Мевачилик ва сабзавотчилик



Download 7,73 Mb.
bet121/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

Mashg‘ulot maqsadi: asosiy bog‘ asboblari bilan tanishish, ularni alohida qismlarini nomlarini o‘rganish, ularni chaxlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish, ishga tayyorlash va bog‘ hamda ko‘chatzordagi ishlarda amaliy qo‘llash texnikasini egallash.
Mashg‘ulot mazmuni:
1.Bog‘ asboblari alohida qismlarning tuzilishi va vazifasini ta’riflash:
-bog‘ pichog‘i
-kurtak payvand qilish pichog‘i
-payvand pichog‘i
-bog‘ arrasi
-toqqaychi
-shohqirqich
-tikanqirqich
2.Qo‘l asboblarini ishlatishga tayyorlash qoidalari va ular bilan ishlashda texnika xavfsizligi.
3.Tig‘ning o‘tkirlik darajasini aniqlash.
Umumiy ma’lumotlar va uslubiy ko‘rsatmalar
Mevali o‘simliklar bilan turli opereatsiyalar o‘tkazishda eng ko‘p ishlatiladigan va keng tarqalan asboblarga bog‘ pichoqlari, tok qaychi va arrani kiritish mumkin.
Bog‘ pichoqlari uch xil turda bo‘ladi: katta, o‘rtacha va kichik.
Pichoqlar dasta va tig‘dan, tig‘ o‘z navbatida tayanch do‘ngchali tovoncha yoki asos, sharnir uchun teshikcha, orqa tomoni va tig‘idan iborat bo‘ladi. Dastasi ikkita plastinka, ikkita taglik, prujina va ikkita mahkamlagichdan iborat. Tig‘ dastaga sharnir bilan biriktiriladi.
Pichoqning tig‘i yuqori uglerodli instrumental po‘latdan yasaladi, plastinkalari esa – qattiq yog‘ochli olma, nok, yong‘oq taxtasidan yoki plastmassadan yasaladi. Tig‘ juda yaxshi toblangan bo‘lishi lozim.
Plastinka chetlari va taglik qirralari prujina qirrasi bilan bir hil yuzada joylashishi kerak. Pichoq ochilganda tig‘ning orqa tomoni va plastinka tagligida joylashishi lozim.




15-rasm. Bog‘ asboblari:
1 –payvand pichog‘i, 2 - bog‘ pichoq, 3 – tok qaychi, 4 – bog‘ arrasi.
Purjinaning egiluvchanligi shunday hisob qilinganki, pichoq to‘liq ochilishi uchun uni 150 darajagacha ko‘tarish lozim va so‘ngra pichoq o‘zi to‘liq ochiladi.
Ushbu prujina tig‘ni 30 darajaga ko‘tarilganda uning o‘z-o‘zidan yopilib qolishini ta’minlaydi.
Tig‘ning lezviya tomoni o‘tkir bo‘lishi lozim, buni diametri bir-bir yarim santimetr keladigan olma yoki qayin novdalarini kesib ko‘rib tekshirish mumkin.
Kurtak payvand pichoqlari payvandtaglarga kurtak payvand qilish uchun mo‘ljallab chiqariladi. Kurtak payvand pichoqlari tilchaga ega bo‘ladi, u po‘stloq orasini ochish va ochilgan joyga kurtakni joylashtirishda kerak bo‘ladi. Pichog‘i o‘tkir uchli tig‘ va egilgan qavariq lezviyadan iborat. Bu pichoq kurtak payvand qilishda po‘stloqni T-simon ochish va kurtakni qalqon ko‘rinishida payvando‘stdan kesib olishda juda qulay hisoblanadi.
Payvand pichoqlari uzunchoq va to‘g‘ri tig‘li bo‘ladi, ular uzun va to‘g‘ri tilish imkonini beradi. tig‘ning orqa tomonida qavariqcha ta’minlangan, u payvand qilishda tilingan joyni ochib chiqishda xizmat qiladi.
Payvand pichog‘i bilan bir urinishda 5-7 sm uzunlikdagi qiya kesim hosil qilinadi. Kesmaning yuzasi toza va silliq bo‘lishi zarur.
Payvand va kurtak payvand pichoqlari po‘latining sifati va detallarini yig‘ishga qo‘yiladigan talablar, tig‘ va dasta qismlarining nomlanishi bog‘ pichog‘i singaridir.
Tok qaychilar – yumaloq lezviyali bog‘ pichoqlaridir, tok qaychilari dasta va tig‘i yaxlit quyilgan yoki dastasi vint, mahkamlagich yoki payvandlash yo‘li bilan biriktirilgan bo‘lishi mumkin.
Tok qaychilar bir tomoni yoki ikki tomoni qirqadigan bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda bir tomoni kesuvchi, ikkinchi tomoni ushlab turuvchi yoki tayanch vazifasini o‘taydi, ikkinchi holatda esa ikki tomoni ham kesadi.
Tok qaychining ikki tomoni bir-biriga sharnir bilan, tig‘iz holatda, tirqishsiz biriktiriladi. Bunda ularning harakatlanishi erkin bo‘lishi kerak, lezviyasi silliq, cho‘kirtaklarsiz bo‘lishi, kesuvchi qirralari istalgan holatda bir-biriga bir nuqtada tig‘iz yondashishi lozim.
Diametri bir-bir yarim santimetr keladigan turli daraxt novdalaridan 10 donasini alohida kuchlanishsiz kesilganda va kesimtalar silliq, yog‘ochliklari ezg‘ilanib ketmasa tok qaychi ishga yaroqli hisoblanadi.
Bog‘ arralari ikki tipda bo‘ladi: yoysimon va dastarra. O‘z navbatida yoysimon arralar polotno tizimi bo‘yicha o‘rnatilgan dasta, ya’ni gorizontal dastali yoki yoyda joylashgan dastali, ya’ni vertikal dastali bo‘ladi.
Yoysimon arra po‘lat yoy, polotno, dasta va bir qancha detallardan iborat bo‘ladi. Arraning polotnosini istalgan burchak ostida joylashtirish mumkin, yoy esa vint bilan mahkamlab qo‘yiladi.Polotno bir yoki ikki tomonlama kesuvchi tishchali bo‘lishi mumkin.Polotnoning o‘lchamlari: uzunligi 362 mm, eni 18,2 mm. Arraning tishlari ish vaqtida tarqalma o‘lchamini yo‘qotib qo‘ymasligi kerak.
Arraning dastasi qattiq yog‘och taxtalaridan tekis shilifovkalab va laklab yasaladi.
Dastarralar dasta tomonga yo‘nalgan kesuvchi burchak, ingichka polotno va bir tomonlama yoki ikki tomonlama kesuvchi tishchalarga ega bo‘ladi, tishchalarning uchlari bitta yuzada joylashadi.

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish