1-vazifa. Biror mevali o‘simlikning urug‘ niholi hamda ko‘chatining rasmini chizish, ularda asosiy, skelet, yarim skelet va o‘suvchi ildizlarni ko‘rsatish.
Har xil mevali o‘simlik turlari ildiz tizimi tuzilishidagi farqni aniqlash va ildizlarning shoxlanish tartibini hisoblash.
Tirik ob’ektlarda ildizlarni mikroskopda ko‘rish va o‘suvchi, so‘ruvchi, o‘tuvchi va o‘tkazuvchi ildizlarni aniqlash.
9-jadval
Mevali o‘simliklarni ildiz tizimini ta’riflash
So‘ngi ikki ustunini to‘ldirishda bir-bir kuchli o‘sgan ildizni o‘lchash bilan cheklanish mumkin.
Kerakli jihozlar va materiallar: olma va shaftolining bir yillik urug‘ nihollari va ko‘chatlari; 2 – qalamchadan yetishtirilgan bir yillik o‘simliklar; 3 – mevali o‘simliklar ildiz tizimining tuzilishi bo‘yicha jadval; 4 – kattalashtiruvchi oyna, mikroskop; 5 – chizg‘ich, millimetrli qog‘oz.
3- LABORATORIYA mashg‘ulot
Mavzu:Meva o‘simliklarini o‘suvchi va hosil beruvchi navdalarining xarakteristikasi
Mashg‘ulot maqsadi: urug‘li mevalarda mevali novdalarni aniqlash, ularning tuzilishi va joylashish xususiyatlarini o‘rganish. Bu esa mevazor bog‘larda ko‘pgina tashkiliy va agrotexnik tadbirlarni yuqori malaka bilan hal etish mkonini beradi.
Mashg‘ulot mazmuni:
1. Xalqacha, nayzacha, hosilli chiviqcha va boshqa tipdagi hosil kurtaklarini chizish va tavsiflash yo‘li bilan hosilli shohchalarni o‘rganish.
2. Olma va nokda ko‘p yillik hosil novdalarni aniqlash texnikasini o‘zlashtirish.
3. Mevali daraxtning hosil berishidagi davriylik to‘g‘risida xulosa chiqarish.
4. Avvalgi yillardagi bir yillik o‘simtalarni tahlil qilish va so‘nggi yildagi o‘simtalar qaysi hosilli yoki vegetativ kurtakdan shakllanganligini aniqlash.
Umumiy ma’lumotlar va uslubiy ko‘rsatmalar
Olma, nok va boshqa urug‘li mevalarda o‘simtalar hosilli va vegetativ kurtaklardan shakllanadi. Agar o‘simta hosilli kurtakdan o‘sib chiqqan bo‘lsa, u holda u meva xaltachasida joylashadi, agar u vegetativ kurtakdan hosil bo‘lgan bo‘lsa, uning asosida faqatgina yillik xalqa mavjud bo‘ladi, meva xaltachasi bo‘lmaydi.
O‘simtalarni aniq bir tipga kiritish uchun urug‘li mevalarda qanday yangi mevali hosil novdalarini mavjud bo‘lishini bilish lozim.
Urug‘li mevalar hosilga kirgan paytda quyidagi mevali novdalarga ega bo‘ladi:
Xalqachali – ular qisqa, ya’ni 1sm dan 3 sm gacha o‘simtalar bo‘lib, ularning uchida hosilli yoki vegetativ kurtak joylashadi, ularda yon kurtaklar rivojlanmaydi. Xalqachalar bir yillik va ko‘p yillik bo‘ladi. Hosilli xalqachalar keyinchalik mevali shohga va mevali kurtaklarga aylanadi. Ko‘p yillik xalqachalarda yillik xalqalar juda yaqin joylashadi, shuning uchun ular xalqachalar deb nom olgan.
Nayzacha – ular xalqachalar biroz uzun, ya’ni 3 sm dan 15 sm gacha o‘simtalar bo‘lib, shoxlardan odatda to‘g‘ri burchak ostida tarqaladi. Ko‘pincha ushbu o‘simtalar mevali kurtak, kamdan-kam hollarda esa vegetativ kurtak bo‘lib hisoblanadi.
Mevali chiviqchalar – yanada uzunroq, uzunligi 15 sm dan ortiq va mevali kurtak bilan yakunlanadi. Mevali chiviqchalar ba’zan biroz egilgan shaklda bo‘ladi.
Meva beradigan novdalar – ko‘p yillik hosil novdalar bo‘lib, xalqachalar, nayzachalar va ba’zan mevali chiviqchalardan iborat bo‘ladi, ular shohlaydi. Ular uchun bir nechta meva xaltachasining mavjudligi xos bo‘lib, 5-10 yil va undan ortiqroq muddat yashaydi.
Materialni o‘rganishda quyidagi 10-jadvaldan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |