4- TOPSHIRIQ
SHLISALI BIRIKMALARNING QO’YIM VA O’TKAZISHLARI
O’qlari parallel joylashganevolventali, uchburchak va to’g’ri tish profilli shlisali birikmalar ST SEV 188-75 standart bo’yicha chegaralangan. Bulardan eng ko’p qo’llaniladigan to’g’ri tish profiliga ega bo’lgan shlisali birikmalardir.
ST SEV 188-75 standart bo’yicha bu birikmalarning tishlar va nominal o’lchamlari (yengil, o’rta va og’ir seriyali) normallashtirilgan.
Shlitsali detallarni biriktirishda ularning D, d va b -ko’rsatkichlari bo’yicha uch xil markazlashtirish qo’llaniladi. Markazlashtirishning turi shlisali birikma ishlash jarayoniga va ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq.
Topshiriq variantlar jadvalidan o’z variantimni aniqladim va birikma elementlariga izoh berdim.
Birikma elementlaridagi hamma o’lchamlarning chegaraviy og’ishlarini aniqladim.
Qo’yim maydonlarining sxemasini chizdim.
«Shlisali vtulka - val» birikmasini va birikma detallarini masshtabda chizdim va ularga o’lchamlarni, qo’yim va qo’nimlarini qo’ydim.
Shlisali birikmalarni qo’nimlari qabul qilingan tartib asosida markazlashtiruvchi yuzalar (D yoki d) va yon yuza (b) yoki faqat yon yuza (b) bo’yicha amalga oshiriladi.
Shlisali birikmalarning belgilanishida quyidagilar ko’rsatiladi:
1. Markazlovchi yuzaning belgisi (D, d yoki b);
2. Tishlar soni - Z, birikmadagi val va vtulkaning D, d yoki nominal o’lchamlari;
3. O’lchamlarning maydonlari va o’tqazishlari.
Shlisali birikmalarning o’tqazishlari SТ SEV 188-75 standartdagi jadvaldan birikmaning ishlash sharoitini inobatga olgan holda tanlanadi. Тopshiriqda esa o’tqazishlar oldindan tanlangan.
Sinov daftarchasining tartib raqami 59. Qo’lanmadagi 4.1 jadvaldan shlisali birikmaga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni aniqlaymiz:
Bu yengil seriyali shlisali birikma bo’lib (4.2-jadval), markazlashtirish ichki diametr bo’yicha amalga oshirilgan. Tishlar soni z=6, ichki diametr d=18 mm, tashqi diametr D=22 mm va shlisa eni v=5 mm. Tashqi diametr 22 mm bo’yicha o’tqazish H12/d11, bu yerda teshik tashqi diametrining qo’yim maydoni – H12, val tashqi diametrining qo’yim maydoni – d11. Shlisani eni v=5 mm bo’yicha o’tqazish D9/d9, bu erda vtulkadagi ariqcha enining qo’yim maydoni – D9, valdagi shlisa enining qo’yim smaydoni – d9. Topshiriqning bu variantida birikmada ichki diametr d bo’yicha markazlashtirilmagani uchun 4.3-jadvaldan vtulkani ichki diametrining qo’yim maydoni 18H11, 4.2 - jadvaldan esa valning ichki diametr o’lchamini va D1=14.4 mm dan kam emasligini aniqladik.
Ilovadagi jadvaldan (ST SEV 144-75) shlisali birikma elementlarining chegaraviy og’ishlarini aniqlaymiz:
Vtulka
|
Val
|
Markazlashtirilgan diametr (d)
22H12(+0,210/0)
|
Markazlashtirilmagan diametr (d)
22d11 (-0,065/-0,195)
|
Markazlashtirilmagan diametr (D)
18H11(+0,130/0)
|
Markazlashtirilgan diametr(D)
14.4
|
Ariqcha eni (b)
5D9(0,060/0,030)
|
Shlisa eni (b)
5d9(-0,030/-0,060)
|
3.Qo’yimlar maydonini ixtiyoriy kattalikda chizamiz.
4. "Shlisali val-vtulka" birikmasini chizdim, unga o’lchamlarini, o’tqazishlarni qo’ydim. Birikma detallarini chizdim, ularda chegaraviy og’ishlarni ko’rsatdim
Do'stlaringiz bilan baham: |