoshka ezilib ko‘krak va yelkaga qizdiruvchi (kompress) vositasi sifatida qo‘llaniladi. Kartoshka etida S va R vitaminlari, kraxmal va fitonsidlar bo‘lganligi uchun uni kuygan teri trofik yara, yuzga toshadigan xusnbuzar, qadoqlarni, kuchli dermantit, ekzema, terini yiringlashi va ultrabinafsha nuri bilan zararlangan joylarni davolashda qo‘llaniladi. Buning uchun qirg‘ichdan o‘tkazilgan kartoshkani marli orasiga olib, zararlangan teri ustiga qo‘yib bog‘lanadi, shu holda 2-3 soat saqlanishi kerak. qirg‘ichdan o‘tkazilgan kartoshkaga asal qo‘shib ham bog‘lash mumkin.
Teridagi tuzalmayotgan yaralar ustiga kartoshkani yupqa qilib kesib qo‘yib davolash mumkin. To‘g‘ri ichakdagi shamollashni hamda ichki yorilishlarini davolash uchun xom kartoshkadan qalamcha qilib (svecha shaklida) qo‘yiladi. qaynatib pishirilgan kartoshka biroz ezilib, matodan tayyorlangan xaltachalarga solib, qizdiruvchi vosita sifatida, ezilgan kartoshkaga biroz qaymoq qo‘shib yuzga niqob sifatida qo‘yib, oftob urgan teri davolanadi. Inson zaxarlangan vaqtda kartoshka kraxmalidan tayyorlangan kisel ichib uni oldi olinadi. Noxushlikni oldini olish uchun kraxmaldan klizma o‘rnida, kuygan terini bitishini tezlatish uchun uni yuziga sepiladi, undan surtiladigan moy (maz) sifatida ham foydalaniladi.
Kartoshka tarkibidagi kletchatka va pektin moddalari tolachalari taomni me’yorida hazm bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Organizmdan ortiqcha xolesterinni, og‘ir metallarni radionukleidlarni, nitrat va nitritlarni, kletchatka va pektin moddalari o‘ziga so‘rib olib organizmdan chiqib ketishini ta’minlash bilan birga ichak tizimida mikroorganizmlar hosil qiladigan zaharli moddalarni neytrallaydi. Kletchatka inson organizmini sog‘lom muhitda bo‘lishini ta’minlash bilan birga o‘t qopidan zaharli o‘tni me’yorida ajratishini hamda ichak mikroflorasini me’yorida saqlanishi yordam qiladi. U organizmda modda almashinuvini me’yorida o‘tishiga yordam qiladi. Shunday qilib, kletchatka tolachalari arteroskleroz va undan kelib chiqadigan kasalliklar, shuningdek o‘t qopidagi toshni kattalashishini oldini olishda, diabet va shunga o‘xshash xastaliklarni davolashda katta ahamiyatga ega. Sutka mobaynida 25-30 g. kartoshka iste’mol qilish yuqorida bayon etilganlarni oldini olishda yordam qiladi.
Kartoshka kletchatkasi juda mayin bo‘lib, ovqat hazm qilish yo‘llaridagi shilimshiq pardalarga zarar yetkazmaydi, shuning uchun suvda pishirilgan yoki qirg‘ichdan o‘tkazilgan kartoshkani oshqozon ichak kasalliklari qo‘zg‘agan vaqtda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kartoshka tarkibida organik kislotalarning mavjud bo‘lishi taomni hazm bo‘lish jarayoniga ijobiy ta’sir etadi. Sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan ishlarda ishlaydigan shaxslarning ishlab chiqarishda zaxarlanish va kasallanishini oldini olish uchun ular ratsionlariga kartoshkani qo‘shish maqsadga muvofiqdir. qirg‘ichdan o‘tkazilgan kartoshka massasi oyoq tagiga qo‘yib, yoki shu kartoshka massasini tog‘ora yoki polietilen xaltaga solib, unga oyoqni to‘piqgacha botirib bir necha soat davomida ushlab turilsa, tovondagi kasallik qadoqdan xalos bo‘linadi. Tanani sovuq urgan yerni sezish xususiyati tiklangandan so‘ng tuzsiz pishirilgan kartoshka issiq bo‘tqasi 30-35 min. mobaynida zararlangan joyga qo‘yiladi.
Kartoshka ichak kasalliklarida (enteritlar, ichak shamollashi, entrokolit) ratsionidan chiqariladi va siydik yo‘lida toshlarni yig‘ilishi, diabet va semirish xastaliklarida kartoshka iste’mol qilish chegaralanadi.
Chorvani oziqlantirish va qayta ishlashda kartoshkadan foydalanish. Jahonda yetishtiriladigan kartoshkaning 10 foizi urug‘lik sifatida, 50 foizdan ortig‘i qayta ishlanmasdan yoki qayta ishlangandan so‘ng insonning iste’moli uchun, 30 foizi chorvaga ozuqa sifatida va 3-4 foizi esa kraxmal hamda spirt olishi uchun ishlatilishi ko‘pchilikka ma’lum.
Ko‘pchilik mamlakatlarda, xususan Sharqiy Yevropada kartoshka uy hayvonlari va parrandalarni oziqlantirish uchun ishlatiladi. Kartoshka kam yetishtiriladigan mamlakatlarda bu maqsad uchun uni notovar mayda tuganaklari ishlatiladi. Kartoshka ko‘p yetishtiriladigan va uni oziq-ovqat uchun qayta ishlash sanoati rivojlangan mamlakatlarda chorva mollari undan chiqadigan chiqindilar bilan boqiladi. Chiqindilarga 10 foiz melassa qo‘shib kartoshka uni tayyorlanadi. Bunday un boshqa ozuqalar bilan yaxshi aralashadi va tashishga qulaydir. Hosilni mexanizmlar yordamida yig‘ishtirishga o‘tilishi munosabati bilan chorva mollarini boqish uchun standart talabiga javob bermaydigan, mexanik shikastlangan hamda hosil yig‘ilgandan so‘ng unga birinchi ishlov berish vaqtida zararlangan kartoshkalar bilan oziqlantiriladi. Kartoshka tuganagi chorva mollariga va parrandalarga qaynatilgan, siloslangan va quritilgan holda beriladi. Bir gektar kartoshkadan olinadigan ozuqa birligi va hazm bo‘ladigan oqsil miqdori, asosiy boshoqli va lavlagi o‘simliklaridan ustun turadi. 1 kg kartoshka tarkibida 3,29 mDj energiya va 22g. xom protein mavjud, xashaki lavlagi tarkibida esa 187 MDj energiya va 13 g protein bor. Yuza birligidan kartoshka yuqori hosil bersa, barcha turdagi chorva mollari uchun va asosan cho‘chqa uchun eng arzon ozuqa olinadi.
Cho‘chqa 100 kg kartoshka bilan boqilganida u qo‘shimcha 6 kg go‘sht va yog‘ berishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |