4.4.3. Videoaxborot dekoderi
Standartdan kelib chiqqan holda dekoderda (4.19-rasm) o‘zgaruvchan uzunlikka ega kodlarning dekodlanishi, dekvantlanishi, teskari DKO‘ operatsiyasi, harakat kompensatsiyasi amalga oshiriladi va kadrlarning boshlang‘ich ketma-ketligi tiklanadi.
Dekoder buferli xotira qurilmasi (BXQ); demultipleksor (DMp); o‘zgaruvchan uzunlikli kodli so‘zlarga ega kodlar dekoderi (O'USKD), shuningdek, dekvantlagich (Kv-1), xotira qurilmasi (XQ), teskari DKO‘ bloki va koder bloklariga mos keluvchi bloklardan tashkil topadi. Takt chastotasi 27 MGs dekodlanayotgan oqimdagi ma’lumotlardan foydalanish asosida tiklanadi.
4.19- rasm. MPEG-2 videodekoderi tuzilmaviy chizmasi
Xilma xil kadr dekoderlarida (I; P; B) tiklanish vaqti oqimning tuzilish murakkabligiga bog‘liq va shuning uchun dekoder kirishida 3-4 kadr sig‘imli bufer xotira qurilmasi (BXQ) qo'yiladi. Ushbu BXQ o‘zgarmas ma’lumotlar uzatish tezligini kadrlarni dekodlash jarayoni bilan moslashtiradi. Bunda ma’lumotlar BXQdan vaqt bo‘yicha notekis o‘qiladi. Raqamli oqimda xilma xil ma’lumotlar (videoma’lumotlar, bloklarning harakat vektorlari,vaqtning tuzilmaviy belgilari, ovoz ma’lumotlari va x.k.) uzatilganligi sabab ularni to‘g‘ri dekodlash uchun qayta ishlashning turli usullari qo‘llaniladi. Shuning uchun dekoderda demultipleksor ishlatiladi va va u paketlab joylashtirilgan videoma’lumotlarni O'USKD orqali dekvanlavchiga (Kv-1) o‘tkazadi. Teskari DKO‘ (DKO‘-1) chiqishida tayanch kadrlar piksellari shakllantiriladilar va ular kommutator orqali (1 ulangan holatda) chiqishga uzatiladilar.
Raqamli oqimning kattagina qismini, kadrning to‘g‘ri va ikki tomonlama bashorat qilingan, ya’ni joriy va keyingi kadr piksellari orasidagi kadrlararo farqni ko‘rsatuvchi bloklardan tashkil topadi hamda ular videooqimni asosiy siqilishini ta’minlaganlar. Shu sabab bunday tasvir kadrlarini tiklash uchun dastlab avvalgi kadr bloklaridan va bashoratdagi ularning harakat vektorlaridan tasvirning kadrlararo farqi shakllantiriladi. So‘ngra summatorda (qo'shuvchida) bashorat chiqishidagi piksellar qiymatini tiklangan avvalgi kadrning xotira qurilmasida (XQ) saqlangan qiymati bilan qo'shilishi natijasida bashorat kadrlarining dekodlashgan tasvirlari shakllantiriladilar. Ular kommutatorning 2 holatida chiqishga uzatiladilar.
Dekoderni apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar bilan qo‘llash kodernikiga nisbatan ancha oson, chunki dekoder bloklarning tayyor harakat vektorlari bilan ishlaydilar. Koderda esa bloklar harakat vektorlarini izlash uchun katta piksel massivlariga ishlov berish kerak bo‘ladi va bu o‘z navbatida katta hajmli xisoblashlar hamda ko‘p vaqt talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |