O‘qish/tinglash paytida bajariladigan mashqlar o‘qish/ting lash ja-
rayoni davomida amalga oshiriladi. Ular o‘quvchi, ting lovchilarga o‘qish,
tinglash uchun berilgan parchalarning mazmunini, parcha qanday yozil-
ganligini va yozuvchi ning maqsadini tushunishga yordam beradi.
O‘qish/tinglashdan keyin bajariladigan mashqlar matnni o‘qigandan,
tinglagandan so‘ng amalga oshiriladi va ular o‘quvchi, tinglovchini matn
mazmunidan tashqariga olib chiqadi. Ular o‘quvchi, tinglovchini matnni
o‘z qarashlari, qiziqishlari va bilimlariga bog‘lashga yoki matndan olgan
ma’lumoti yuzasidan biror ish qilishga undaydi. 3 bosqichli yondashuv-
ning maqsadi o‘qish/tinglashni osonlashtirish va o‘quvchilarga tabiiy
usulda o‘qish/tinglashga yordam berishdir. Kundalik hayotimiz davo-
mida agar gazeta o‘qiydigan bo‘lsak, biz avval sarlavhalarga qaraymiz va
umumiy tasavvurga ega bo‘lamiz, so‘ngra diqqat bilan, batafsil ko‘rib
yoki o‘qib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |