114
Bunda xar bir boʻlinma oʻzining funktsional vazifasini bajarish bilan band boʻladi.
Binobarin, boshqarishning yagona tizimi amal qiladi. Shu tariqa barcha boshqaruv
boʻlinmalari bir-biriga oʻzaro ta’sir koʻrsatib bosh rejalarning bajarilishini ta’minlaydi.
Raxbarning asosiy vazifasi boshqaruv tizimini maqsadga muvofiq uyushtirishdan
va oʻzi uchun ishlab chiqarishning tub masalalari bilan shugʻullanish imkoniyatini
yaratishdan iboratdir.
Qarorlarni
bajarishga
raxbarlik
qilish jara¸nida raxbarning vazifasi
xodimlarningshaxsiy manfaatlarini umum manfaatlar bilan muvofiklashtirishga
erishishdan iboratdir. Jamoaga muvaffaqiyatli raxbarlik qilish farmoyish berish va
nazorat qilish usullari, shakllari va texnikasini bilishgina emas, balki topshiriklarni
bajarishga xodimlarni safarbar eta olish qobiliyatini xam talab qiladi.
Mavjud yutuqlarni raxbar faqat oʻzining xizmatlari etib koʻrsatilmasligi lozim.
Qaror ijro etilmay qolganda aybdorni jazolashdan oldin uning sabablarini diqqat bilan
oʻrganish zarur.
Koʻpgina raxbarlar yaxshi qarorlar qabul qilishni bilmasliklari tufayli emas, balki
ularni amalga oshirishni tashkil qila bilmasliklari sababli oʻz lavozimlarga moe kelmay
qoladilar. Ba’zida bir masala yuzasidan ikki-uch martalab qaror qabul qilinadi.
Qarorlarning bajarilmay qolish sabablari xam shundadir.
Qarorni muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun koʻrgazmali sxema -grafikni tuzish
lozim. Unda ijrochilar, bajarish muddatlari, taqsimlangan ish xajmi, ob’ektlarga boʻlish,
sarflanadigan oʻrtacha vaqt, moddiy va moliyaviy resurslarga boʻlgan exti¸j qayd
qilinadi.
Tashkiliy reja ijrochilarga etkaziladi, tushuntiriladi, zarur boʻlgan taqdirda yoʻl-
yoʻriq uslubiy koʻrsatmalar beriladi.
Boshqarish jara¸nidagi oxirgi bosqich - bu qabul qilingan qarorlarning ijrosini
nazorat qilishdir.
Nazorat - bu qaytma (javoban) aloqa shakli xisoblanib, yuqori boshqaruv organi
tomonidan chiqarilgan buyruq, farmoyish va oʻrnatilgan rejalarning joylarda bajarilish
darajasi toʻgʻrisidagi ma’lumotni aniqlash usulidir.
Xaqiqiy xolatni bilib olmasdan va dalillarni tekshirmasdan turib, toʻgʻri va oqilona
raxbarlik qilib boʻlmaydi. 1quyi zvenolarni boshqarishda asosan xisobga olishning tezkor
va buxgalteriya turlaridan foydalaniladi.
Yaxshi yoʻlga qoʻyilgan xisob samarali qarorlar ishlab chiqish, ularning
bajarilishini kuzatib borish imkonini beradi. Xisobga olishdagi chalkashlik odatda ishlab
chiqarishni boshqarishda axvolning ¸monligidan va katta kamchiliklar mavjudligidan
dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: