Bundan tashqari MPEG-1dan farqli ravishda MPEG-2 standarti quyidagilarga imkon yaratadi:
MPEG-1dagi kabi faqat 8 bitli emas, balki 9 yoki 10 bitli kvantlashdan foydalanish;
Ichki kadrli bashorat bilan kodlangan makrobloklar yo‘qolishini bartaraf etish uchun ularning maskirovkalash amalga oshiriladi, ya’ni yo‘qolgan makroblok o‘rniga parametrlari bo‘yicha unga o‘xshashi yaqin makroblok qo'yiladi. Buning uchun oqimda “qoldirilgan makroblok”ni boshqaruvchi kod uzatiladi;
Axborotini uzatish panoramalash rejimi (pan&scan) ko‘zda tutilgan,ya’ni u dekoderga tasvirning qaysi 16:9 formatli bo‘lagini 4:3 formatli ekranda tasvirlash kerakligini ko‘rsatadi. Axborot har kadrda uzatiladi va tasvirni pikselgacha aniqlikda siljitish imkonini beradi.
4.4.2. MPEG-2 standart videoma’lumotlar oqimi
MPEG-2 videokoder chiqishidagi ma’lumotlar oqimining soddalashtirilgan tuzilmasi 4.18-rasmda ko‘rsatilgan. Videoma’lumotlar oqimining eng yirik birligi bo‘lib videoketma-ketlik (video sequence) yoki videoqator hisoblanadi. Videoketma-ketlik tasvir guruhlari (GOP)ning ixtiyoriy sonidan iborat bo‘lishi mumkin, ular o‘z navbatida I, P, B kadrlardan (kadrli kodlashda) yoki maydonlardan (maydonli kodlashda) iborat bo‘ladi. Har bir tasvir slayslardan iborat, ularning har biri bir necha makrobloklardan tashkil topadi.
Har bir videoma’lumotlar oqimi tashkiliy birligi dekodlash jarayonida oqimdan kerakli ma’lumotlarni ajratib olish imkonini beruvchi mos boshlang‘ich koddan boshlanadi.
4.18-rasm MPEG-2 videodekoderi chiqishidagi ma’lumotlar oqimi tuzilmasi.
Videoma’lumotlarni uzatish doimo videoketma-ketlik (VK) sarlavhasidan boshlanadi, uning ketidan sarlavha kengaytmalari keladi. Ma’lumotlar oqimining ushbu qismlarida quyidagi ma’lumotlar uzatiladi:
tasvirning piksellar miqdori bilan ifodalangan balandligi va kengligi;
tasvir formati (kenglikning balandlikka nisbati);
kadrlar chastotasi;
belgilangan videoma’lumotlar oqimi bitreyti;
videoma’lumotlar oqimidan kvantlash koeffitsientlari matritsasini yuklab olish zarurligi belgilari;
satrlararo yoyishning foydalanilayotganligi belgisi;
foydalanilayotgan diskretizatsiyaning formati (4:2:0, 4:2:2 yoki 4:4:4).
Keyinchalik foydalanuvchining qo'shimcha ma’lumotlari va kengaytmalari uzatilishi mumkin. Oqimning shu qismi bo‘lmasligi mumkin, blokni aylanib o‘tishi ko‘rsatkich bilan keltirilgan. Kengaytmalar masshtablilik bor bo‘lgan xollardagina mavjud bo‘ladi, u to‘liq videoma’lumotlar oqimidan tasvirlarni olish imkonini beradi. Bunday vaziyatda oqim ikkita yoki undan ko‘p qatlamlar (layers) dan iborat bo‘ladi. Baza qatlami tasvirning bir necha boshlang‘ich parametrli sifat bilan olish imkonini beradi. Ma’lumotlar oqimining qo'shimcha yoki yaxshilovchi (enhancement) qatlamlari tasvirning yanada sifatliroq qilib olish imkonini beradi. MPEG-2 standarti videoma’lumotlar oqimini masshtabli bilan yoki masshtabsiz tashkil etish imkoniyatini ko‘zda tutadi.
Har bir tasvirlar guruhi sarlavhadan (“GOP sarlavhasi”) boshlanishi mumkin. Ushbu sarlavha videoketma-ketlikdagi tasvirlarning birinchi guruhi uchun mavjud bo‘lishi shart. Tasvirning boshqa guruhlari uchun ushbu sarlavha bo‘lmasligi mumkin (aylanib o‘tish ko‘rsatgich bilan keltirilgan), chunki guruh boshi doim birinchi kadr bilan mos keladi. Tasvirlar guruhi sarlavhasida vaqt belgisi va ushbu guruh tuzilmasi haqida ma’lumotlar uzatiladi. Tasvirlar guruhi sarlavhasidan so‘ng foydalanuvchi ma’lumotlari uzatilishi mumkin.
4.2-jadval
MPEG-2 kodlash variantlari uchun bitreyt maksimal qiymatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |