Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман


«Layer-2» (2-qatlam) iste'mol xududi



Download 27 Mb.
bet68/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

«Layer-2» (2-qatlam) iste'mol xududi (o‘rta murakkablikdagi signallarni radioeshittirishi va audioma’lumotlarni o‘rta bosqichda kompressiyalashda qo‘llaniladi). Layer 1 ga nisbatan Layer 2 da taroqsimon uchli (grebenchatiy) filtr va Furye tez o‘zgartirish amali kiritiladi, shuningdek, ko‘pgina maxsus jadvallar aniqlantiriladi. Natijada siqish bosqichi oshadi, lekin ovoz signali kompressiyasi tezligi tushdi, garchi teskari o‘zgartirish tezligi sekinlashmasa ham. Asosiy parametrlari: 15 KGsga teng ovoz signali chastota polosasidagi raqamli oqimning uzatishdagi tezligi 128 Kbit/s; siqish koeffitsienti 6 ga teng; signal kechikishi 40...50 msni tashkil qiladi.
«Layer-3» (3-qatlam), nutqni ISDN tarmoqlaridagi kichik polosali kanallarda, professional sohada (radioeshittirishda va o‘rta sifatli hamda kam xajmli xotiraga ega yozish tizimlarida) uzatish uchun foydalaniladi. Algoritmning yuqori murakkablikka egaligi bilan farqlanadi va quyidagi parametrlar bilan xarakterlanadi: 15 KGsga teng chastota polosasidagi raqamli oqimni uzatishdagi tezligi 64 Kbit/s; signal kechikishi 50 msni tashkil qiladi.
4.20- rasmda ko‘rsatilgan tuzilmaviy sxema asosida Layer-1 va Layer-2 koderlarining ishlash omillarini ko‘rib chiqamiz.
Audio signalning kirish sanoqlari koder kirishiga uzatiladi va raqamli filtrlar bankiga kelib tushadi. Bu yerda birlamchi signal (fd = 48 KGs, ΔA = 16 bit/sanoq, v = 768 kbit/s) 32 subpolosali tashkil etuvchilarga bo‘linadi. Audiokadr 384 ta (Layer-1 uchun) yoki 1152 ta (Layer-2 va Layer -3) sanoq ajratmalaridan iborat ovoz signalini hosil qiladi. Har bir audiokadrni uzatish vaqti 8ms (Layer-1) yoki 24 ms (Layer-2 va Layer-3) bo‘ladi. Barcha 32 subpolosalar doimiy kenglik F = fd /(2n) ga teng bo‘ladi, bu yerda fd - ovoz signalining diskretizatsiya chastotasi, n - 750Gs teng bo‘lgan subpolosalar soni.
Filtratsiyadan so‘ng har bir subpolosadagi ovoz signali sanoqlari bloklarga yig‘iladi, so‘ng masshtablanadi(normallashtiriladi), kvantlanadi va kodlanadi. Layer-1dagi masshtablashda, ovoz signalining har bir subpolosadagi 12ta sanoqlarining maksimal qiymatlari olinadi va ular masshtabli koeffitsient SCF (Scale Factor) deb nomlanadi. Layer-1 uchun umumiy 32 ta masshtablash koeffitsientiga mavjud. Layer-2da ovoz signalining har bir blokidagi 36ta sanoqlari 3ta kichik blokchalarga bo‘linadi va ular yuqorida qayd etilgandek granula deb nomlanadi. Har bir granulada ovoz signalining 12ta sanog‘i bo‘ladi va ularning maksimal qiymati aniqlanadi hamda shu qiymat granulaning masshtabli koeffitsienti SCF hisoblanadi. Hamma subpolosalar 32 ta, shuning uchun Layer-2 da SCFlarning umumiy miqdori 3 x 32 = 96ga teng bo‘ladi. Dekoderga uzatiladigan SCF qiymatlari standart jadval ko‘rinishida beriladi. Shuning uchun granuladagi sanoqlar maksimal qiymati SCF jadvalidagi qiymatlari to'plami bilan solishtiriladi. Jadvaldagi ko‘p qiymatlardan eng yaqini tanlab olinadi.O'sha qiymat keyin SCF granulasi deb qabul qilinadi.
1- va 2- Layer uchun ovoz signali sanog‘ini kodlash qo‘llaniladi, bunda kodlashining har bir subpolosasida 384:32 = 12 ga (Layer-1) yoki 1152:32 = 36 ta (Layer-2) sanoqlarga ega bo‘lamiz. Audio ma’lumotlarni kodlashda parallel qo'shimcha ma’lumotlarni (AD - Ancillary Data) kodlash amalga oshiriladi.
Layer-3 (4.21-rasm) Layer-1 va Layer-2 ga nisbatan siqishning murakkab tizimi qo‘llanishi bilan xarakterlanadi. 3-qatlamda boshqa psixoakustik modelning, ya’ni boshqacha ikkinchi notekis kvantlash modeli qo‘llaniladi.



4.20-rasm. ISO/IEC 11172-3 MPEG-2 standartining ovozli koderi tashkiliy chizmasi, Layer-1 va Layer-2

Bundan tashqari Layer-3 da kodlashga ovoz signali sanog‘ining o‘zi emas, balki MDKO‘ (MDCT- Modified Discrete Cosine Transform) koeffitsientlarining kvantlangan qiymatlari ishlatiladi, ularning soni har bir kodlash subpolosasida 18 tani tashkil qiladi. Koeffitsientlarni kodlash uchun Xaffman kodlari jadvalidan foydalaniladi. Bu ovoz signalining statistik hossasini hisobga oladigan entropik kodlash deb nomlanadi.


Ko‘plab hisoblashlar natijasida, “Raqamli oqimlarni shakllantirish va xalaqitbardosh kodlash” bloki (4.20 va 4.21-rasmlar) chiqishida audiokadrlar ketma-ketligini ifodalovchi ovozli kadr shakllanadi.



4.21-rasm. ISO/IEC 11172-3 MPEG-2 standartining ovozli koderi tashkiliy chizmasi, Layer-3



Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish