4.3.Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va
takomillashtirish yo’llari.
Qaror– bu bajarilishi lozim bo`lgan ishning aniq bir yo`lini tanlab olishdir.
Qaror – bu muqobil tanlov. Bunday qarorlarni har birimiz bir kunda o`nlab-yuzlab, bir umr davomida esa minglab qabul qilamiz. Masalan, kiyim javonidagi qaysi bir kiyimni tanlab kiyish, taomnomadan qaysi ovqatni, manzilga yetib olishda qaysi transport turini, qanday kasbni tanlash va h.k.z. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin.
Biroq, boshqaruvda qaror qabul qilish shaxsiy hayotdagiga nisbatan tizimlashtirilgan jarayondir. Shaxs tomonidan qilingan xususiy tanlov eng avvalo o`zining shaxsiy hayotiga va birmuncha u bilan bog’liq bo`lgan odamlarga ta`sir ko`rsatadi. Menejer ta`sir yo`nalishini faqat o`zi uchun emas, balki tashkilot va boshqa ishchilar uchun ham tanlaydi.
Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud holatning bo`lishi lozim bo`lgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Masalan, davlat tomonidan qat’iy belgilab qo`yilgan narx bozor iqtisodiyoti sharoitida o`z funktsiyasini bajara olmaydi. Shu sababli narxlarni erkinlashtirish to`g’risida qaror qabul qilinadi.
Qaror qabul qilish imkoniyatining muqobil yo`llari bo`lganda vujudga keladi va rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali variantini topish uchun rahbar «yetti o`lchab bir kes» maqoliga rioya qilishi kerak. Puxta o’ylab ish olib bormaslik qimmatga tushishini mumkin.
Muhim tashkiliy qaror qabul qilish javobgarligi – og’ir ma`naviy yuk. U ayniqsa, yuqori boshqaruv pog’onalarida namoyon bo`ladi. Shuning uchun rahbar o`ylamasdan qaror chiqarishi mumkin emas. Rahbar ishchini ishdan haydash to`g’risida qaror qabul qilsa bundan ishchi jabr ko`radi, agar yaxshi ishchini haydash to`g’risida qaror qabul qilsa tashkilot zarar ko`radi.
Qaror qabul qilish boshqaruvchi har kunlik ishining bir qismi. Bu sohada omilkorlik menejerni boshqalardan ajratib turadi, eng muhimi samarali ishlaydigan menejerni samarasiz ishlaydigandan farq qiladi.
Qaror qabul qilish sohasida menejer rahbarning to`rt rolini bajaradi – tadbirkorlik, ishdagi kamchiliklarni tuzatuvchi mutaxassis, resurslarni taqsimlovchi va kelishuvga erishish bo`yicha mutaxassis.
Qabul qilingan qaror reja, topshiriq, buyruq, farmon va farmoyishlar orqali yuridik kuchga kiritiladi va amalga oshiriladi. Shu nuqtai-nazardan qarorni boshqaruv binosining poydevori deyish mumkin.
Qaror qabul qilish – bu tashkilot rahbarining tashkilot oldidagi maqsadga erishish uchun o`z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayonidir.
Qabul qilingan qarorning oqilligi bir necha omillarga bog’liq: qaror qabul qilish jarayonida axborotning to`laligi va sifati; qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati; qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona yechimi.
Qayd qilinganlarni umumlashtirib aytganda, boshqaruv qarorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak (15.1-jadval).
Ma`lumki, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud, amaldagi holatning muammoning hal etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi.
7-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |