Ma’lumot almashinuv mashqlari
(Information Gap)
Ma’lumot almashinuv mashqlari bevosita muloqotni, og‘zaki nutqni
rivojlantirishga xizmat qiladi. Haqiqiy hayotda kimningdir bizdan ni-
mani so‘ramoqchi ekanligini yoki kimningdir qanday javob berishini biz
aniq bilmaymiz. Ma’lumot almashinuv mashqlarida o‘quvchilar so‘rash
va javob berish orqali ma’lumot almashishlari kerak bo‘ladi. Faqatgina
muvaffaqiyatli muloqot orqaligina ular kerakli ma’lumotdan foydalanib
vazifani bajarishadi.
O‘quvchilar o‘zlaridagi ma’lumotlarni bir-biriga ko‘rsat
masliklari
juda muhim. Bir-biriga o‘z ma’lumotini ko‘r
satmaslikni ta’minlash
maqsadida bu mashq odatda darslikning ikki joyida berilgan holda
qismlarga bo‘linadi, A o‘quvchi o‘z qismida yo‘q ma’lumot, rasmlardagi
o‘xshashlik, farq va boshqalar to‘g‘risida savollar so‘raydi. B o‘quvchi
A o‘quvchining savollariga o‘z qismida berilgan ma’lumotga ko‘ra javob
beradi. So‘ngra B o‘quvchi A o‘quvchidan savol so‘raydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |