AAC Algoritmi (4.31-rasm) Dastlab ISO/IEC 13818-7ning MPEG-2 standarti doirasida ishlab chiqilgan va keyinchalik MPEG-4 standartiga kiritilgan. U ISO/IEC11172-3 va 13818-3 standartlarining Layer 3 (MP3) kompressiyalash algoritmini ishlab chiqish davomidagi tajribaga asoslanadi, hamda barcha taniqli ovoz formatlarini qo‘llaydi: mono (1/0), oddiy stereo (2/0), Dolby tizimining turli ko‘rinishlari (Dolby Stereo 3/1; Dolby Surround 3/2; Dolby Pro Logic I i II, 3/2) va besh kanalli Surround-format 5.1.
4.31- rasm. AAС koderining tashkiliy chizmasi (MPEG-2 ISO/IEC 13818-7 va MPEG-4 ISO/IEC 14496-3)
MPEG-4 AAС algoritmida MPEG-2 AAС algoritmiga nisbatan, ovoz signallarining diskretlash chastotalarining ko‘p qiymatlari qo‘llangan: 8, 11,025, 16, 22,05, 24, 32, 44,1, 48, 64, 88,2, 96 KGs, shuningdek, sinusoidal “deraza ” funksiyalari o‘rniga Kayzer-Bessel “deraza” funksiyalari qo‘llangan, u ikki xil o‘lchamdagi “derazaga” ega: ovoz signalining 2048 sanog‘idan iborat bo‘lgan uzun “deraza” va ovoz signalining 256 sanog‘idan iborat bo‘lgan qisqa “deraza”. Bu eshitish imkoniyatining chastota va vaqt bo‘yicha Layer 3ga nisbatan yaxshi moslashuvini ta’minlaydi. Ikkala holatda ham ovoz signali sanog‘i ajratmalarining 50% qoplashdan foydalaniladi.
Layer 3 (MP-3) dagi kabi kodlashga sempllarning o‘zi emas, balki MDKO‘ koeffitsientlari uchraydi. Biroq Layer 3 farqli ravishda, bu yerda notekis kvantlashda siqish qiyaligi shakli o‘zgargan, MDKO‘ koeffitsientlarini kodlash uchun Xaffmanning boshqa kodlari ishlatilgan. Shuningdek kvantlash xatoliklarini kattaliklarini boshqarish ikkita iteratsion sikl - ichki va tashqi sikllar yordamida amalga oshiriladi.
Ichki siklda MDKO‘ koeffitsientlarini kvantlash va kodlash amalga oshiriladi, tashqi siklda esa kodlashning har bir subpolosasidagi kvantlash xatoliklarining haqiqiy kattaliklarini baholash va kvantlash xatoliklarining zaruriy korreksiyasi ta’minlanadi. Agar bir yoki bir necha kodlash subpolosalarining, psixoakustik model tomonidan hisoblangan, kvantlash buzilishlarining haqiqiy qiymatlari mumkin bo‘lgan qiymatlardan oshib ketsa, unda MDKO‘ koeffitsientlarining korreksiyalash amaliyoti quyidagicha bajariladi: boshida buzilishlar oldi rejimi ishga tushiriladi, agar bu ish yordam bermasa, psixoakustik modelning talablari bajarilmayotgan kodlash subpolosasidagi MDKO‘ koeffitsientlari, korreksiyalovchi ko‘paytirgichga ko‘paytiriladi. Algoritm ularning boshidagi kichik qiymatdan boshlab ketma-ket tanlab olinadigan bir necha qiymatlariga ega. Korretsiyalashning har bir siklidan so‘ng, MDKO‘ koeffitsientlarining kvantlash va kodlashining barcha amaliyotlari kichik siklda qaytadan bajariladi, xuddi shunday tartibda toki psixoakustik model talablari bajarilmaguncha davom ettiriladi.
AAC algoritmida raqamli audio ma’lumotlarni siqish sifatini oshirish uchun quyidagi vositalar qo‘llaniladi:
Kvantlash buzilishlar tuzilmasini boshqarishning maxsus amaliyotlari (Temporal Noise Shaping (TNS) -deb nomlanuvchi texnika);
Subpolosali signallarni birlashtirilish amaliyotlari va ularni kodlashdagi o‘zgartirishlar (Coupling);
Alohida subpolosalardagi stereo signallarga ishlov berishda stereo juftlikning o‘ng yoki chap signallarini kodlash emas, balki ularning yig‘indisi va farqini kodlash imkoniyati yaratilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |