Menejmentda axborot va kommunikatsiya ahamiyati



Download 0,69 Mb.
bet58/66
Sana26.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#707347
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66
Bog'liq
MENEJMENT MUSTAQIL

Texnologik omillarnikorxona rahbariyati o`z diqqat-e`tiboridan chetda qoldirmasligi zarur. Bunday tahlil: ishlab chiqarish texnologiyasining holati, uning o`zgarish sur`atini, zamon talabiga javob bera olishini; yangi tovar va xizmatlarni loyihalashtirish, axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va ularni uzatishda, aloqada zamonaviy hisoblash texnikalarining qo`llanilayotganligini aniqlashga va rejalashtirishga imkon beradi.
Raqobat omillarinitahlil qilishda raqobatdosh korxonalarning hatti-harakatlarini kuzatishga, ularni nazorat qilish imkonini beradi.
Ijtimoiy omillaro`z tarkibiga o`zgarib turuvchi ijtimoiy qadriyatlar, udumlar, munosabatlar va fe`l-atvorlarni qamrab oladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida ayni ijtimoiy sohada korxona faoliyatiga salbiy ta`sir qiluvchi xavflar tug’iladi. Ularni bartaraf etish uchun samarali tahlil zarur.
Xalqaro omillartashqi savdo monopoliyasiga barham berilgan sharoitda korxona uchun o`ta ahamiyatlidir. Bu erda xavf va imkoniyatlar xom ashyoni osongina olish, valyuta kursining o`zgarishi hamda investitsion ob’yektlar yoki bozorlar rolida qatnashayotgan mamlakatlarning siyosiy qarorlari natijasida paydo bo`lishi mumkin.
Tashqi muhit omillarini hisobga olish: chet eldagi raqobatdoshlarga qarshi hukumat himoyasini aniqlash; ichki bozorni mustahkamlash; xalqaro munosabatlarni faollashtirish va kengaytirish imkonini beradi. Menejer tashqi muhit ta`sirini doimo hisobga olishi, o`z korxonasi faoliyatiga oid har qanday qarorni katta hajmdagi axborotni o`rganish, tahlil qilish asosida qabul qilishi kerak.
Tashkilot ichki kuchli va kuchsiz tomonlarini baholash.Tashqi muhitni tahlil qilish o`z vaqtida xavf va imkoniyatlarni aniqlash imkonini beradi hamda kutilmagan holatlarda rejalar tuzishni talab etadi. Tashkilotning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilish, korxonaning imkoniyatlaridan foydalanishda qanday ichki kuchga ega ekanligini va xavflarni bartaraf eta olmaydigan kuchsiz tomonlarini aniqlash uchun zarur ichki muammolarni aniqlashning asosiy uslublaridan biri boshqaruv tadqiqotlari hisoblanadi.
Boshqaruv tadqiqotibu tashkilotning funktsional zonalarini uslubiy baholash bo`lib, tashkilotning strategik kuchli va kuchsiz tomonlarini yuzaga chiqarishga mo`ljallangan.
Ushbu tadqiqotga 5 ta funktsiya kiritiladi: marketing, moliya, ishlab chiqarish, inson resurslari, firma madaniyati va siymosi.
Marketing korxonaningbozor holatini asosli o`rganish va oldindan baholash asosida tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish orqali foyda olishga qaratilgan faoliyatidir.
Marketing funktsiyalarini tekshirish jarayonida uning yettita unsurini tahlil qilish tavsiya qilinadi:1) Korxonaning bozordagi salmog’i va raqobatbardoshligi. 2) Buyumlarning assortimenti va sifati. 3) Bozor sharoitidagi demografik holat. 4) Bozorni tadqiq qilish va ishlanmalar holati. 5) Mijozlarga ko`rsatiladigan xizmatning sotishdan oldin va sotishdan keyingi darajasi. 6) Tovarlar harakati, reklama va sotish samaradorligi. 7) Korxona foydasi.
Strategik rejalashtirishning marketing sohasidagi parametrlari ko`p jihatdan qayd qilingan unsurlarning kuchli va kuchsiz tomonlarini to`g’ri aniqlanishiga bog’liq. Korxonaning moliyaviy holatinitahlil qilish, undagi kuchli va kuchsiz tomonlarni aniqlash strategik rejalashtirish samaradorligini yanada oshirishi mumkin. Ishlab chiqarishning kuchli va kuchsiz tomonlarinitahlil qilish korxonaning bozor sharoitiga tezroq moslashishiga, raqobat kurashlariga doimo tayyor bo`lishiga zamin tayyorlaydi. Inson resurslarigaoid muammolarni tahlil qilish nafaqat strategik rejalashtirish jarayoni uchun, balki bozor iqtisodiyoti sharoitida inson omili o`ynaydigan muhim rolni aniqlash uchun ham zarurdir. Agar tashkilot malakali xodimlar va aniq maqsad sari intiladigan rahbarlarga ega bo`lsa, unda tashkilot har qanday muqobil strategiyalar sari borishga qodir bo`ladi.
Firma holatining noan`anaviy omillari firmaning uzoq muddatli istiqbolda muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatishi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu omillarga madaniyat va korxona nufuzi kiradi. Tashkilotdagi ijtimoiy muhit korporatsiya madaniyati deyiladi. Madaniyat tashkilotdagi urf-odatlarni, munosabatlarni va axloqni xarakterlaydi. Firma imidji bu firma tomonidan xodimlar, mijozlar va jamoatchilik fikri orqali yaratiladigan taassurotlari.
Tashkilot oldida 4 ta asosiy strategik muqobillar mavjud:

  1. Cheklangan o`sish.Bu strategiyani, asosan barqaror texnologiyaga ega bo`lgan korxona rahbari tanlaydi. Bunda rivojlanish maqsadi «erishilgan daraja»ga asoslanib o`rnatiladi va sharoitga qarab unga tuzatishlar kiritiladi, masalan inflyatsiyani hisobga olgan holda maqsadlarni belgilash. Agar rahbariyat korxonadagi mavjud holatdan qoniqadigan bo`lsa, u holda istiqbolda ham shunday strategiyani tanlagan bo`ladi. Bu eng oddiy va xatari kam bo`lgan yo`ldir.

  2. O`sish. Bu tanlovga eng ko`p tushadigan muqobildir. Uni texnologiyani tez-tez o`zgartirib turadigan va korxonani rivojlantirishda erishilgan daraja ko`lamida to`xtab qolishni emas, balki undan ham yuqori darajaga erishishni mo`ljallaydigan rahbarlar tanlaydi. Agar korxona barqaror rivojlanish shvroitida ishlamayotgan bo`lsa, bankrotlikka uchrashi hech gap emas. O`sish ichki va tashqi bo`lishi mumkin. Ichki o`sish – bu assortimentning kengayishi. Tashqi o`sish – masalan, biron bir firmani xarid qilib, uni birlashtirib olish.

  3. Qisqartirish.Bu juda kamdan kam tanlanadigan muqobildir. Chunki, bunda korxonani kuchaytirish yoki ishlab chiqarish hajmini kamaytirish nazarda tutiladi. Bu strategiyani ko`pincha vosita deb atashadi. Chunki, korxona faqat nochor holga tushgan sharoitdagina bu strategiyani tanlashga majbur bo`ladi. Korxona rahbarlari quyidagi vaziyatlarda bunday strategiyani tanlashga majbur bo`lishadi:iqtisodiy tanazzul davrida;korxona juda og’ir sharoitga tushib, uning ahvoli yomonlashib borayotgan sharoitda;ishlab chiqarishni kamaytirish hisobiga.Bunday hollarda butkul tugatilishi yoki uning ayrim bo`limlarini birlashtirish sodir bo`ladi.

  4. Aralash.Bu katta diversifikatsion firmalarda qo`llaniladigan strategiyadir. Bu strategiya yuqoridagi uchala muqobilni o`zida mujassamlashtiradi. Bir vaqtning o`zida bir turdagi faoliyatni qisqartirish, boshqasini esa kengaytirish yoki ko`paytirish strategiyasi qo’llanilishi mumkin.

Strategik muqobillarni ko`rib chiqqandan keyin, rahbariyat aniq bir strategiyani tanlaydi.
Strategik tanlovga quyidagi omillar ta`sir ko`rsatadi:

  1. Tavakkalchilik (risk). Risk kompaniyaning hayotiy fakti bo`lib hisoblanadi, lekin riskning yuqori darajasi kompaniyani buzib yuborishi mumkin.

  2. O`tgan strategiyalarni bilish. Rahbariyat ko`p hollarda anglagan yoki anglamagan holda firma tanlagan strategik muqobillar ta`siri ostida bo`ladi.

  3. Mulk egalariga ta`sirlanish. Ko`p hollarda aktsiya egalari konkret strategik muqobilni tanlash chog’ida rahbariyat moslashuvchanligini cheklab qo`yishadi.

  4. Vaqt omili. Vaqt omili qaror qabul qilish chog’ida tashkilot muvaffaqiyatiga yoki muvaffaqiyatsizligiga xizmat ko`rsatishi mumkin. Hatto yaxshi g’oyani muvaffaqiyatsiz paytda amalga oshirish tashkilot barbod bo`lishiga olib keladi.




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish