Rasmlardan foydalanish
Teens’ English 6 darsligida barcha rasmlar til o‘rganish vazifasi sifa-
tida xizmat qiladi. Faqatgina bezak uchun rasmlar berilmadi. Rasmlar-
dan ham o‘qituvchi ham o‘quvchi dars davomida faol foydalanishlari
kerak. Rasmlardan noto‘g‘ri foydalanish yoki ularni nazardan chetda
qoldirish o‘qitish va o‘rganishning samaradorligini pasaytiradi.
Tinglash va takrorlash mashqlari
(Listen and repeat)
Tinglash va takrorlash mashqlari ko‘pincha yangi so‘zlarni rasmlar
bilan solishtirish mashqlaridan keyin yoki o‘quvchilar so‘z yoki so‘z
birikmalarining ma’nosini bilib olganidan so‘ng bajariladi. Tadqiqot
shuni ko‘rsatadiki, yangi so‘z yoki qurilmalarning ma’nosini bilmas-
dan turib ularni tinglab takrorlagandan ko‘ra, o‘quvchilar ma’noni
bilganlaridan so‘ng ularni tinglab takrorlasa yaxshiroq esda saqlab
qolishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |