Metrologiyaning asoslari


Nominal, haqiqiy va chegaraviy o‘lchamlar va og‘ishlar to‘g‘risidagi asosiy tushunchalar



Download 7,2 Mb.
bet26/67
Sana16.01.2022
Hajmi7,2 Mb.
#374166
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Bog'liq
Metrologiya

Nominal, haqiqiy va chegaraviy o‘lchamlar va og‘ishlar to‘g‘risidagi asosiy tushunchalar
Buyumlar o‘lchamlarining turli xilligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqamiz.

ГОСТ 25346 - 82 (ST SEV 145-75) da asosiy atamalar va tushunchalar belgilangan.



Nominal o‘lcham - bu chegaraviy o‘lchamlarning belgilanishi uchun nisbat bo‘ladigan va og‘ishlarni hisoblay boshlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan o‘lchamdir.

Qandaydir birikmaga birlashgan barcha detallar uchun nominal o‘lcham umumiy hisoblanadi.

Ularni mustahkamlik va qattiqlikni hisob-kitob qilish orqali, shuningdek, geometrik shakllarning mukammalligi va buyumlar konstruksiyasining texnologik ta’minlanishi asosida belgilanadi. Bunda o‘lchamning hisob-kitobga doir mohiyati katta yoki kichik o‘lchamga yaqin turadigan normal liniyali o‘lchamgacha yaxlitlanadi, mustahkamligini hisob-kitob qilishda esa - faqat eng yaqin turadigan katta o‘lchamgacha yaxlitlanadi (ГОСТ 6636-69 yoki ST SEV 514-77 ga binoan).

Normal liniyali o‘lchamlar qatorlari afzal bilinadigan sonlarning qatorlari bazasida quriladi (ГОСТ 8032-56), lekin bunda ularning mohiyatlari birmuncha yaxlitlanadi.

Yo‘l qo‘yiladigan nuqsonli o‘lchov bilan belgilangan o‘lcham haqiqiy o‘lcham deb ataladi va (DD, dd) shaklida ifodalanadi.

Buning shunday deb atalishining sababi shundaki, detalni talab qilinadigan absolyut aniq o‘lchamlar bilan tayyorlash mumkin emas va ularni nuqsonlarisiz o‘lchab bo‘lmaydi.

Ishlab turgan mashinadagi detallarning haqiqiy o‘lchami ularning eskirishi va boshqa sabablarga ko‘ra statik holatida belgilangan o‘lchamlaridan farq qiladi. Umuman mexanizmning aniqligini tahlil etishda buni hisobga olish zarur.

O‘rtasida yaroqli detalning haqiqiy o‘lchami joylashgan ikkita chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan o‘lcham chegaraviy o‘lchamlar deb ataladi.

Agar detalning haqiqiy o‘lchami chegaraviy o‘lchamga teng bo‘lsa, yaroqli deb hisoblanadi. Ularning kattasi eng katta o‘lcham (Dmax), kichigi - eng kichigi (Dmin) deb ataladi.

Eng katta va eng kichik o‘lchamlar o‘rtasidagi farq o‘lchamning joizligi (T) deb ataladi va tegishlicha teshik uchun – Td = Dmax - Dmin, val uchun – Td = dmax - dmin bo‘ladi. Joizliklar va o‘tqazishlar tizimining funksional talablarini bajarish uchun teshik va val uchun chegaraviy o‘lchamlar tegishli ravishda belgilanishi lozim. Teshik uchun - to‘g‘ri tasavvur qilinadigan silindrning eng katta diametri, u teshikka shunday joylashtirilishi kerakki, bunda uning chiqib turgan nuqtalari bilan mahkam birikib turishi va o‘lchamning o‘tkazmaydigan chegarasidan oshmasligi kerak. Val uchun - to‘g‘ri tasavvur qilinadigan silindrning eng kichik diametri, u teshikning atrofida shunday joylashtirilishi kerakki, bunda u teshik yuzasining chiqib turgan nuqtalari bilan mahkam birikib turishi va o‘lchamning o‘tkazmaydigan chegarasidan kam bo‘lmasligi kerak.

CHizmalarning soddalashtirilishi uchun nominal o‘lchamdan chegaraviy og‘ishlar joriy etilgan. Og‘ish deb haqiqiy o‘lcham bilan nominal o‘lcham o‘rtasidagi algebraik farqga aytiladi. U musbat, manfiy va nullik bo‘lishi mumkin. YUqorigi og‘ish – ES (teshik), es (val) va pastki og‘ish – EI (teshik), ei (val) farqlanadi.

Boshqacha aytganda, og‘ish bu tegishlicha teshik va val uchun eng katta (eng kichik) o‘lcham bilan nominal o‘lcham o‘rtasidagi algebraik farqdir.

Teshik uchun: ES = Dmax - D n, EI = Dmin - Dn

Val uchun: es = dmax - dn , ei = dmin - dn

Xaqiqiy o‘lcham bilan nominal o‘lcham o‘rtasidagi algebraik farq haqiqiy og‘ish deyiladi.

Agar haqiqiy o‘lcham nominal o‘lchamdan katta bo‘lsa og‘ish musbat va aksincha bo‘lsa og‘ish manfiy bo‘ladi.

Barcha mashinasozlik chizmalarida nominal va chegaraviy o‘lchamlar, shuningdek, tegishli og‘ishlar, odatda, ГОСТ 2.307-68 ga muvofiq millimetrlarda qo‘yiladi, masalan, 45±0,05; 52 ± 0,025; 58 ± 0,015; burchakli o‘lchamlar esa-graduslar, minutlar yoki sekundlarda qo‘yiladi: 5° 30' 45".

Qamraluvchi sirtlar




Qamrovchi sirtlar






Qamrovchi o‘lcham (teshik)

Qamraluvchi o‘lcham (val)

Qamraluvchi Qamrovchi

o‘lcham (val) o‘lcham (teshik)


Download 7,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish