Menejmentga kirish



Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/297
Sana01.06.2022
Hajmi6,28 Mb.
#628248
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   297
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

 
Axborot bilan ishlash
, oʻzini oʻzi boshqarishning vazifasi sifatida, boshka 
vazifalar oʻrtasidagi muhim bogʻlovchi boʻgʻin boʻladi. 
Ish vaqti davomida menejerlarga axboratlar oqimi kelib tushadi. Natijada ular 
vaqtning 80 % ga yaqinini oʻqish, yozish, telefonda soʻzlashish, majlislar va x.k ga 
sarflaydilar. Buning ustiga ular kerak boʻladigandan ancha koʻproq axborotlarni 
oladilar, qayta ishlaydilar va tarqatadilar.Tadbirkorlik oborotida boʻlgan barcha 
axborotlarning yarmisi ortiqcha boʻladi. Shuning uchun axborotlarni ishlab chiqish 
tartibga solinini va tizimlashtirilishi, kasbiy va hayotiy maqsadlarga qaratilishi 
kerak. Demak, menejer ular bilan ishlashning ratsional usullariga ega boʻlishi 
kerak. 
Bu hammadan avval 
oʻqishga
tegishlidir. Oʻqish uchun ishga doir xatlar, 
gazetalar, farmoyishlar, xizmat xatlari koʻrinishidagi axborot oqimlari borgan sari 
toʻliqroq boʻlib bormoqda, natijada menejerlar vaqtning 30%ga yaqinini oʻqishga 
sarflamokdalar. Shuning uchun ratsional oʻqish katta ahamiyatga ega, u tufayli 
vaqtning ancha qismi tejaladi. 
Majlislar va anjumanlar menejerlar faoliyatida muhim oʻrin tutadilar. 
Ular axborotlarni almashtirish, vaziyatlarni tahlil qilish, qarorlar qabul qilish 
zaruriyati vujudga kelgan vaqtda oʻtkazilishlari kerak. Bu masalalarni jamoviy hal 
qilish samaraliroqdir, ammo vaqt va mablagʻlarni sarflanishi dastlabki solishtirma 
tahlil talab qilingandan yuqoriroqdir. Majlisni tashkil qilishda uning maqsadi, kun 
tartibi, ishtirokchilar doirasi, oʻtkazish sanasi, vaqti, joyini belgilash, koʻrgazmali 
axborotlarning zarur vositalari haqida harakat qilish zarur. Taklifnomalarni kamida 
majlisdan bir hafta oldin joʻnatish kerak. Bunda ishtirokchilarni uning vaqti, 
mavzui va maqsadlari haqida iloji boricha aniqroq xabardor qilish zarur. 
Majlisni aniq ma’lum vaqtda boshlash kerak. Hammadan avval ishtirokchilar 
bilan kun tartibi, reglament, qarorlar qabul qilish tartibi kelishib olinadi. 
Majlis vaqtida qoʻyilgan maqsadlarga qanday erishilayotganligini nazorat 
qilish, muammoni tahlil qilish, muqobil qarorlarni ilgari surish, ularni hal qilish 


192 
yoʻllarini qidirish, ishtirokchilarni xabardor qilish va ularning faoliyatini 
muvofiqlashtirish kerak. 
Shu narsa ma’lumki, koʻp sonli odamlarning birgalikdagi aqliy faoliyatining 
mavofiq faolligi, qoidaga koʻra, 40 - 4 daqiqa davom etadi. Keyin majlisning 
koʻpgina ishtirokchilarida e’tibor susayadi, shovqin, harakatlar, gaplar vujudga 
keladi. Bunday holat 30 - 40 daqiqa davom etadi, shundan keyin muzokaralar yana 
kuch bilan shoʻ’baiydi va “salbiy faollik davri” boshlanadi. U insonni 
boshqarilmaydigan boʻlib qolishi, hamma narsaga asabiy va ishonmasdan 
munosabatda boʻlishi bilan ta’riflanadi. Bu vaqtda qabul qilingan qarorlar odatda 
ekstremizm bilan ajralib turadilar.Agar majlis tanaffussiz 2 soatdan ortiq davom 
etsa, ishtiroqchilarning 90%dan koʻprogʻi, faqat u tezroq tugashi uchun har qanday 
qarorga rozi boʻladilar. 
Majlisni oxirida qabul qilingan qarorlarni taqrorlash, yakunni chiqarish va 
nima, kim tomonidan va kaysi vaqtga qadar qilinishi kerakligini aniqlab olish 
kerak. Majlis ijobiy ruhda va iloji boricha ma’lum vaqtda tugashi kerak. 
Agar majlisni rejalashtirishda ustivorliklar toʻgʻri ma’lum boʻlsalar, unda eng 
muhim vazifalar, qoidaga koʻra, majlisning boshida muxokama qilinadilar, oxirida 
esa faqat kam ahamiyatlilar. 
Majlisni yakunlashda eng muhim ma’lumotlar va natijalarga ega qisqacha 
bayonnoma tuzish kerak, majlis oxirida uni ishtirokchilarga tarqatish kerak. 
Vaqti vaqti bilan boʻlsa ham majlis natijalariga qaytish zarur, shu jumladan 
ishtirokchilari soʻrovi yoʻli bilan: 
Majlisning mavzui va maqsadi etarlicha aniq boʻldimi? 
Ishtirokchilardan har biri kun tartibi va boshqa materiallarni oʻz vaqtida 
oldimi? 
Majlisning maqsadiga erishildimi? 
Qancha vaqtdan samarasiz foydalanildi? 
Bundan tashqari, qabul qilingan qarorlar barcha tegishli boʻlganlar tomonidan 
bajarilayotibdimi yoki yoʻqmi, nazorat qilish kerak. Bajarilmagan vazifalar va hal 
qilinmagan muommolar keyingi majlis kun tartibining birinchi bandi boʻlishi 
kerak. 

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish