Mavzu: Silliq silindrsimon va tekis birikmalarning qo’yim va o’tqazishlari
Sinov daftarchasining tartib raqami 59 (oxirgi raqam 9, undan oldingisi 5) 1.1-jadvaldan topshiriqni aniqlaymiz: Shkvoren – Sapfa vtulkasi diametri Ø30 E8/h7 mm. Gaz 53 Yuk avtomobili.
ST SEV 144-75 tavsiyasiga ko’ra (ilovadagi jadvaldan) ko’rilayotgan birikma uchun E8/h7 qo’nimni tanlaymiz.
1.2-Jadvaldan 8-kvalitet va oshirilgan nisbiy geometrik aniqlik bo’yicha bajarilgan, 18-50 mm o’lchamli detal uchun belgilangan shakl og’ishni aniqlaymiz 10mkm.
Birikma detal sirtlarining g’adir-budirligi ularga ishlov berish turiga qarab topiladi. 1.3 – jadvaldan shularga mos xolda sirt g’adir-budirliklari Shkvoren sapfa vtulkasi Ra=0,32 mkm va sapfa vtulkasi Ra=0,63 mkm bo’ladi.
Birikmani ixtiyoriy masshtabda chizib unga o’lcham, o’tkazish va chegaraviy og’ishlarni quyamiz (1.6-rasm). Chegaraviy og’ishlar ilovadagi jadvaldan (ST SEV 144-75) tanlanadi: ES=+89 mkm; EJ=+50 mkm; es=0 mkm; ei=-25 mkm.
Birikma detallarini chizib (1.6-rasm) birikuvchi sirtlarga o’lchamlarning chegaraviy og’ishlarini, ST SEV 368-76 bo’yicha sirt shakl va joylashish og’ishlarni, hamda ST SEV 144-75 bo’yicha g’adir-budirliklarning shartli belgilari bilan qiymatini qo’yamiz.
Shkvoren- sapfa vtulkasini qo’yim maydonini ixtiyoriy masshtabda chizamiz. Detallarini chegaraviy o’lchamlarini va qo’yim hamda o’tqazish tavsifnomalarini hisoblaymiz.
Teshikning eng katta chegaraviy o’lchami:
Dmax=Dn+ES=30+0,089=30,089 mm
Teshikning eng kichik chegaraviy o’lchami:
Dmin=Dn+EJ=30+0,050=30,050 mm
Valning eng katta chegaraviy o’lchami:
dmax=dn+es=30-0=30 mm
Valning eng kichik chegaraviy o’lchami:
dmin=dn+ei=30-0,025=29,975 mm
Teshik qo’yimi:
TD=ES-EJ=39 mkm = 0,039 mm
Val qo’yimi:
Td=es-ei=0-(-25)=25 mkm = 0,025 mm
Eng katta oraliq:
Smax=ES-ei=89-(-25)=114 mkm=0,114 mm
Eng kichik oraliq:
Smin=EJ-es=50-0mkm = 0,050mm
O’rtacha oraliq:
So’rt=(Smax-Smin) =114-50=64 mkm
O’tqazish oraliq qo’yimi:
TS=TD+Td=39+25=64mkm = 0,064mm
Silindrik sirt shakllarining nisbiy geometrik aniqligini (normal, oshirilgan va yuqori) belgilash tavsiyalari:
Normal. Siljish ravonligiga yoki eng kam ishqalanishga alohida talablar qo’yilmagan, nisbatan kam tezlikda siljish va yuklanishda harakatlanuvchi, hamda markazlashtirish aniqligi va taranglikning mukamallanganligiga yuqori talablar quyilgan, zaruriyat tug’ilganda qismlarga ajraluvchi va qayta yig’uvchi taranglik o’tqazish birikmalardagi sirtlar.
Oshirilgan. Siljish ravonligiga va biriktirish zichligiga shirilgan talablar qo’yilgan, o’rtacha tezlikda va yuklanishda xarakatlanuvchi, hamda katga tezlik va yuklanish, zarb, tebranishlar sharoitida aniqlik va chidamlikka oshirilgan talablar qo’yilgan va o’tuvchan o’tqazish birikmalardagi sirtlar.
Yuqori. Siljish ravonligiga, ishqalanishni kamayishiga va biriktirish zichligiga yuqori talablar qo’yilgan, yuqori tezlikda va yuklanishda harakatlanuvchi, hamda katta tezlik va yuklanishlar, zarb, tebranishlar sharoitida aniqlikka va chidamlikka oshirilgan talablar qo’yilgan taranglik va o’tuvchan o’tqazish birikmalardagi birikma sirtlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |