Menejmentda axborot va kommunikatsiya ahamiyati



Download 0,69 Mb.
bet61/66
Sana26.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#707347
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
MENEJMENT MUSTAQIL

5.4.Boshqaruv samaradorligi.


Korxonada boshqaruvning samaradorligiboshqaruv faoliyatining natijalari va bunda amalga oshirilgan xarajatlar (moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslardan foydalanish)ning o‘zaro munosabati va o‘zaro hamkorligini aks etuvchi murakkab kategoriyadir. Tashkilotning boshqaruv tizimini samarali faoliyat yuritish uning har bir elementi (tashkiliy tuzilma, xodimlar, boshqaruv usullari va jarayonlari, hujjatlar aylanishi va h.k.) uning oldiga qo‘yilgan o‘ziga xos talablarga javob berishini ko‘zda tutadi.
Menejment samaradorligi tushunchasi.
Samara – bu natija, oqibat, meva. Masalan, ijodiy mehnat samarasi. “Samaradorlik – bu kutilganicha yoki undan ham ortiq samara. Samarali, sermahsul. Masalan, samarali mehnat”.
Iqtisodiyotda “samara” – bu yaratilgan: yalpi ichki mahsulot (YaIM); yalpi ichki daromad (YaMD); yalpi sof mahsulot (YaSM); yalpi sof daromad (YaSD) kabilarda o`z aksini topadi.
Ammo birgina samaraning o`zi kishi faoliyatini to`liq ifodalay olmaydi. Eng muhimi shu samaraga qanday xarajatlar orqali erishilganini aniqlashdir. Zero, bir xil xarajat qilib turli samara olinishi mumkin bo`lganidek, bir xil samaraga turli xil mehnat sarfi tufayli erishish ham mumkin. Ijtimoiy ishlab chiqarishning maqsadi ham oz mehnat, moddiy va pul mablag’lari sarflab ko`proq samaraga erishishdir. Bu degan so`z erishilgan samarani (S) sarflangan xarajatga (X) bo`lish kerak. bunday taqqoslash samaradorlik (SD) nisbiy ko`rsatkichini beradi.

X – bu absolyut miqdorlar bo`lib, ular ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish jarayonida sarflangan:

  • yalpi mehnat (YaM);

  • yalpi xom ashyo (YaX);

  • yalpi fondlar (YaF);

  • yalpi investitsiya (YaI)lardir.

Samaradorlik – bu xarajat va natijaviy ko`rsatkich orasidagi bog’lanish, ya`ni ishlab chiqarish korxonasining foydaliligidir. SHu bilan birga korxona faoliyatining natijalari jamiyat a`zolarining ehtiyojlarini ham qondirishi kerak.
Boshqarish samaradorligi tushunchasi ko`pincha tashkilotning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi tushunchasi bilan mos keladi. Boshqaruv samaradorligi – bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda boshqarishning rolini oshirishdan iboratdir.
Boshqaruv jarayonining samaradorligi boshqaruvning absolyut barcha tomonlarini qamrab oladi va iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, marketing, texnologik va boshqa munosabatlarning xarakterli xususiyatlarini aks ettiradi. Boshqaruv samaradorligining bunday ko`p qirraliligi uni ifodalashda tushunchalarning turli-tumanligini taqozo etadi. Ulardan boshqaruv tizimining asosiga kiruvchi muhimlari quyidagilar:

  1. Boshqaruv ishchilari mehnatining samaradorligi;

  2. Boshqaruv apparati yoki uning alohida organlari va bo`linmalari boshqaruv faoliyatining samaradorligi;

  3. Boshqaruv jarayonining samaradorligi (aniq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda);

  4. Boshqaruv tizimining samaradorligi (boshqaruv ierarxiyasi, shuningdek ishlab chiqarishni boshqarishda ishlovchilar qatnashishini hisobga olib);

  5. Boshqaruv mexanizmining samaradorligi (uslublari, tizimlari va shakllari).

Boshqaruv jarayonida uning maqsadlari, funktsiyalari va uslublari amalga oshiriladi. Shuning uchun boshqaruv samaradorligida qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy-iqtisodiy tizimini hisobga olish kerak.
Tarkibiga ko`ra boshqaruv samaradorligi iqtisodiy hamda ijtimoiyga bo`linadi. Bu bo`linish maqsadlarning farqlanishi bilan tushuntiriladi. Menejment natijalarini aniqlash mumkin bo`lgan yuqori rahbariyat komandasi samarali ishining bir nechta qoidalari mavjud:

  1. Ma`lum bo`limga javobgar bo`lgan har bir kishi unda o`zining hal qiluvchi ovoziga ega bo`ladi. Xar bir komanda a`zosi butun komanda nomidan gapiradi. Bo`ysunuvchilar rahbariyatning bir a`zosi qarori ustidan boshqa komanda a`zosiga e`tiroz bildira olmaydilar.

  2. Hech kim o`zi bosh javobgar bo`lmagan ishlarda qaror qabul qilmaydi. Bunday masala tug’ilganda uni hal qilishga javobgar shaxsga taqdim etadilar.

  3. Komanda a`zolari o`z hamkasblari haqida tashqarida gapirmasliklari kerak.

  4. Komanda sardori xo`jayin, boshliq bo`lmasdan lider bo`lishi zarur. Inqiroz paytida u javobgarlikni o`z bo`yniga oladi.

  5. Ba`zi qarorlar sinchiklab muhokama qilinadi.

  6. Komandaning barcha a`zolari bir-birlarini o`zlariga tegishli soha qarorlari bilan doimo va chuqur tanishtirib boradilar.

Bozor sharoitida amalda deyarli barcha tashkilotlar tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadi, bu esa samaradorlikning turli tashkil etuvchilarini aniqlab beradi. Buning uchun korxona samaradorligining asosiy omillarini darajasi bo`yicha keltirish mumkin:
11-jadval
Samaradorlik omillarining ahamiyatliligi darajasi.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish