Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман



Download 27 Mb.
bet71/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

4.5. MPEG-4 multimedia standarti

MPEG-4 standarti 90-yillar boshida multimediali axborotlarni (ovoz, kam kadrli televideniye, grafika, matn va boshqalar) Internetning raqamli oqim tezligi 64Kbit/s bo‘lgan kichik polosali kanallarida ma’lumot uzatish uchun ishlab chiqilgan. Dastlab, MPEG-4 yaratilishidanoq televizion standart deb belgilanmagan va 15 kadr/s dagi CIF (352x288) formatning chorak qismini tashkil etuvchi, tasvirlarga ishlov bergan. Biroq yangi standart bu cheklovdan juda tez chiqib ketgan va 1998 yilning oktyabriga kelib MPEG-4ning birinchi varianti, 1999 yilning dekabrida ISO/IEC 14496 xalqaro standartning maxsus standartini deb qabul qilingan ikkinchi varianti paydo bo‘lgan.


Hozirgi vaqtda standart 22 qismdan iborat va uning 10ta qismi raqamli televideniye signallarini kodlash qoidalarini belgilaydi. Ushbu qism MPEG-4-10 yoki H.264 deb nomlanadi.
O‘zining ajdodlaridan farqli ravishda MPEG-4 faqatgina video yoki audioaxborotni siqish, saqlash va uzatish texnologiyasi emas. O‘z maqsadiga ko‘ra MPEG-4 - bu axborotni tasvirlashning yangi usul bo‘lib, raqamli mediama’lumotlarni uchta yo‘nalishda: interfaol multimedia, grafik ilovalar va raqamli televideniyelarda ob’ektga yo‘naltirilgan tasvirlanishidir. Agar MPEG-1 va MPEG-2 standartlari tayyor videokadrlar bilan ishlashni ifodalasa, MPEG-4 aslida ob’ektga yo‘naltirilgan muhitni tashkil etish qoidalarini belgilaydi. U raqamli oqimlar, oddiy ma’lumot massivlari bilan emas, balki media-ob’ektlar bilan ishlaydi va unga asos bo‘lib, alohida ob’ektlardan iborat natijaviy ovoz va tasvirning real vaqt masshtabida uzatishda va qabul nuqtasida shakllanishiga xizmat qiladi (4.23-rasm).
Har qanday video sahna ob’ektlariga bo‘linadi va alohida elementar oqim (EO) bilan ifodalanadi. Ob’ektlar natural- videokamera yoki mikrofondan yozilgan va sun’iy - kompyuterda sintezlangan bo‘lishi mumkin.
Bunday yondashuv bir qator afzalliklarga ega:

    • Sahnani ifodalash uchun bitlar soni tejab ishlatiladi;

    • Bo‘laklangan ob’ektlarni boshqa sahnalarda ishlatish oson;

    • Masshtablangan ob’ektlarni tuzish sodda;

    • Foydalanuvchining tanlangan ob’ekt bilan o‘zaro bog‘lanishi uchun keng imkoniyatlar yuzaga keladi




4.23- rasm. MPEG-4 sahnasiga misol.


Masalan: ob’ekt haqida qo'shimcha ma’lumotlarni kiritish, uning parametrlarini (rangini, matnini, yangrash yoki tilning balandligi) o‘zgartirish, sahnadan ob’ektni olib tashlash, foydalanuvchi tomonidan turli manbaalardan olingan va kodek xotirasida saqlanayotgan yangi ob’ektlardan iborat yangi sahna yaratish.


MPEG-4 da sahna va uning dinamik o‘zgarishini ifodalash uchun maxsus ishlab chiqilgan ikkilik til BIFS (Binary Format for Scenes sahnalarni ifodalash ikkilik formati va uning dasturlash tili C++ ning kengaytirilgan varianti) qo‘llaniladi. Sahnani ifodalash dekoderga ob’ektlarni qachon va qaerda namoyish etishni va foydalanuvchi ta’siriga qanday javob berish kerakligini ko‘rsatadi. Elementar oqimni sahnadagi media-ob’ektlarga bog‘lash uchun ob’ekt deskriptorlari ishlatiladi. Ular konkret media-ob’ektga bog‘langan elementlar oqimi tarkibi va miqdori haqidagi axborotni tashiydi. Shuningdek deskriptorlarning o‘zi ham bir yoki bir necha elementlar oqimida tashiladi, shuning uchun seans vaqtida ob’ektni o‘chirish yoki qo'shimcha qilish qiyin emas. Deskriptlar oqimi tasavvur qilish resurlari oqimi sifatida ko‘rilishi mumkin, sahnalar tasavvuri esa sahnadagi ob’ektlarni fazo-vaqt bo‘yicha ko‘chishini o‘zgartirishga xizmat qiladi. MPEG-4 sahnalarning ifodasini (tasavvurini) va media-ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni tashiydigan oqimlar sintaksisini aniq ifodalash uchun maxsus ta’sis etilgan tildan foydalanadi. BIFS vaqt bo‘yicha ikkita sahna modifikatsiyasi(ko‘rinish) protokollaridan foydalanadi: buyruqli (BIFS-Command) va animatsion (BIFS-Anim).
BIFSning buyruqli oqimlari yangi sahnani yuklash, ob’ektlar tarkibini o‘zgartirish yoki ob’ektlarni qo'shish va o‘chirish imkonini beradi BIFS-Anim animatsion oqimlari sahna animatsiyalari jarayonini boshqaradi, masalan: nigoh nuqtasining o‘zgartirilish, ko‘chirib o‘tkazilish, o‘lchamni o‘zgartirish va shakllantirish, rangni va yoritilganlikni tekis o‘zgarishi va boshqalar.
Oqimlar sinxronizatsiyasi vaqtga bog‘lanish bilan amalga oshiriladi. MPEG ning avvalgi standartlari kabi vaqt bo‘yicha belgining bittasi koder va dekoder takt chastotasi sinxronizatsiyasini ta’minlaydi, audiovizual ma’lumotlarning funksional birligiga bog‘langan boshqa turdagi belgilar, dekodlash vaqtining istalgan talab etilgan qiymatini beradi (ruxsatnoma birligi uchun) yoki tarkibiy shakllanish tugallanganligining vaqtidan iborat bo‘ladi.
MPEG-4 da audio-video axborotga ishlov berishning asosiy bosqichlari quyidagilardir:

  • boshlang‘ich rasmning turli elementlar - “media-ob’ektlar”ga (media objects) bo‘linishi;

  • ushbu ob’ektlarning o‘zaro bog‘lanishi va tuzilmasini ifodalash, keyinchalik ular yagona videoovozli sahna ob’ektini yig‘ish imkonini berishi;

  • oxirgi axborot qabul qilguvchi uchun sahna interaktiv o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatini yaratilishi.

Barcha media-ob’ektlar yagona ierarxik tuzilmaga biriktirilishida moslashuvchanlik bosqichiga erishish uchun quyidagilar bo‘lishi lozim:

  • harakatsiz tasvirlar (masalan: fon);

  • natural video ob’ektlar (masalan: inson);

  • audio ob’ektlar (ovozlar, inson bilan bog‘liq ovoz);

  • sahna bilan bog‘liq matn;

  • sahna yozilayotganda bo‘lmagan sun’iy ob’ektlar, biroq foydalanuvchiga yetqizilganda qo'shiladi (masalan: kompyuter grafikasi vositalari tomonidan yaratilgan “so‘zlovchi inson boshi”);

  • sun’iy ob’ekt bilan bog‘langan va ovozga o‘zgartiriladigan matn.

Ma’lumotlarni ushbu usulda berish sahnada media ob’ektlarni nisbatan oson siljitishga imkon yaratadi. Bunda ularni kadr maydonining barcha qismida siljitish imkoniyati mavjud,, ya’ni geometrik o‘lchovini va masshtabini o‘zgartirish, xilma xil ko‘rinishda berish.Bundan tashqari ba’zi bir alohida videoob’ektlarning rangini va matnlarini o‘zgartirish hamda ulardan murakkab kompozitsiyalar yig‘ish mumkin.
Texnik tomondan MPEG-4ning xarakterlashda shuni ta’kidlash joizki, bu standart MPEG-1 va MPEG-2da qo‘llaniladigan tasvir piksellarini siqish va kodlash usullarining butun bir majmuasidan iborat. MPEG-4 standartida videoni siqishdagi yangilik tasvirni kvadrat bloklarga bo‘lish emas balki uni erkin shakldagi ob’ektlar bilan bo‘lish amaliyotiga o‘tilganligi hisoblanadi. Misol uchun kadrda harakatlanayotgan inson, harakatlanmaydigan ob’ekt - orqa planga nisbatan, bitta yaxlit ko‘chib o‘tuvchi alohida ob’ekt sifatida qabul qilinadi va ishlov beriladi.
MPEG-4 da harakatsiz tasvir va tekstlarni kodlash uchun veyvlet-o‘zgartirish asosidagi samarali algoritm qo‘llaniladi, u erkin shakldagi ob’ektlarni kodlashni va rasm sifatini tekis masshtablanishini ta’minlaydi.
Undan tashqari, 38,4 Mbit/s gacha, studiya sharoitida 1,2 Gbit/s gacha bo‘lgan yuqori tezlikdagi video oqimlarni yaratish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish