Menejmentda axborot va kommunikatsiya ahamiyati



Download 0,69 Mb.
bet1/66
Sana26.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#707347
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
MENEJMENT MUSTAQIL


MENEJMENTDA AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA AHAMIYATI.
Reja:
4.1. Boshqaruv jarayoni va funksiyalari.
4.2.Menejmentda axborot va kommunikatsiya.
4.3.Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va takomillashtirish yo’llari.


4.1. Boshqaruv jarayoni va vazifalari- funksiyalari.


Boshqarish jarayoni-bu tashkilot resurslarini u tomonidan o‘z maqsadlariga erishish uchun shakllantirish va foydalanish bo‘yicha uzluksiz, izchil bajariladigan, o‘zaro boglangan harakatlari majmuasidir. Bu harakatlarni boshqaruv vazifalari deb ataydilar. Shunday qilib, boshqaruv jarayoni barcha vazifalarning umumiy yigindisi hisoblanadi.
Boshqaruv vazifalari-yoki funksiyalari - boshqaruv faoliyatining nisbatan mustaqil, ixtisoslashtirilgan va ajratilgan turlaridir. Bunday hisoblanishning boshqaruv vazifasi aniq aks ettirilgan mazmunga, uni amalga oshirishning ishlab chiqilgan mexanizmiga va doirasida uning tashkiliy ajralishi yakunlanadigan ma’lum tuzilmaga ega bolishi kerak. Mazmun ostida aniq vazifa doirasida amalga oshirilishi kerak bolgan harakat tushuniladi. Boshqaruv jarayonida amalga oshiriladigan harakatlar va vazifalarning mazmuni tashkilotning turi (ma’muriy, ijtimoiy, ta’lim va h.k.), uning faoliyati ko‘lami va sohalari (ishlab chiqarish, savdo, xizmatlar ko‘rsatish), boshqaruv ierarxiyasidagi darajasi (boshqaruvning yuqori, o‘rtacha yoki quyi darajasi), tashkilot ichidagi roli (ishlab chiqarish, marketing, moliya, xodimlar) va bir qator boshqa omillarga bog‘liq.
«Funksiya» – bu lotincha so`z bo`lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma`nolarni bildiradi.1
«Vazifa» – bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo`lgan masala, erishilishi lozim bo`lgan, ko`zda tutilgan maqsad. Yoki biror-bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal2 demakdir.
«Funksiya» tushunchasi «vazifa» tushunchasiga nisbatan torroq ma`noga ega. Zero, funksiya faqat o`z faoliyat doirasidagi vazifalarni o`z ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish korxona hisobchisining yoki muhandisining vazifasiga kirmaydi, chunki u bevosita marketolog faoliyati doirasidagi yumushdir. «Vazifa» esa o`z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo`lishi mumkin.
Boshqarish funktsiyasi deganda u yoki bu ob’yektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi. Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi. Funktsiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o`rganish boshqaruv jarayonini to`g’ri tashkil qilishning muhim shartidir. Funktsiyalar faoliyat turlarini, sub’yektning boshqarish ob’yektiga aniq ta`sir qilish yo`nalishlarini aks ettiradi.
G’arb menejmentining bugungi zamonaviy boshqarish funktsiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funktsiyalariga ustuvorlik beriladi: rejalashtirish; tashkil qilish; tartibga solish va muvofiqlashtirish; nazorat; motivatsiya.
Boshqaruvning tashkilotdagi vazifalari turli-tumanligiga qaramasdan faoliyatning bir xildagi turlari mavjud bo‘ladi. 1916 yilda ushbu konsepsiyani birinchi bo‘lib ishlab chiqqan A.Fayolning yozishicha, beshta dastlabki vazifalar mavjud bo‘ladi: boshqaruvni oldindan aytib berish va rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni bildiradi. Gap u yoki bu tashkilotning xususiyatlari (o‘lchami, belgilanishi, mulkchilik shakllari va h.k.) dan qat’iy nazar boshqaruvning har qanday jarayoni tarkibiy qismlari bo‘lgan vazifalar haqida ketmoqda, shuning uchun ularni umumiy deb ataydilar.
boshqaruvning beshta umumiy vazifalarini ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

  • rejalashtirish - maqsadlar va ularga erishish bo‘yicha harakatlar rejasini tanlash;

  • tashkil qilish - vazifalarni bo‘linmalar yoki xodimlar o‘rtasida taqsimlash va ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish;

  • motivatsiya - ijrochilarni rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishishga rag‘batlantirish;

  • muvofiqlashtirish - ratsional aloqalarni o‘rnatish yo‘li bilan boshqarilayotgan tizimning har xil qismlari o‘rtasida moslik va muvofiqlikni ta’minlaydi;

  • nazorat - haqiqiy erishish mumkin bo‘lgan yoki erishilgan natijalarni rejalashtirilganlar bilan taqqoslash.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish