Menejmentga kirish


Rasmiy va norasmiy tashkilotlar



Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/297
Sana01.06.2022
Hajmi6,28 Mb.
#628248
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   297
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

5.2. Rasmiy va norasmiy tashkilotlar 
Har bir mehnat jamoasida rasmiy munosabatlar bilan bir qatorda norasmiy 
munosabatlar mavjud boʻladi.
Agar rasmiy munosabatlar buyruqlar, farmonlar orqali belgilansa, norasmiy 
munosabatlar esa hech kim va hech narsa orqali belgilanmaydi. Shuning uchun 
25
Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R647 2012 . 130-131-betlar. 


134 
ham boshqaruv jarayoni funktsional rasmiy tashkilot yaratilishiga olib keldi. Lekin 
shuni bilish kerakki har qanday rasmiy tashkilot ichida norasmiy tashkilotlar ham 
mavjud, ular tashkilotlar siyosatga oʻz ta’sirini oʻtkazishi mumkin. Har bir mehnat 
jamoasining a’zosi bir vaqtning oʻzida koʻpgina guruhlarga tegishli boʻlishi 
mumkin.
Maqsadga erishish uchun rahbar istagi bilan yaratilgan odamlar guruhi, 
rasmiy guruhlar deb ataladilar. 
Ularning birinchi vazifasi konkret topshiriqlarni va vazifalarni bajarish boʻlib 
hisoblanadi. Odamlar oʻrtasidagi munosabatlar har xil normativ hujjatlar bilan 
reglamentlanadi: qonunlar, farmonlar, buyruqlar va boshqalar.
Norasmiy guruhlar – bu maqsadga erishish uchun shakllangan tarqoq 
odamlar guruhidir. 
Bunday guruhlardagi munosabatlar shaxsiy xususiyatlar (hulq-atvor) orqali 
koʻriladi. Guruh a’zolarini qarashlar, qiziqishlar va havaslar umumiyligi 
birlashtiradi.
Norasmiy guruhlar har bir tashkilotda boʻladi. Ular rasmiy tashkilotga 
oʻzining ta’sirini oʻtkazishi mumkin. Qachonki koʻpgina kishilar norasmiy 
guruhga a’zo boʻlsa, ularni kuchi koʻpayadi. Inoqlik, rasmiy munosabatlar va 
iqtidorni rasmiy tashkilotlarga umuman aloqasi boʻlmasada ularning rasmiy 
tashkilot ichki muhitga ta’siri sezilarlidir. Agar ancha miqdordagi odamlar harakati 
namoyon boʻlsa u holda norasmiy hokimiyatchilik roli kuchayib boradi. Ushbu 
hokimiyatni suiste’mol qilish va undan foydalanish norasmiy munosabatlarda ayon 
boʻladi (buni “sirli” telegraf deb ham ataydilar). Hech qaysi axborot norasmiy 
tarzdagidek tez tarqalmaydi. Ana shu usul yordamida norasmiy guruh oʻz 
maqsadini oshira oladi (buni norasmiy kommunikatsiya deb yuritiladi).
Norasmiy guruh foydalanadigan boshqa usul bu harakatlana olish yoki 
harakatlana olmaslik boʻlib hisoblanadi. Boshqaruv amaliyotida tashkilotlar toʻliq 
huquqqa ega boʻlmagan menejment yordamida “tiz choʻktirilgani”ga qator 
misollar mavjud (bunga kasaba uyushmasiruxsati bilan amalgam oshiriladigan 
namoyishlar hisobga olinmaydi).
Huquqqa ega boʻlmagan holatdagi guruhlar – insonlarga salbiy ta’sir 
oʻtkazishi mumkin. Shu bilan birga norasmiy guruhlar oʻta zukkolik harakteriga 
ega boʻlsa ayrim tashkilotlar inqirozdan qutilib ham qolishi mumkin. Buning 
mazmuni shundan iboratki, norasmiy guruh tashkilot rivojlanishini olgʻa yoki 
orqaga sudrashi mumkin. Menejerning vazifasi shundan iboratki ushbu guruhlar 
ta’sirini kamaytirish qobiliyatiga ega boʻlishi va ular kuchini yahshi tomonga 
yoʻnaltirishi kerak. Norasmiy guruh faoliyati menejer tomonidan nazorat etilishi 
mumkin. Buning uchun menejer norasmiy guruh maqsadlarini toʻliq bilib olishi 
kerak. Menejerda norasmiy guruh haqida asosli sabablar, asoslar paydo boʻlsa 
shundagina unda oʻzini tutish strategiyasini ishlab chiqish imkoni tugʻiladi.
Menejer shu narsani anglashi kerakki, norasmiy tashkilotlar inson 
psixologiyasining quyidagi asosiy tamoyillari asosida paydo boʻladi: ular shu 
vaqtda paydo boʻladiki, qachonki insonlarning bir-biri bilan oʻzaro muloqoti 
kuchayib ketsa. Ular faoliyatining asosini kichik guruhlar kontsepsiyasi tashkilo 


135 
etadi. Oʻzaro munosabat xis-tuygʻuni paydo qiladi, xis-tuygʻudan esa konsensus 
tugʻiladi. Norasmiy tashkilotning asosini insonlararo munosabat tashkiol etadi.
Shunday qilib insonlarning norasmiy tashkiloti Siz uchun va Sizga qarshi 
ishlashi mumkin. Qanday qilib bunday tashkilotni Siz uchun ishlaydigan qilish 
mumkin? 
Birinchidan, menejer norasmiy tashkilot mavjud ekanligini tan olishi kerak.
Ikkinchidan, norasmiy tashkilot menejerga yordamchi boʻlishi uchun qanday 
bahoga ega ekanligini tushunishga intilishi kerak.
Uchinchidan, norasmiy tashkilotchilarni aniqlash va ularni boshqara bilish 
kerak.
Toʻrtinchidan rasmiy va norasmiy tashkilotlar maqsadlarini birlashtirish 
kerak.
Beshinchidan, menejer qanday faoliyat koʻrsatishidan qat’iy nazar norasmiy 
tashkilot mavjudligini yodda tutishi kerak.
Odamlarni norasmiy tashkilotga qoʻshilishlari sababini quyidagicha izohlash 
mumkin:
1) qaramlilik xis-tuygʻusi. Qaramlilik xis-tuygʻusiga boʻlgan ehtiyojni 
qoniqtirish – bu bizning eng kuchli xis-tuygʻuga boʻlgan ehtiyojdir. koʻpchilik 
rasmiy tashkilotlar insonlarni ongli tarzda ijtimoiy aloqalardan mahrum etadilar, 
shu tariqa ishchilar ushbu aloqalarni amalgam oshirish uchun norasmiy 
tashkilotlarga murojaat etadilar;
2) oʻzaro yordam. Tabiiyki, oʻzining rasmiy rahbariga murojaat etishi 
mumkin. Biroq, ayrimlar rahbar uning haqida yomon fikrda deb oʻylasa (bu erda 
rahbarga “rahbarga muammo tugʻdirma” degan tamoyil ishga tushadi), boshqalar 
tanqiddan qoʻrqadi va boshqalar. U yoki bu holatda ham odamlar oʻz jamoa 
a’zolariga yordamga borishni afzal koʻrishadi;
3) himoya. Odamlar azaldan kuch birlikda ekanligini bilashadi. Shu sababli 
norasmiy tashkilotga a’zo boʻlish himoya nuqtai nazardan tabiiy hal boʻlib 
hisoblanadi;
4) muloqot. Odamlar oʻz atrofida nima boʻlayotganini bilgisi keladi. 
koʻpshilik rasmiy tashkilotlarda ichki munosabat tizimi oqsagan boʻladi, ayrim 
vaqtda rahbariyat ongli tarzda oʻz qoʻl ostida ishlovchilardan ayrim axborotlarni 
berkitishadi shuning uchun axborotni norasmiy tarzda (turli xil shov-shuvlar 
asosida) olish uchun norasmiy tashkilot yagona manba boʻlib qoladi;

iliq munosabat. Odamlar koʻpincha oʻzlariga iliq munosabatda boʻlgan 
norasmiy guruhlarga qoʻshilib ketadilar.

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish