Mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish mashqlari
(Study
Skills)
Darsliklarda mualliflar mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlanti-
rish maqsadida turli-tuman mashqlarni kiritishga harakat qildilar. Mus-
taqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish ustida ishlash turlichadir.
U lug‘at, jadvallardan foydalanish, o‘ziga qayd qilib qo‘yish, harflar-
ning o‘qilish qoidalariga murojaat qilish, grammatik ma’lumotlardan
foydalanish kabilarni o‘z ichiga oladi. Mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini
rivojlantirish mashqlari o‘quvchilarga amaliy ishlash usullarini o‘rgatadi
va ularni mustaqil ishlashga tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |