4-rasm. Oraliq bilan o‘tqazish
Taranglik (N) - val va teshikning o‘lchamlarining farqi, bunda valning o‘lchami teshikning o‘lchamidan katta bo‘ladi; detallar yig‘ilganidan keyin ularning o‘zaro siljimasligini ta’minlaydi:
Nmax = dmax – Dmin = es - EI
Nmin = dmin - Dmax = ei - ES; (2)
No‘r = (Nmax - Nmin)/2.
5-rasm. Taranglik bilan o‘tqazish
Oraliq, taranglik degan tushunchalar mavjud bo‘lganligi sababli oraliqli, taranglikli o‘tqazish va ham oraliq, ham taranglik bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘tuvchilik degan tushuncha ham amal qiladi.
6- rasm. O‘tish o‘tqazish
Yo‘l qo‘yiladigan eng katta va eng kichik oraliqlar yoki tarangliklar o‘rtasidagi farq o‘tqazishning joizligi deb ataladi va TS yoki TN orqali ifodalanadi, ya’ni:
NS = Smax - Smin, (3)
TN = Nmax – Nmin
O‘tqazishlarning hamma turlari uchun o‘tqazish joizligi ham har doim musbat kattalik hisoblanadi va miqdoriy jihatdan teshik bilan valning joizliklari summasiga teng bo‘ladi, ya’ni:
TS(TN) = TD+Td (4)
Texnologik uskunalarning aniq emasligi, asboblar va moslamalarning eskirganligi, shuningdek, dastgox, moslama, asbob, detal tizimi va ishchining xatosi sababli detallar parametrlarining haqiqiy mohiyatlari farqlanadi, ya’ni Xr ning haqiqiy mohiyatlari bilan hisob-kitobli hisob-kitob o‘lchamlari o‘rtasida kamchiliklar vujudga keladi:
X = Xr - X hicob-kitob (5)
Teshik uchun eng kichik chegaraviy o‘lcham va val uchun eng katta chegaraviy o‘lcham hisob-kitobli o‘lchamlar deb hisoblanadi. Bunday sharoitda faqat musbat kamchiliklarga ega, absolyut mohiyatiga ko‘ra joizlikdan oshmaydigan val yaroqli deb hisoblanadi, faqat yo‘l qo‘yiladigan musbat kamchiliklarga ega teshiklar yaroqli deb hisoblanadi. hisob-kitoblarning hamma turlarida eng oxirgi kamchiliklar absolyut mohiyatiga ko‘ra joizlikning yarmiga teng bo‘ladi.
Bundan tayyorlov aniqligining quyidagicha ta’rifi kelib chiqadiki, u bilan detallarning geometrik va boshqa parametrlarining haqiqiy mohiyatlarining ularning chizmalarda ko‘rsatilgan berilgan mohiyatlariga yaqinlashuvi darajasiga nom beriladi. Berilgan aniqlikka erishish - bu detallarni shu tarzda tayyorlash va yig‘ish demakdirki, bunda hamma turdagi kamchiliklar belgilangan chegaralarda bo‘ladi.
Nazariy va eksperimental tadqiqotlar tajribasi asosida qonuniy barpo qilingan va standartlar shaklida rasmiylashtirilgan joizliklar va o‘tqazishlar qatorlarining majmui joizliklar va o‘tqazishlar tizimi deb ataladi. Bunday tizim mashinalar detallarining tipovoy birikmalari joizliklari va o‘tqazishlarining eng kam zarur variantlarini tanlab olish uchun mo‘ljallangandir.
Bunday tizim bo‘yicha kesuvchi asboblar, kalibrlarning hamma turlarini standartlashtirish imkoni tug‘iladi, buyumlarni konstruksiyalash, ishlab chiqarish va ularning o‘zaro almashuvchanligiga erishish engillashadi va pirovard natijada ishlab chiqariladigan mahsulot sifati oshadi.
Mashinasozlikda silliq detallar va birikmalar uchun joizliklar va o‘tqazishlarning yagona tizimi (JO’YAT) deb ataladigan tizim amal qiladi, u davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish kompleks dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan va «O‘zaro almashinuvchanlikning asosiy normalari» deb ataladigan normativ-texnik hujjatlar kompleksining bir qismi hisoblanadi. Bunday kompleks mashinasozlikdagi hamma turdagi tipovoy birikmalarning o‘zaro almashinuvchanligini belgilaydigan umumiy texnik normalarni, shuningdek, yuzaliklarning shakli, joylashuvi va notekisligining joizliklarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |