4.6. MPEG-7 va MPEG-21 istiqbolli multimedia standartlari
1996 yilning oktyabrida MPEG guruhi MPEG-7 siqish formatini ishlab chiqishga kirishdi, u audio va videoaxborotni ifodalashning universal mexanizmini aniqlashga xizmat qilishi belgilandi. Ushbu format “Multimedia materiallarini ifodalash interfeysi (Multimedia Content Description Interface)” deb nom oldi. MPEG oilasining avvalgi siqish formatlaridan farqli MPEG-7 turli shakldagi(shu jumladan analog ko‘rinishdagi) axborotni ifodalaydi va ma’lumotlarni uzatish muhitiga bog‘liq bo‘lmaydi. O‘zining avlodlari kabi MPEG-7 siqish formati ham, bitta ifoda doirasida. masshtablanayotgan axborotni ishlab chiqaradi.
MPEG-7 siqish formati audio va video axborotlarni ko‘p sathli ifodalash tuzilmasini qo‘llaydi. Eng yuqori sathda fayl tarkibi, ya’ni yaratuvchining ismi, yaratilgan sansi kabilar yozib qo'yiladi. MPEG-7 siqish formatining keyingi sathida siqilayotgan audio va videoma’lumotning xususiyatlari ko‘rsatiladi, masalan: rangi, tekst matni, foni va tezligi va h.k.. Bunda MPEG-7 audiovizual materiallarning quyidagilarini o‘z ichiga olishi mumkin: statik tasvirlar, grafika, 3D model, ovoz, tovush, video va kompozit ma’lumotlar hamda multimedia namoyishida elementlar qanday birikishi haqidagi axborotlarni. Maxsus hollarda ushbu umumiy ma’lumot turlariga insonning yuz ifodasi va shaxsiy xarakteristikalari ham kiradi. MPEG-7 ajralib turadigan xususiyatlaridan biri uning siqilayotgan axborot turini aniqlash qobiliyatidir. Agar u audio yoki video fayl bo‘lsa, avval MPEG-1, MPEG-2, MPEG-4 algoritmlari bilan siqiladi va so‘ngra MPEG-7 yordamida ifodalanadi. Siqish usulini tanlashdagi bunday moslashuvchanlik axborot hajmini qisqartiradi va siqish jarayonini tezlashtiradi. MPEG-7 siqish formatining uning avlodlaridan asosiy afzalligi shundaki, u axborotni ham umumiy ham inson tomonidan qabul qilishi bilan bog‘liq semantik belgilar asosida, avtomatik ajratish imkonini beradigan ifodalash chizmalari va alohida tengi yo‘q deskriptorlardan foydalanadi. Katalogga kiritish va ma’lumotlarni qidirish amaliyoti siqish formatini ko‘rib chiqish muhitidan tashqari bo‘ladi.
Alohida shuni aytib o‘tish joizki, MPEG-7 standarti MPEG-4 standartining o‘rnini bosmaydi, balki uni to‘ldiradi. Bunda MPEG-4 axborotni namoyish etish usulini, MPEG-7 esa uni ta’riflash usulini ta’minlaydi. Shunday qilib, MPEG-7 va MPEG-4ning mukammal bog‘lanishini yaratish rejalashtirilmoqda, ayniqsa MPEG-4 ob’ektlari ishlatilayotgan holatlarda.
MPEG-7 standarti quyidagi qismlardan iborat:
MPEG-7ning tizimli vositalari, ular MPEG-7 ifodalarini samarali uzatishga va yozishga tayyorlashda va material hamda ta’riflar orasida moslashuvni (sinxronizatsiyani) ta’minlashda uchun zarur. Ushbu tizimli vositalar shuningdek, intellektual mulkni qo‘riqlashga ham aloqador.
MPEG-7 aniqliklarini ta’riflash tili, yangi ta’riflar chizmalarini va yangi deskriptorlar uchun kerak.
Audio - deskriptorlar va MPEG-7 ta’riflash sxemalari, faqat audiomaterialni ta’riflashga oid.
Visual - deskriptorlar MPEG-7 ta’riflash sxemalari, faqat vizual materialni ta’riflashga oid.
Multimedia Description Schemes - deskriptorlar va ta’riflash sxemalari, multimediani ta’riflash umumiy xarakteristikalariga oid.
Reference Software MPEG-7 -MPEG-7 standartining mos qismlarini dasturiy tatbiq etish.
Conformance MPEG-7 -MPEG-7 amaliy tatbiq etishning ishchi xarakteristikalarining bazaviy omillari va testlash amaliyotlari.
Biroq hozirgi kunda standart faqatgina ishlab chiqish bosqichida turibdi va kelajakda televideniye eshittirish sohasida keng qo‘llaniladi va qidiruv serverlari tomonidan turli multimedia axborotlarini topishda foydalaniladi. Multimedia axborotlarni qidirish jarayoni ayniqsa, katta hajmli qattiq disklarda yozilgan axborotlarning, katta hajmlari bilan ish ko‘rayotganda ancha soddalashadi.
MPEG-21 - bu ham ishlab chiqish jarayonida turgan yangi standartlardan biri bo‘lib, uning vazifasi raqamli ob’ektlar bilan almashinish, sotish va boshqa manipulyatsiyalarda foydalanuvchilarni qo‘llab quvvatlash texnologiyasini aniqlash hisoblanadi. Shu bilan birga ushbu operatsiyalarning maksimal samaradorligi va shaffofligi ta’minlanishi kutilmoqda. MPEG-21 dunyosi Foydalanuvchilar (Users), va ular munosabatga kirishadigan Raqamli Elementlar (Digital Items) dan iborat. Raqamli element sifatida har narsa bo‘lishi mumkin: multimedia tarkibining bir qismidan boshlab, to‘liq videoyozuv kolleksiyasigacha. MPEG-21 Foydalanuvchisi sifatida har qanday shaxs (ishlab chiqaruvchilardan boshlab to sotuvchi va xaridorgacha) qatnashishi mumkin. Shunisi qiziqki, MPEG-21da hamma Foydalanuvchilar o‘zaro teng, chunki raqamli elementlar borasida ularning o‘z xuquqlari va qiziqishlari bor, ushbu qiziqish va xuquqlarni esa ular ifodalashi kerak. Tarqatilayotgan axborot o‘z-o‘zidan qimmatlidir, va albatta foydalanuvchi undan foydalanishda uni boshqarishni xohlaydi. MPEG-21standarti jiddiy xarakat kuchi bo‘lib raqamli revolyutsiya uning multimedia axborotini tarqatish va ishlab chiqish zanjirida yangi rol o'ynash imkoniyatini berishidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |