Bajarilgan ishlar jildi/fayli
(Portfolio)
Teens’ English 6 darsligida 2–12-bo‘limlarni o‘rganish davomida shu
bo‘limlarga oid portfolio, ya’ni bajarilgan ishlar jildi/faylini tayyorlab
borish ko‘zda tutilgan. Bu bo‘limlarning ijodiy ish darsidan keyin har bir
portfolio darsiga yana 45 daqiqadan vaqt ajratiladi.
Portfolio darslarida o‘quvchilar tegishli bo‘lim bo‘yicha o‘zlarining
ingliz tilidan bajargan eng yaxshi ishlari, loyihalari, namunali nazorat
ishlari, testlari, kundaliklari, chizmalari va h.k.lar jildini tayyorlaydi-
lar. Bunday faoliyat o‘quvchilarda o‘z ishi, bilimi va erishgan yutuqlari-
dan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadi. O‘qituvchi sinfxona devorlarida
tayyorlangan jildlar ko‘rgazmasini tashkil qilishi hamda ota-onalarga
bolalarining ingliz tilidan erishayotgan yutuqlarini ko‘rsatishda ulardan
foyda lanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |