2. Karamlarni saqlash texnologiyasi
Karam boshi murakkab tuzilishga eg bo'lib, ko'p kurtakdan tashkil topgan karam o'zagi va unga yondashgan ko'p miqdordagi barglardan tashkil topgandir. Karam boshining mana shu qismlarining har biri karamning saqlanuvchanligida o'ziga xos rol o'ynaydi.
Kartoshkalardan farq qilib, karamlarda chuqur fiziologik tinim davri mavjud emas. Ularni yig'ishtirib olishga tayyor bo'lgan paytida rivojlanish jarayonini boshqaradigan murtak o'simtasi vegetativ holatda bo'ladi. Agar o'simlikni bu paytda eksak, unda qulay sharoitda rivojlanishi davom etadi. Lekin gullamaydi va urug' ham hosil bo'lmaydi. Murtak o'simtasining differensiasiyalanish jarayonini tugallash uchun karam boshi past haroratda saqlash kerak. Differensiasiyalanish jarayoni tugaguncha karam bosh qulay sharoitda yaxshi saqlanadi, so'ngra esa murtak o'simtasi uyg'onib, karam saqlashga yaroqsiz holga keladi.
Tinim davri va saqlanuvchanligi karamning xo'jalik – botanik naviga juda bog'liqdir. Masalan, E.P.Shirokov tadqiqotlari bo'yicha 00C da karamning Zimevka navi 120–140, Amager navi 100–110, Podarok navi 80–90, Slava navi esa 40–50 kun saqlanishi mumkin.
Karam o'simtasining differensiasiyalanishi karam o'zagi va barglarida to'plangan fiziologik aktiv moddalarning ishlatilishi hisobiga vujudga keladi. Saqlash jarayonida bu moddalar avval o'zakka va undan keyin esa bargga o'tadi. Karam murtak o'simtasining rivojlanishi karam barglarining patogen mikroorganizmlarga qarshilik ko'rsatish xossasini susaytirib yuboradi va batamom yo'qolishi ham mumkin.
O'simtalarning uyg'onishiga va shu asosda saqlanish muddatiga agrotexnika qoidalariga rioya qilinishi ham katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan, karamni azotli o'g'itlar bilan oziqlantirish, murtak o'simtasining differensiasiyalanishini tezlatadi, natijada saqlaganda bunday karamlar ko'p yoriladi. Kaliy o'g'iti bilan oziqlantirish esa saqlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Karamlarning asosiy farq qiluvchi xususiyatlaridan biri shundaki, ular qisqa muddatli sovuqqa bardoshli hisoblanadi. Masalan, saqlanuvchanligi yaxshi bo'lgan Amager navi -50C ga, savoy karami esa hatto -8 ÷ -100C ga bardosh beradi. Lekin, sovuq haroratning uzoq muddat ta'sirida karamboshida tumak kasalligi vujudga keladi. Bunda karam ichida qorayish boradi, uni karam boshining tashqi ko'rinishidan aniqlab bo'lmaydi.
Karamning murtak o'simtasining muzlash harorati – 0,8 ÷ –10C, o'zagining muzlashi –1,5 ÷ –1,80C, barglarining muzlashi esa – 3 ÷ –40C da yuz beradi. Shu sababli karamning ichki qismi, ya'ni murtak o'simtasi sovuqqa tezroq halokatga yuz tutadi.
Agar karamlarni shtabellarga katta hajmda joylashtirsa, ularda qizish jarayoni ro'y beradi. Karamlardan kuzda suv ajralib chiqishi sutkada 800–1000 g/t ni tashkil qilsa, bu ko'rsatkich qish paytida 500–600 g/t ni tashkil etadi. Shu sababli omborxonalarda havoning suv bug'lari bilan to'yinishi tezda yuz beradi. Shu sababli ham karam saqlanayotgan xonalarni shamollatishga yuqori talablar qo'yiladi.
Shuningdek, karamlarning saqlanuvchanligiga ularning mofologik–anatomik va kimyoviy ko'rsatkichlari ham ta'sir ko'rsatishi aniqlangan. Saqlanuvchan karamlarning karam boshlari yuqori zichlikka ega bo'ladi. Uning zichligi esa karam barglarining qalinligi va miqdoriga bog'liq bo'ladi.
Karamlarni uzoq muddat saqlash uchun faqat sifatli, mexanik jarohatlanmagan, kasallanmagan, qishloq xo'jalik zararkunandalari bilan zararlanmagan karam boshlarigina yaroqli hisoblanadi. Karam boshlari tekis, o'rtacha kattalikda bo'lishi ham maqsadga muvofiq hisoblanadi. Karam boshlarining juda kichik bo'lishi nobudgarchilikni oshiradi, juda katta karam boshlari esa saqlaganda tezda yorilib ketadi.
Ko'pchilik hollarda karamlar konteynerlarga joylanib, burtlarda saqlanadi. Konteynerlar orasidagi masofa 0,3 m bo'lishi kerak. Burtlar 0,4–0,5 m qalinlikda poxol, somon bilan yopiladi. Sovuq kunlar kelishi bilan esa 10 – 15 sm tuproq tashlanadi. Konteynerlarni qo'llash asosida qo'l mehnatidan xolos etiladi.
Karamlarni maxsus tabiiy shamollatiladigan omborxonalarda ham saqlanadi. Bunda karamlar yashik kletkalarga va konteynerlarga joylanib, shtabellar holida teriladi. Bunday usulda saqlanganda jarayonlarni mexanizasiyalash va faol shamollatish usulini qo'llash imkoniyati tug'iladi va omborxonalar hajmidan foydalanish koeffisiyenti ham ancha ortadi.
Karamlarni saqlash jarayonida omborxonalarda va shtabellardagi harorat doimiy ravishda nazorat qilib boriladi. Saqlanayotgan karamlarni nazorat qilishda chirigan, o'sgan karam boshlari ajratib olinishi kerak. Saqlanayotgan karamlarda tovar ishlovi berish tavsiya etilmaydi. Chunki, bunda kasallangan karamlardagi kasallik sog'lom karam boshlariga ham yuqish ehtimoli juda ortadi(A1, X2).
Sotishga jo'natishdan oldin karam boshlari tegishli standartlar talabiga binoan tozalanadi hamda setka va yashik–kletkalarga joylanib, sotishga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |