Menejmentga kirish


Telefondagi soʻzlashishlar



Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/297
Sana01.06.2022
Hajmi6,28 Mb.
#628248
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   297
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

Telefondagi soʻzlashishlar
haqida bir ogʻiz soʻz. Telefon - bu 
kommunikatsiyaning eng koʻp foydalaniladigan vasitasi. U vaqtni tejashning eng 
samarali vositalaridan biri va shuning bilan bir vaqtda ishdagi “xalaqitlar”ning eng 
tez-tez boʻladigan manbasi, “vaqtni yutuvchisi”dir (telefonning paradoksi). Uning 
siz uchun u yoki bu xususiyatlarga ega boʻlishi, siz undan qanchalik ratsional 
foydalanishingizga bogʻliqdir. 
Qoʻngʻiroq qilayotgan har bir kishi oʻzining qoʻngʻirogʻining muhimligiga 
ishonadi. Ammo telefondagi soʻzlashishlarga faqat cheklangan vaqtni ajratish 
kerak. Bu ma’noda telefonda soʻzlashish chaqirilmagan mehmonga oʻxshaydi, u 


194 
boshqa telefon yordamida qilishlari mumkin, chunki masofaviy uzoqlik va vositali 
aloqa bilan himoyalanganlar. 
Keraksiz qoʻngʻiroqlardan himoyalanish va ularni qulay vaqtga koʻchirish 
uchun quyidagilarni qilish kerak: 

boʻlajak abonentlarni qachon ularni qoʻngʻiroq qilishlarini istashingizni 
xabardor qilish; 

suxbatning ohirida “Menga bir amallab qoʻngʻiroq qiling” kabi jumlalardan 
qochish; 

sizdan xabar kutayotgan sherikka, aniq ma’lum vaqtda, u sizga qoʻngʻiroq 
qilmasidan oldinroq qoʻngʻiroq qilish; 

barcha kiruvchi telefon qoʻngʻiroqlarini kotib orqali oʻtkazish yoki vaqti-
vaqti bilan avtojavob beruvchidan foydalanish. 
Yaxshi kotib menejerning muhim yordamchisi boʻladi, u kiruvchi telefon 
qoʻngʻiroqlarini qabul kilish kerak. Kotib bilan shunday mezonlarni belgilash 
kerakki, 
unga 
koʻra 
qiruvchi 
qoʻngʻiroqlarga 
rad 
javobi 
berilishi, 
koʻchirilishi(takroriy qoʻngʻiroq) yoki ular sizga “ oʻtkazilishi” kerak. Shuning 
bilan birga kotibga quyidagi ifodalardan “muhim majlisda”, “...unga halaqit 
berishlarini istamaydi,. “...unda muhim qabul” dan foydalanishga ruxsat bermang. 
Bunday jumlalar qoʻngʻiroq qiluvchida yoqimsiz his uygʻotadi, u oʻzi bilan muhim 
shaxs kabi munosabatda boʻlishlarini istaydi, va unga esa “undanda muhimroq 
boshqani borligi” haqida tushuncha beriladi. 
Agar rahbarda vaqtincha yoki uzoq vaqtga kotib boʻlmasa, avtojavob 
qaytaruvchini ishga tushurish ,u “ikkinchi navli “ vosita boʻlsa ham, maqsadga 
muvofiq. Kotib yoki avtojavob qaytaruvchi yoʻqligida keraksiz qoʻngʻiroqlardan
“Marhamat, menga soat 16 da qoʻngʻiroq qiling” yoki “ Men sizga keyinroq 
qoʻngʻiroq kilaman” kabi jumlalar yordamida himoyalanish mumkin. Teskari 
qoʻngʻiroq qilish usulidan kotib borligida ham foydalanish mumkin. U ham 
muzokaralar uchun zarur materiallarni tayyorlash imkonini beradi, buning 
natijasida telefonda soʻzlashishning umumiy vaqti qisqaradi. Chiquvchi 
qoʻngʻiroqlar bilan kiruvchilarga nisbatan osonroq manipulyatsiya qilish mumkin. 
Telefon bloklari ham vaqtni ancha tejaydilar. Buning uchun 1-2 vaqtli 
oraliqni tanlash kerak, bu vaqtda telefondagi suhbatlarni, unga oldindan 
tayyorlanib, hammasini birgalikda yoki seriyalar bilan “ishlash” mumkin. 
Telefon qoʻngʻiroqlari (bloklarini) ishni “avjida“ soatlarda emas, balki 
foydasiz vaqtda oʻtkazish maqsadga muvofiqdir, bunda ular ishni borishini buza 
olmaydilar. Buning uchun vaqtning “boʻsh” oraliqlari va ishlar oʻrtasidagi boshqa 
tanaffuslardan foydalanish mumkin.8 00 dan 9. 30gacha,13.30 dan 14 00 gacha va 
16 30 dan keyingi vaqt telefon qoʻngʻiroqlari uchun eng qulay oraliqlar boʻladi. 
Buning ustiga, bu vaqtda oʻz sherigingizga tezroq qoʻngʻiroq qilish mumkin. 
Telefonda soʻzlashishlarni olib borish boʻyicha bir necha aniq maslahatlarni 
beramiz. 
1.Qisqa boʻlish va suhbatni boshlanishi uni borishi va tugashini belgilab 
berishini hisobga olish zarur. 


195 
2. Oldin sherikka qoʻngʻirogʻingizning maqsadini xabar qiling, keyin esa 
sababini tushuntiring. 
3. Suhbatni boshqa apparat boʻyicha muhim qoʻngʻiroq boʻlganligi sababli 
uzib qoʻymang. Kerak boʻlgan holda, suhbatni uzush mumkinmi yoki yoʻqligini 
soʻrang va 10 daqiqadan keyin qayta qoʻngʻiroq qiling. 
4. Xodimlar bilan “parallel” suhbatlardan qoching. 
. Uzun suhbatning oxirida qisqacha xulosalar qiling va qoʻrilishi kerak 
boʻlgan choralarni sanab oʻting. 
6. Suhbat vaqtida muhim axborotlarni yozib boring, u bilan, ehtimol, qoʻl 
ostidagilar va hamkasblarni tanishtirish kerak boʻlishi mumkin. 
7. Suhbatni muloyimlik bilan tugating. Gap shundaki, ba’zi bir rahbarlar 
suhbatni muloyim jumla bilan yakunlamasdan, xayrlashmasdan keskin uzib 
qoʻyadalar. 

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish