Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман



Download 27 Mb.
bet74/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

Intra rejimida bashorat joriy N kadrning avvaldan kodlangan va tiklangan (F’n) ajratmalari (tanlangan qiymatlari) asosida shakllanadi. Inter rejimida bashorat joriy kadrni avvalgi (yoki keyingi) kadrlar bilan solishtirganda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarini hisobga olgan holda shakllanadi. Bashorat uchun xizmat qiladigan kadrlar avval kodlanadi va keyin tiklanadi. Intra yoki Inter bashoratni shakllanish blokida, kodlanayotgan kadr turidan kelib chiqqan holda,mos keladigan usul tanlovi sodir bo‘ladi.



4.25- rasm. MPEG-4 videokoderining umumlashgan tashkiliy chizmasi.

Olingan bashorat Pn joriy makroblokdan ayirib olib tashlanadi. Natijada qoldiq koeffitsientlar Dn makrobloki hisoblanadi. Ushbu makroblok o‘zgartirgichga kelib tushadi, bu yerda to‘g‘ridan-to‘g‘ri DKO‘ asosida qoldiq koeffitsientlarining chastotali o‘zgartirilishi amalga oshadi. Shunday qilib algoritmning hisoblashlardagi murakkabligi sezilarli pasayadi, biroq siqish jarayonida qo'shimcha xatoliklar yuzaga keladi. Chastotaviy koeffitsientlar kvantlanadi(masshtablanadi), bu videoma’lumotlarni yo‘qotishlar bilan siqishni boshqarish imkonini beradi. O‘zgartirilgan va kvantlangan koeffitsientlar to'plami Xn ma’lumotlarni tiklash teskari kanali uchun boshlang‘ich(dastlabki) ma’lumotlar bo‘ladilar. Kodlangan koeffitsientlar, makroblokni to‘g‘ri dekodlanishi uchun zarur qo'shimcha ma’lumot bilan birgalikda, abstrakt (mavxum) tarmoq bosqichining (NAL) ma’lumotlar bitli oqimini (bitstream) tashkil etadi.


Tiklash kanalida avval teskari kvantlanadi, keyin teskari chastotali o‘zgartirish amalga oshiriladi. Natijada tiklangan, o‘zaro ayirma sifatida aniqlangan, koeffitsientlar D'n olinadilar. Ular bashoratlanadigan kadr Pn bilan qo'shiladi va bu tiklangan F'n kadrni olish imkonini beradi.
MPEG-4 da videooqimni siqish samaradorligini oshirish uchun murakkab shakldagi videoob’ektlarni kodlashdan foydalaniladi. Misol uchun, videoob’ekt sifatida atrofdagi maydonlardan rangi va yorug‘ligi bilan ajralib turadigan tasvir olinishi mumkin. Ushbu maydon ko‘chib o‘tishi yoki shaklini o‘zgartirishi mumkin. Bunday holda harakat kompensatsiyasi mavjud bashoratlangan tasvirni tashkil etishda to‘g‘ri burchakli makrobloklar emas, balki shaklini o‘zgartira oladigan ajratilgan ob’ektlar siljitiladi. Bunda bashorat xatosi sezilarli qisqaradi va navbatdagi kadrda bashorat qilingan va mavjud tasvirlar orasidagi farqni ko‘rsatuvchi axborot hajmi sezilarli kamayadi. Koderda (4.25-rasm) bashoratlashning ushbu varianti shaklni kodlash blokida bajariladi. Videoob’ekt shakli matritsa bilan ifodalanadi. Alfa kartadan foydalanuvchi binar kodlashda videoob’ekt elementlariga mos matritsa elementlari birga, videoob’ektdan tashqaridagi tasvir elementlariga moslari esa nolga tenglashtiriladi. Gradatsion kodlashda matritsa elementlari nisbatan katta qiymatlar miqdorini qabul qiladi, bu esa “shaffoflik” tushunchasi orqali ob’ekt tarkibini ifodalash imkonini beradi. Ko‘rsatilgan matritsaning elementlari aniqlanadi va shakl koderida kodlanadi, keyin multipleksor orqali chiquvchi ma’lumotlar oqimiga qo'shiladi.
Videoob’ekt shakli haqidagi ma’lumotlar oddiy harakat vektoriga nisbatan ko‘proq ikkilik simvollarni egallashiga qaramay, uzatilayotgan axborotni hajmini kichraytirishdagi afzallik MPEG-1,2 larga nisbatan ancha sezilarlidir.
Harakatsiz fon va tekstli cho‘zilgan ob’ektlarning tasvirlarini siqishda veyvlet-o‘zgartirishga asoslangan fon va tekstura koderidan foydalaniladi. Ushbu usul siqishning yuqori qiymatlarini va fazoviy maydon bo‘yicha ko‘p bosqichli masshtablilikni ta’minlaydi. Bunda tasvirning o‘zgarmaydigan yoki deyarli o‘zgarmaydigan orqa plani sprayt (sprite) sifatida uzatilishi mumkin. Spraytning to‘liq tasviri bir marta uzatiladi. Keyin faqatgina panoramalikni, ya’ni kamerani orqa planga nisbatan ko‘chishini ifodalaydigan asosiy harakatning 8ta parametri uzatiladi xolos (4.26-rasm).


.
4.26-rasm. Panoramali tasvir: (a) - noma’lum xududlarni to‘ldirmasdan; (b) - noma’lum xududlarni to‘ldirib uzatilgan tasvirlar.
Berilayotgan kadr chegaralarida uzilishlar bo‘lmasligi uchun tekislash algoritmidan foydalaniladi. Panoramadagi nomalum maydonlarga fazoviy to‘ldirish algoritmi asosida qo'shimchalar kiritiladi va to‘ldiriladi. Harakatni kompensatsiyalashning ushbu usuli nisbatan eng ko‘p foydalaniladigani hisoblanadi, chunki hech qaysi tasvir sahnasi harakatisiz, absolyut statik fonga ega bo‘lmaydi va videokamera siljishisiz amalga oshmaydi. Shuning uchun ham ushbu uslubni boshqalari ichida siqishning eng muhim va yaxshi natijalarini beruvchi usuli sifatida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Dekoderning tashkiliy tuzilmasi 4.27-rasmda keltirilgan. Siqilgan tasvirlarni dekodlash amalga oshirilganda koderga nisbatan teskari amallar bajariladi. Dekoder siqilgan bitlar oqimini qabul qiladi va ma’lumotlarni dekodlashni amalga oshiradi. Intra- va Inter - bashorotlar tashkil qilish blokida, kadr taxliliga javob beradigan elementlar yo‘q. Aniq qaysi rejim hamda uni amaliyotga tatbiq qilish haqidagi axborot bitli oqim ichida uzatiladi.



4.27-rasm. MPEG-4 videokadrini dekodlash

Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish