Kommunikatsiya tarmoqlaridan qaysi biri hukmronlikning eng katta markazlashuvi bilan ta’riflanadi?
Korxona faoliyatining biznes-rejasi o‘z ichiga qanday bo‘limlarni olishi kerak?
Boshqaruvda “axborot” va “kommunikatsiya”ning farqi nimadan iborat?
Qaror nima? Boshqaruv qarorlari qanday talablarga javob berishi kerak?
Boshqaruv qarorlari qanday unsurlarni o`z ichiga oladi?
Boshqaruv qarorlari tasnifini keltiring va ularning har biriga qisqacha izoh bering.
Yakkaboshchilik asosida qaror qabul qilish mumkinmi?
Qaror qabul qilishda «Ringi» usulining mohiyati nimada?
Tashkiliy qaror deganda nima tushuniladi?
Dasturlashtirilgan va dasturlashtirilmagan qarorlar bir-biridan qanday farqlanadi?
Intuitiv hamda fikr-mulohazaga asoslangan qarorlarni qanday farqlash mumkin?
Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga qanday omillar ta`sir ko`rsatadi?
Model nima va ularning qanday asosiy ko`rinishlari mavjud?
5-MAVZU. TASHKILOTLAR VA ULARNI BOSHQARISH. Reja: 5.1. Tashkilot va uning muhiti.
5.2. Menejmentning tashkiliy tuzilishi.
5.3. Strategik boshqaruv.
5.4. Boshqaruv samaradorligi.
5.1.Tashkilot va uning muhiti. Biz menejmentni o`rganishni uning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan tashkilot tushunchasini o`rganishdan boshlaymiz. Tashkilot degani nima va nima uchun tashkilotni boshqarish kerak?
Tashkilot – bu umumiy maqsadga ega bo`lgan odamlar guruhi. Tashkilot deb hisoblanishi uchun guruh quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Guruhda hech bo`lmaganda o`zini guruh a`zosi deb hisoblaydigan kamida ikki kishining mavjudligi.
Guruhning hamma a`zolari uchun umumiy hisoblangan hech bo`lmaganda bir maqsadning (ko`zda tutilgan natija) mavjudligi.
Hamma uchun ahamiyatga ega bo`lgan maqsadga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a`zolarining borligi.
Bu fikrlarni birlashtirib, biz quyidagi muhim ta`rifga ega bo`lamiz:
Tashkilot – bu umumiy maqsad yoki maqsadlarga erishish uchun faoliyatini ongli ravishda muvofiqlashtiradigan odamlar guruhi.
Yuqoridagi ta`rif rasmiy tashkilotlar uchun to`g’ridir. Rasmiy tashkilotlardan tashqari norasmiy tashkilotlar ham mavjuddir. Ular o`z-o`zidan paydo bo`ladi. Norasmiy tashkilotlarhamma rasmiy tashkilotlar ichida bo`ladi va ularning rahbari bo`lmasa ham, katta ahamiyatga ega. Norasmiy tashkilotlar haqida keyingi mavzularda batafsilroq to`xtalib o`tamiz. Tashkilot deganda esa, faqat rasmiy tashkilot nazarda tutiladi.
Har qanday tashkilot guruhning barcha a`zolarini qiziqtiradigan hech bo`lmaganda bitta umumiy maqsadga ega bo`ladi. Murakkab tashkilotlar o`zaro uzviy bog’liq va bir-birini qo`llab-quvvatlovchi bir qancha maqsadga ega. Hamma murakkab tashkilotlar umumiy xususiyatlarga egadir. Bu xususiyatlar muvaffaqiyatga erishish uchun tashkilotni boshqarish zarurligini tushunishga yordam beradi
9- jadval