3
KIRISH
1
Teens’ English 6 o‘quv-metodik majmuasi tarkibiga nimalar kiradi?
Teens’ English 6 umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
ingliz tili sinf-
lari uchun mo‘ljallangan darsliklar seriyasining ikkinchisidir.
Ushbu
o‘quv-metodik
majmua Darslik, O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma va
multimedia ilovasidan tashkil topgan.
TEENS’ ENGLISH 6 DARSLIGI
Darslik 13 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, jami 102 soatlik o‘quv
materi-
alini qamrab olgan. Har bir bo‘lim 6 tadan dars ga taqsimlangan.
Darslar
oddiydan murakkabga tomon o‘sib boradi.
102 soatga mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari darslik bo‘
limlari
bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
1-bo‘lim.
6 ta dars – 6 soat; nazorat ishi – 1 soat = 7 soat
2-bo‘lim.
6 ta dars – 6 soat; portfolio – 1 soat; nazorat ishi – 1 soat = 8 soat
3-bo‘lim.
6 ta dars – 6 soat; portfolio – 1 soat; test – 1 soat = 8 soat
4-bo‘lim.
6 ta dars – 6 soat; portfolio – 1 soat; nazorat ishi – 1 soat = 8 soat
5-bo‘lim.
6 ta dars – 6 soat; portfolio – 1 soat; nazorat ishi – 1 soat = 8 soat
6-bo‘lim.
6 ta dars – 6 soat; portfolio – 1 soat; test – 1 soat = 8 soat
7-bo‘lim.
6 ta dars – 6 soat; portfolio – 1 soat; nazorat ishi – 1 soat = 8 soat
8-bo‘lim.
6 ta dars – 6 soat; portfolio – 1 soat; nazorat ishi – 1 soat = 8 soat
9-bo‘lim.
6 ta dars – 6 soat; portfolio – 1 soat; nazorat ishi – 1 soat = 8 soat
10-bo‘lim.
6 ta dars – 6 soat; portfolio – 1 soat; test – 1 soat = 8 soat
11-bo‘lim.
6 ta dars – 6 soat; portfolio – 1 soat; nazorat ishi – 1 soat = 8 soat
12-bo‘lim.
6 ta dars – 6 soat; portfolio – 1 soat; nazorat ishi – 1 soat = 8 soat
13-bo‘lim.
6 ta dars – 6 soat; test – 1 soat = 7 soat
Mashq daftari
13-bo‘limdan keyin „Mashq daftari“ sahifalari berilgan.
U yerda ikki
xil mashq turini uchratish mumkin: 1)
sinfda bajariladigan mashqlar;
2) uyda bajariladigan mashqlar (uy vazifalari).
Darslikka yozish mumkin emasligi sababli o‘quvchilar
alohida mashq
daftari yuritadilar va bu mashqlarni unga ko‘chirib,
tegishli vazifalarni
bajaradilar.
Grammatik ma’lumotlar
Teens’ English 6 darsligining „Mashq daftari“dan keyin „Grammatik
ma’lumotlar“ qismi berildi. Bu o‘quvchilar o‘quv yili davomida o‘rgangan
hamma grammatik materiallar haqida qisqacha ma’lumot beradi. O‘quvchi
va o‘qituvchilar undan foydalanishlari mumkin.
Lug‘at
Teens’ English 6 darsligining yakuniy qismi „Lug‘at“ bo‘lib, unda
darslikda ishlatilgan so‘zlarning so‘z turkumi, transkripsiyasi va o‘zbek,
rus hamda qoraqalpoq tiliga qilingan tarjimalari
bilan alifbo tartibidagi
ro‘yxati keltirilgan.