Nazarot savollari:
Kartoshka, meva va sabzavotlarni saqlashda samaradorlikka erishish uchun qanday terim oldi tadbirlarini o'tkazish kerak?
Meva – sabzavotlarda qanday pishib etilganlik darajalari mavjud?
Meva–sabzavotlarda fiziologik pishib etilganlik darajasini tushuntirib bering.
5-Mavzu: MEVA VA SABZAVOTLARNI SAQLASh USULLARI(4 soat)
Reja:
1. Meva va sabzavotlarni sun'iy sovutiladigan omborxonalarda saqlash
2. Meva va sabzavotlarni o'zgartirilgan gaz muhitida saqlash
3. Meva va sabzavotlarni tara – idishlarsiz va tara – idishlarda saqlash usuli.
1. Meva va sabzavotlarni sun'iy sovutiladigan omborxonalarda saqlash
Meva va sabzavotlarni saqlash usullari xilma – xildir. Temperatura rejimining tashkil etilishiga qarab sovutiladigan sharoitda (sun'iy sovutish) va sovutilmaydigan (tabiiy sovutish) sharoitlarda saqlash usullari mavjud. Omborxonalarda sovutish sistemasi batareyali, batareya – havoli, havo yordamida sovutilishi mumkin. Havoning qanday almashinishiga qarab esa omborxonalar tabiiy usulda shamollatiladigan omborxonalar, majburiy shamollatiladigan omborxonalar va aktiv shamollatish usuli yordamida shamollatiladigan omborxonalarga bo'linadi. Gaz muhitiga qarab esa boshqariladigan gaz muhitida (RGS) va modifikasiya qilingan gaz muhitida (MGS) saqlash usullari mavjud. Mahsulotni joylashtirish usuliga qarab esa, tara – idishlarda saqlash va idishsiz, ya'ni to'kma saqlash usullari mavjuddir. Umuman, meva – sabzavot mahsulotlarini saqlash usullarini quyidagi 1-chizma ma'lumotlari asosida guruhlash mumkin.
Bugungi kunda kartoshka, meva va sabzavotlarni saqlashning eng ko'p tarqalgan usullaridan biri sun'iy sovutish asosida saqlash hisoblanadi. Bu usulning afzalligi shundaki, tashqi havoning harorati qanday bo'lishiga qaramasdan har tur mevalar va sabzavotlar uchun eng qulay haroratni hosil qilish mumkin. Bu esa meva va sabzavotlarning tovarlik xususiyatining saqlanishiga katta ta'sir ko'rsatib, nobudgarchiliklarning kamayishiga va saqlanish muddatining uzayishiga olib keladi. Ma'lumki, rezavor mevalar, danakli mevalar, ko'katlar, qizarib pishgan pomidorlarni sovutilmaydigan sharoitda, hatto qisqa muddat davomida ham saqlab bo'lmaydi.
Bu usulning kamchiligi esa sovutgich kameralari qimmat turadigan jihozlar turkumiga kiradi, bu esa saqlash uchun ketadigan xarajatlarning ortishiga olib keladi. Shuningdek, elektroenergiya xarajatlari ham umumiy xarajatlarning ortishiga olib keladi. Lekin, shunga qaramasdan bu usulda nobudgarchiliklar juda kamligi va standart mahsulotning chiqishi oddiy usullarda saqlashga qaraganda ancha yuqori bo'lishi hisobiga bu usulda saqlash samara beradi.
Hozirgi zamon sovutgichlarda batareyali, batareya – havo yordamida, havo yordamida sovutish sistemalaridan foydalaniladi. Hamma sovutish sistemalarida sovutgich jihozlari bo'lishi kerak. Bularning eng ko'p tarqalgan turi kompressorli sovutgichlardir.
Batareyali sovutgichlar. Omborxonalarda batareyalar xonaning devorlariga yoki shiplariga o'rnatiladi. Lekin, bu usul bilan katta hajmdagi omborxonalarda kerakli haroratni hosil qilish juda qiyin kechadi. Bu yerda haroratning farqi kamera balandligi bo'yicha issiq kunlarda 6 – 80C ni, sovuq vaqtlarda esa 2,5 – 4,00C ni tashkil etadi. Shuningdek, batareyalarga yaqin joylashgan mahsulotlarning muzlab qolishi ham ehtimoldan holi emas. Batareyalar yordamida sovutishda havo ancha qurib qoladi. Buning sababi, batareyalar sirtida suv bug'lari kondensasiyasi ro'y beradi, natijada batareya sirtida muz qatlami hosil bo'ladi. Shu sababli muz qatlamini vaqti – vaqti bilan eritib turish kerak bo'ladi. Bu esa kamerada havo haroratining va nisbiy namlikning ortishini keltirib chiqaradi. Batareyalar sirtidagi muzni tez–tez eritib turish mahsulotning saqlanuvchanligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |