5 - TOPSHIRIQ
O’LCHAM ZANJIRLARI
O’lchamlar zanjiri, bu, berk kontur hosil qiluvchi bir yoki bir nechta dastallarning sirt va o’qlari o’zaro joylashishini aniqlovchi o’lchamlar yig’indisidir. Ular detal bo’yicha yig’ma bo’ladi.
O’lchamlar zanjirining xisobi detal va uzellarning o’zaro bog’liq bo’lgan o’lchamlariga asoslangan qo’yimlarni tanlashga imkon beradi va ularning ishlov berish tartibidan kelib chiqqan holda o’lchamlar chizmada to’g’ri qo’yilishini osonlashtirada.
O’lcham zanjirining bo’g’ini - bu o’lcham zanjiri bo’g’inini tashkil qiluvchi o’lchamlardan biridir. O’lcham zanjirini hosil qiluvchi bo’g’in (tashkil etuvchi bo’g’in) raqamli indekslarga ega bo’lgan A1, A2, A3, ... , An, (yoki boshqa) xarf bilan belgilanadi. Tutashuvchi (boshlang’ich) o’lcham -o’lcham zanjirini hosil qiluvchi, detal o’lchamlarga ishlov berish yoki o’lchamlarni yig’ish jarayonida sodir bo’ladi.
Tashkil etuvchi, tutashuvchi bo’g’inlarga nisbatan kattalashuvchi yoki kamayuvchilarga bo’linadi, ya’ni o’lchamlar kattalashganda tutashuvchi o’lcham yo kattalashadi, yo kichiklashadi.
O’lcham zanjirining sxemasida boshlang’ich bo’g’in ustiga strelka qo’yiladi. U yo’nalish zanjiriga kiruvchi o’lchamlarning joylashishidan kelib chiqadi. Tashkil etuvchi bo’g’inlar boshlang’ich bo’g’inning yonidan boshlab berk kontur bo’yicha bir yo’nalishda bo’lishi kerak. Bunda strelka bo’yicha boshlang’ich bo’g’inga mos bo’lgan bo’g’inlar kamayuvchi va qarshi yo’nalishdagilari esa kattalanuvchi bo’ladi. GOST 16319-70 kattalashuvchi bo’g’inlarni o’ng tomonga, kamayuvchilarni esa chap tomonga yo’nalgan strelkalar bilan belgilashni tavsiya etadi.
O’lchamlar zanjiri yordamida ikki xil masala yechiladi.
1-masala. Tashkil etuvchi bo’g’inlarning nominal o’lchamlarini, chegaraviy og’ishlari va qo’nimlarini aniqlash.
2-masala. O’lcham zanjirlarining barcha o’lchamlari va boshlang’ich o’lchamning chegaraviy og’ishi bo’yicha zanjirni tashkil etuvchi barcha bo’g’inlar o’lchamlarining chegaraviy og’ishlari va qo’nimlarini aniqlash.
O’lcham zanjirining hisobi maksimum-minimum va ehtimollar uslubida amalga oshiriladi.
Maksimum-minimum uslubida tashkil etuvchi zvenolarning faqat chegaraviy og’ishlari, ehtimollar uslubida esa detal o’lchamlarining tarqoqlik qonuniyatlari va ularning birikish tasodifi hisobga olinadi.
1. O’lcham zanjirlari yordamida yechiladigan ikkinchi masala uchun zanjirning barcha nominal o’lchamlarini va boshlang’ich o’lchamlarining chegaraviy og’ishlarini aniqladim, zanjir sxemasini chizdim (5.1-rasm) va unga bo’g’inlarning belgisi va yo’nalishlarini qo’ydim.
2. Maksimum-minimum uslubi va bir kvalitetli qo’yim yo’li bilan kvalitetni hisoblab, zanjirni tashkil etuvchi o’lchamlarning chegaraviy og’ishlarini va ko’yimlarini aniqladim.
3. Tashkil etuvchi o’lchamlarning ko’yimlari yig’indisini hisoblab, tutashuvchi o’lcham qo’yimiga nisbatan ruxsat etilgan xatolikni aniqladim.
4. Ruxsat etilgan xatolik 5% dan oshib ketsa, zanjirning ayrim tashkil etuvchi o’lchamlarining kvalitetlarini boshqa kvalitetga o’zgartirib, ularning yangi cheg’araviy og’ishlarini aniqlaymiz va ruxsat etilgan xatolikni boshqatdan hisoblash uchun 3 bandni takrorlaymiz. Bu jarayon xatolik 5% dan kam bo’lguncha davom ettiriladi.
5. Uzel chizmasini chizdim va unga zanjir bo’g’inlari belgilarini, yo’nalishlarini, qiymatlarini va og’ishlarni qo’ydim (5.1-rasm).
Sinov dafdarchasining tartib raqami 59. Qo’llanmadan oxirgi raqam bo’yicha 5.1 - jadvaldan zanjirni tashkil etuvchilar (A) va tutashtiruvchi (A) bug’inlarning nominal o’lchamlari, oxirgi raqam bo’yicha esa A1 =351mm, A2=6 mm, A3=30mm, A4=45 mm, A5=22 mm, A6=80 mm, A7=130 mm, A8=45 mm, A9=6 mm, A10=8 mm, =3 mm, tutashtiruvchi bug’inlarning yuqori ( =0,80 ) va pastki og’ishini aniqlaymiz. Nominal o’lchamlarni 5.4-jadvalning birinchi ustuniga yozamiz.
O’lchamlar zanjirini (5.2 - rasmdagi chizmaga asoslangan holda) masshtabsiz ko’rinishda sxemasini chizamiz (5.1 - rasm).
5.1 - rasm
Topshiriqdagi masala bir kvalitetli qo’yim yo’li bilan yechilayotgani uchun o’lchamlar zanjirining aniqlik koeffisienti yoki qo’yim birligi
bu erda a1,...,an- o’lcham zanjiridagi har bir bo’g’inning qo’yimbirligi soni.
bu erda TA - tutashtiruvchi bo’g’in qo’yimi, - o’lcham zanjirini tashkil etuvchi o’lchamlarning qo’yim birliklari yig’indisi.
Topshiriq shartiga ko’ra tutashtiruvchi bo’g’inning yuqori og’ishi =0, 80, pastki qo’yimi esa mm. Shunda tutashtiruvchi zvenoning qo’yimi
=0,80-0,13=0,67 mm =670 mkm.
Zanjirni tashkil etuvchi bo’g’in o’lchamlariga mos kelgan ij- ni qiymatlarini 5.2 - jadvalning 2-ustuniga yozib, ularni yig’indisinianiqlaymiz.
Тopilgan va qiymatlarni (5.1) ifodaga qo’yib o’lcham zanjirining aniqlik koeffisiyentni aniqlaymiz: mkm.
H isoblangan ao’r= 48,69mkm qo’yim birligi bo’yicha 5.3 - jadvaldan unga yaqin bo’lgan - 40i qo’yim qiymatini aniqlaymiz. Bu qiymatga JT9 belgilanish mos keladi, ya’ni 9 kvalitet. O’lcham zanjirini sxemasi bo’yicha (5.1-rasm) A1, A2 va A9 bo’g’inlar kattalashuvchi bo’lib, qolganlari kamayuvchidir. Kattalashuvchi zvenolar asosiy teshik bo’yicha, kamayuvchilar esa asosiy val bo’yicha qabul qilinadi. Bizning misolimizda bunga mos H9 va h9.
Ilovadagi jadvaldan foydalanib har bir o’lcham uchun (A1dan A10 gacha) quyim qiymatlarini aniqlaymiz.
Masalan, kattalashuvchi bo’ginning A1o’lchami uchun 190H9 (+0,115/0) qo’yimi TA1=ES-EJ=0,115-0=0,115mm.
Kamayuvchi bo’g’inning A4 o’lchami uchun esa 20h9 (0/-0,052), qo’yim TA4=es-ei=0-(-0,052)=0,052 mm va hakozo. Qo’yimlarning TAj qiymatlarini mkmda 5.4 - jadvalning 3 ustuniga yozib, ularni yig’indisini hisoblaymiz.
=550 mkm.
Hisoblangan qo’yimlar yig’indisi topshiriqda berilgan tutashtiruvchi bo’g’in qo’yimidan kamayish tomonga farq qilishi va farq 5% dan oshiq bo’lmasligi shart. Xatolikni hisoblaymiz: X
Xatolikni hisoblash natijasi shuni ko’rsatadiki, bu farq (17.9 %) ni tashkil qilib, qo’yimlarning kamayish tomoniga yo’nalgan.
Uzelning (5.2-rasm) konstruktiv-tuzilishidan ko’rinadiki, uning hamma detallari (zanjir yo’nalishi bo’yicha) texnologik jihatdan taxminan bir me’yorda. Shuning uchun xatoni tuzatish zanjir bo’g’inlarining xohlagan o’lchamlarining qo’yimiga qo’yilayotgan talabni oshirish hisobiga bajariladi. A4, A5, A6 va A8 bo’g’in o’lchamlarini tanlab, ular uchun 10 kvalitetni belgilaymiz va ilovadagi jadvaldan xar bir ko’rsatilgan o’lcham uchun uning qo’yimini aniqlaymiz. Yuqorida keltirilgan o’lchamlar kamayuvchi bo’lgani uchun ularning qo’yim qiymatlarini val sistemasidan qabul qilamiz va ularni 5.4-jadvalning 4-ustuniga kiritamiz. O’zgartirish kiritilmaganlarni ham shu ustunga qayta ko’chirib, zanjirning hamma qo’yimlarini yangitdan hisoblaymiz: =550 mkm.
Xatolikni qayta tekshirishni amalga oshiramiz:
Xatolikni hisoblash natijasi shuni ko’rsatadiki, bu farq (17.9 %) ni tashkil qilib, qo’yimlarning kamayish tomoniga yo’nalgan.
5.4 - jadval
Hisob natijalarining yig’ma jadvali
O’lchamlar zanjirini tashkil etuvchilarni nominal o’lchamlari Ai, mm
|
Qo’yim birligi
i, mkm
|
O’lchamlar TA j
|
Qo’yim TAi mkm
|
O’lchamlar zanjirini tashkil etuvchilarni qabul qilgan o’lchamlari Aj mm
|
A1= 190
|
3.54
|
115
|
115
|
190+0,115
|
A2=4
|
0,73
|
30
|
30
|
4+0,030
|
A3 = 14
|
1,08
|
43
|
43
|
14+0,043
|
A4= 20
|
1,31
|
52
|
52
|
20-0,052
|
A5= 14
|
1,08
|
43
|
43
|
14-0,043
|
A6=40
|
1,56
|
62
|
62
|
40-0,062
|
A7= 80
|
2,17
|
87
|
87
|
80-0,087
|
A8= 20
|
1,31
|
52
|
52
|
20+0,052
|
A9 = 4
|
0,73
|
30
|
30
|
4+0,030
|
A10 = 8
|
0,90
|
36
|
36
|
8+0,036
|
JAMI:
|
=13,76
|
=550
|
=550
|
|
Berkituvchi zvenoning o’lchami - AΔ=
Agar birinchi qayta tuzatish davomida o’rnatilgan aniqlik shartiga erishilmasa, tuzatish kiritish davom ettiriladi. Natijalarni esa 5.4 jadvalning 5-ustuniga yozamiz. Jadvalning qolgan 6-ustuniga zanjirni tashkil etuvchi o’lchamlarini va ularning chegaraviy og’ishlarini yozamiz.
Uzelning chizmasini chizdim va unga zanjir bo’g’inlarining belgilarini, yo’nalishlarini, qiymatlarni va og’ishlarni qo’ydim
Do'stlaringiz bilan baham: |