Menejmentga kirish


Vaziyatni taxlil qilish va muammoni aniqlashda koʻp omillarga e’tibor



Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/297
Sana01.06.2022
Hajmi6,28 Mb.
#628248
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   297
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

Vaziyatni taxlil qilish va muammoni aniqlashda koʻp omillarga e’tibor 
qaratish kerak. Chunki, qarorni ishlab chiqish jara¸ni vaziyatni taxlil qilish va 
vazifani aniqlab olishdan boshlanadi. Vaziyatni taxlil qilish quyidagilarni amalga 
oshirishni talab qiladi: 
*taxlil qilina¸tgan ob’ekt xolatinib uning sifat jixatlarini, resurslar bilan 
ta’minlanganligini taxlil qilish; 
*mazkur ob’ekt samaradorligini jaxonning eng yuqori samaraga ega boʻlgan mos 
ob’ekt bilan taqqoslash; 
*taqqoslana¸tgan ob’ektlar koʻrsatkichlari oʻrtasidagi tafovutlar sababini aniqlash; 


112 
*adabi¸tlar manbaini, ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha xisobotlarni, patent fondi, 
iste’molchilar imkoniyatlari va davolarini taqlil qilish; 
*ishlab chiqaruvchi va iste’molchilardagi ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik 
darajasini taxlil qilish; 
*mazkur ob’ektning taraqqi¸t yoʻnalishini shakllantirish va x.k. 
Boshqarish jara¸ni xamisha biron-bir masalani xal qilishdir, chunki tashkiliy 
jara¸nlar buzilishi tufayli belgilangan parametrlardan ogʻish sodir boʻladi, yangi tashkiliy 
jara¸nlarga zaruriyat tugʻiladi, natijada ishlab chiqarish sharoitlari oʻzgaradi. Binobarin, 
birinchi navbatda ishlab chiqarish oldida kanday muammo paydo boʻlganligini bilish, uni 
umumiy taxlil qilish va xal etish zaruriyatini aniqlash kerak. 
Qaror qabul qilish zaruriyati va taxdid qilina¸tgan ob’ektdagi aniq vaziyat 
aniqlangach turli yoʻllar bilan erishiladigan qaror maqsadida shakllantiriladi va uning 
echimi boʻyicha vazifalar belgilanadi. Qaror maqsadi yuqori organ tomonidan koʻrsatib 
berilishi ¸ki mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatga belgilanishi mumkin. Masalan, 
respublikamiz uchun gʻalla etishtirishni keskin koʻpaytirish va bir qator muloxazalarga 
koʻra, donni etishtirishga eng yaxshi moslashadigan tumanlar aniqlanadi. Vazirlik 
ularning ixtisoslashuvini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va buning uchun u 
tumanlarni don etishtirishga koʻchirish rejasini ishlab chiqadi. Tuman raxbarlari topshiriq 
olgach, qaror ishlab chiqishga xar tomonlama tay¸rgarlik koʻradi. 
Bu erda asosiy maqsad va vazifa xalq xoʻjaligiga zarur don maxsulotini 
etishtirishdir. Shunday qilib muammoni aniqlash quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Mezonlarni tanlash vazifalarning xar xil variantlarini muxokama qilish, ularning 
kuchli va zaif tomonlarini aniklashdan boshlanadi. Bu masalani xal qilishda taklif 
qilingan variantlarni iktisodiy tax,lil qilish muxim axamiyatga ega. Berilgan variantlarni 
echishda matematik, grafik, mantikiy va boshqa usullar qoʻllaniladi. 
Tanlab olingan variantning muvofiqligi va afzalligi iqtisodiy, ijtimoiy, si¸siy, texnik 
va boshqa mezonlarni boʻyicha umumiy tarzda baxolanadi. Eng kulay qarorlarni ishlab 
chiqish koʻp jixatdan omilkor kishilarning va ayniqsa kelgusida shu qarorni 
bajaruvchilarning fikri nakadar toʻla xisobga olinganligiga bogʻliq. 
Mezonlar tanlab boʻlingach endi anik omillar va sharoitlarni tanlashga oʻtiladi. 
Zero, ishlab chiqarish natijalari va maqsadning amalga oshuvi shularga bogʻlik boʻladi. 
Bularga yana resurslar (moddiy, moliyaviy, mexnat), texnika va texnologiya, topshirikni 
bajarishga ketadigan vaqt, xom-ash¸ etkazib beruvchilar, oʻzaro aloqalar va xakozalar 
kiradi. 
Mezonlar aniqlanib boʻlingach qaror tay¸rlashning navbatdagi bosqichiga oʻtiladi. 
Bu bosqichda kuyilgan vazifani bajarish modeli ishlab chiqiladi. 
Model - bu botsshcharish oldida turgan vazifani xal etish sxemasidir. 
Model oddiy ¸ki programmalashni talab qiluvchi murakkab boʻlishi mumkin. 
Murakkab qarorlarni qabul qilishda matumatik ¸ki statistik modellardan foydalaniladi. Bu 
modellar muammolarni miqdor jixatdan tavsiflaydi va optimal variantli boshqarish 
qarorini qabul qilish uchun asos xizmatini oʻtaydi. 
Modellashtiroish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: 
taxlil qilinadigan muammolar tarkibiy qismlarga boʻlinadi, omillar aniqlanadi; 
Tanlab olingan omillarning oʻzaro aloqasi aniqlanadi, oʻzaro ta’siri baxolanadi, 
vazifani xal etish modeli belgilanadi; 


113 
*tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi; 
*qarorlar variantlarning samaradorligi ularni amalga oshirish yoʻllari aniqlanadi. 
Bularni quyidagi sxemada ifodalash mumkin: 
Qaror modeli ishlab chiqish 
Qarorni modellash 
Model mak, boʻlligini baxolash 
Algoritm tuzish 
Dastur tuzish 
Qarorlarni tanlash va ularni uzil-kesi qaboʻl qilish raxbarlar tomonidan amalga 
oshiriladi. Bunda raxbar qarorni yakkaboshchilik asosida qaboʻl qilishi mumkin. Odatda 
yakkaboshchilik kupchilik fikri bilan kushib olib boriladi, ya’ni: 
*tanlangan qaror variantini tegishli tashkilotlar bilan kelishib olinadi; 
*qaror uzil-kesil qaboʻl qilinadi va xujjat (buyruk, farmoyish berish, rejani 
tasdiklash va x. k.lar) bilan rasmiylashtiriladi; 
*qaror aniq ijro etuvchi shaxslarga etkaziladi. Xar bir qarorni qaboʻl qilishda raxbar 
boshqaruv mutaxasssislari tavsiya etgan kuyidagi Yuta tamoyilga amal qilsa foydadan 
xoli boʻlmas edi: 
Tafsilotlarni bilib olishdan oldin muammoni toʻlaligicha tasavvur qil. 
Extimol tutilgan xamma variantlarni koʻrib chiqmaguncha qadar qaror qabul qilish. 
Xatto xamma tan olgan xaqiqatlarga xam shubxa bilan qara, ularni rad etishdan 
qoʻrqma. 
Muvaffaqiyat juda oz boʻlib koʻringanda xam oldinda turgan muammoga turli xil 
nuqtai nazarlardan qarashga intiladi. 
Xal qilinadigan muammoning mohiyatini yaxshiroq tushunib olishga oʻxshashlikni 
izla. 
Xaqiqatga yaxshilashish uchun imkoni boricha koʻproq savollar ber. 
Xa¸lingga kelgan birinchi qaror bilan kanoatlanib qolma. 
Uzil-kesil qaror qabul qilishdan oldin oʻz muammolarning xaqida biron bir kishi 
bilan gaplashib koʻr. 
Oʻz sezgi va xayajoningga e’tibor bilan qara. 
Xar bir kishi xa¸tga va xar kuni paydo boʻlib turadigan muammolarga oʻz nuqtai 
nazaridan qarashini unutma. 
Imkoni boricha kamrok farmoyish berish kerak. Tajriba shuni koʻrsatadiki, 
farmoyish qanchalik koʻp boʻlsa, uni bajarish va ijrosini nazorat qilish shunchalik qiyin 
boʻladi. Bir vaqtda bir necha farmoyish berish tavsiya etilmaydi. Topshiriklarni xar xil 
vaqtda bajarilish izchilligiga qarab berish maqsadga muvofikdir. 

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish