σ0 = 1/ρ0 - namunaning butun hajmi legirlangan shisha bilan band bo‘lgandagi solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi,
ρ0 -namunaning butun hajmi legirlangan shisha bilan band bo‘lgandagi solishtirma qarshiligi,
Vc - sizib o‘tish nazariyasidogi kritik hajm (birinchi cheksiz klaster paydo bo‘lishiga mos keladi),
ρ - namunaning solishtirma qarshiligi,
r - ligatura zarrachalarining radiusi (o‘rtacha), Ea - diffuziya jarayonining aktivatsiya energiyasi, k - Bolsman doimiysi,
T - o‘lchash temperaturasi,
l= D τ .
d0 0
(4) ifodani turli Tf da muallifning (7-rasm) va adabiyotdagi
tajribalari natijalari bilan taqqoslaganda ularning bir-biriga yaxshi
mosligi ma’lum bo‘ldi (8-rasm): legirlangan silikat shishaning 2-jadvalda
keltirilgan turli tarkiblari uchun juft korrelyatsiya koeffitsienti 0,963
dan 0,998 gacha. Muallifning tajribalari natijalaridan (4)-formula
bo‘yicha hisoblangan diffuziya koeffitsienti D0 ning, aktivatsiya energiyasi
Ea ning va diffuziya masofasi ld0 ning qiymatlari ham 2-jadvalda
keltirilgan
7-rasm. Legirlangan shisha qarshiligining legirlash temperaturasiga bog‘liqligi
Ea va D0 ning qiymatlari turli gazlarning silikatlarda, kaliy va natriy ionlarining kaliy-silikat shishada diffuziyasi natijalariga yaqin, lekin kislorod atomlarining CaO da, va ayniqsa, Cr2O3 da diffuziyasi uchun olingan natijalardan keskin farq qiladi.
Ligatura zarrachalari orasidagi o‘rtacha masofa
standart sharoitda (2-jadvalning oxirgi ustuni) RuO2 ligaturasining B-17M2 shishadagi diffuziya masofasidan katta. Bunda,
d - ligatura zarrachalarining diametri,
γd-ligaturaning zichligi,
γg - shishaning zichligi,
Cm - ligaturaning massa ulushi.
d faqat boshlang‘ich kukunning sintez sharoitiga bog‘liq, holbuki L ham boshlang‘ich kukunga, ham uning hajmiy ulushi C ga, ya’ni legirlash darajasiga bog‘liq. Zarrachalarining o‘lchami 0,5 mkm bo‘lgan RuO2 kukuni uchun C = 20 % bo‘lganda L = 0,73 mkm.
R0 = 4 kOm, t = 1,7, Vc = 0,16. To‘g‘ri chiziq - (4)-formula grafigi
8-rasm. Legirlangan shisha qarshiligining legirlash temperaturasiga bog‘liqligi
2-jadval
Ligatura atomlarining qo‘rg‘oshin-silikat shishada diffuziya
koeffitsienti, aktivatsiya energiyasi va diffuziya uzunligi
Legir-
langan
shisha
|
Shisha
|
Legirlangan
shisha tarkibi,
massa %
|
Ligatura
|
Ea, eV
|
D0,
sm2/s
|
ld, sm,
Tf =
1123 K da
|
shisha
|
ligat.
|
1
|
B-17M1
|
80
|
20
|
PbRuO3
|
1.08
|
5.6·10-8
|
2.2·10-5
|
2
|
B-17M1
|
90
|
10
|
RuO2
|
0.624
|
9.5·10-6
|
3.0·10-3
|
3
|
B-17M2
|
90
|
10
|
RuO2
|
0.194
|
5.7·10-4
|
0.13
|
4
|
B-17M2
|
80
|
20
|
RuO2
|
0.212
|
4.1·10-4
|
0.17
|
Izoh: Shishaning tarkibi (massa%): B-17M1 SiO2 - 31, PbO - 67 va MnO2 - 2;
B-17M2 SiO2 - 29, PbO - 67 va BaO - 4.
Shunga ko‘ra aytish mumkinki, RuO2 kiritilgan legirlangan silikat
shisha diffuziya tufayli bir tekis legirlangan. Lekin PbRuO3 va Bi2Ru2O7
kiritilganda diffuziya zonalari tutashib ketishi uchun Tf = 1123 K da deyarli
200 baravar ko‘proq vaqt talab qilinadi, va oqibatda bunday legirlangan
shisha namunalari bir necha daraja yuqori solishtirma qarshilikka ega
bo‘ladi. PbRuO3 va Bi2Ru2O7 kiritilganda diffuziya koeffitsientining past
bo‘lishiga asosiy sabab - zaryad tashish jarayonida qatnashmaydigan Pb va Bi atomlari shishadagi kanallarni (bo‘shliqlarni, 3-rasm) band qiladi va Ru atomlari diffuziyasiga xalaqit beradi.
Diffuziya jarayonining Fik tenglamasi asosidagi, (3) va (4)-
ifodalarni hisobga olgan modeli ko‘rsatdiki, ligatura atomlarining ikki zarracha orasidagi o‘rta nuqtadagi minimal konsentratsiyasi N(τ) diffuziya davomiyligi τ ga va zarrachalarning o‘lchami r ga kuchli bog‘langan (ayniqsa boshlang‘ich qismida, ya’ni τ kichik bo‘lganda) (9-rasm).
Namuna o‘tkazuvchanligini N(τ) ga proporsional deb hisoblanganda model natijalari tajriba natijalariga yaxshi moslashdi (10-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |