26-chizma. Strategik rejalashtirish jarayoni. Korxonaning maqsadi va vazifalarini tanlash strategik rejalashtirish jarayonining eng dastlabki va mas`uliyatli boqichlaridan hisoblanadi. Bu jarayon rejalashtirishning keyingi barcha bosqichlari uchun mo`ljal vazifasini o`taydi.
Strategik rejalashtirishda asosiy e`tibor berilishi lozim bo`lgan jihatlardan biri bu tashkilot missiyasini tanlash. Missiya – bu hozirgi vaqtda va kelajakdagi iste`molchilarning manfaatini birinchi o`ringa qo`yadigan tashkilotning asosiy va umumiy maqsadidir. Bu ushbu firmaning nima uchun bunyod etilganini va iste`molchilar manfaatlari nuqtai-nazaridan nima uchun zarurligini bildiradi.
Missiya firma tuzilmasini aniqlaydi va quyidagilarni o`z ichiga oladi:
Firma qanday tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmoqda.
Firmaning tashqi muhitdagi o`rni.
Tashkilot madaniyati.
Ayrim dunyoga mashhur kompaniyalarning missiyalari.
IBM korporatsiyasi o`z missiyasini jamiyatning axborotga bo`lgan talabini qondirish deb biladi.
«Ford» kompaniyasi uchun unga asos solgan Genri Fordning ko`pchilikka e`lon qilib aytgan: «Odamlarga arzon transport taqdim etish» gapi missiya bo`lib hisoblanadi.
«Rev’en»(kosmetika) kompaniyasining missiyasi «Biz orzu-niyat sotamiz».
Deyarli barcha o`ta yirik yapon firmalari uchun missiya: «Xaridorlarni juda yuqori sifatli tovarlar bilan ta`minlash».
Rahbariyat korxona missiyasini atrof-muhitdan axtarib, quyidagi ikki savolga javob topadi:1) «Bizning mijozlarimiz kim»? 2) «Mijozlarimizning qanday ehtiyojlarini biz qondirishimiz mumkin»?
Notijorat tashkilotlarning mijozlari bu uning xizmatidan foydalanuvchi va uni resurslar bilan ta`minlovchilar bo`lib hisoblanadi.
Firma uchun umumiy bo`lgan maqsadlar korxona umumiy missiyasidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Korxona mablag’ faoliyatining bosh maqsadi – kam mablag’ sarflab iste`molchilarga yuqori sifatli mahsulot yetkazib berish, topshiriq va shartnomalarni bajarishdir. Strategik rejalashtirish sifati ham ana shu bosh maqsadning qanchalik to`g’ri tanlanganligi va qabul qilinganligiga bog’liq. Shu sohadagi tadqiqotlar maqsadning quyidagi mezonlariga mos kelishi lozimligini ko`rsatadi: maqsadlar aniq va o`lchovga ega bo`lishi; davr (muddat)ning aniq bo`lishi; amalga oshirish mumkinligi; muvofiqlashtirilishini ta`minlash mumkinligi; ustivorlikka ega bo`lishi.