Qaror qabul qilish uslublari.
Qaror qabul qilishning har qanday uslubini modellashtirishning bir ko`rinishi sifatida ko`rib chiqish mumkin. Modellashtirishda qo`shimcha bir qancha uslublar mavjudki, bu uslublar rahbarga bir qancha mavjud muqobillardan maqsadlarga erishishni ta`minlaydigan qarorni qabul qilishga ko`maklashadi. Qaror qabul qilishning asosan ikki uslubi ahamiyatga ega:
To`lov matritsasi.
Qarorlar shajarasi.
To`lov matritsasi – bu rahbarga bir necha variantlardan birtasini tanlashga yordam beradigan statistik qarorlar nazariyasi uslublaridan biri hisoblanadi. To`lov bunda mukofot yoki foyda sifatida ko`riladi, ya`ni biron bir aniq sharoitda aniq strategiyadan olinadigan foyda.
Agar to`lovni jadval ko`rinishida aks ettirilsa, to`lov matritsasiga ega bo`lamiz.
|
Ob-havo sharoiti
|
Tuman (0,1)
|
Ochiqhavo (0,9)
|
1.Strategiya: samolyot
|
|
+ 2000
|
+ 4500
|
2. Strategiya: poyezd
|
|
+ 3000
|
+ 3000
|
Umuman to`lov matritsasi quyidagi hollarda foydali:
Muqobillar yoki strategiya variantlarining ma`lum miqdordagi chegarasi mavjud bo`lsa;
Nima sodir bo`lishi mumkinligi to`la aniq bo`lmasa;
Qabul qilinadigan qarorlar natijasi qanday muqobillikni tanlanganligidan va qaysi sharoit haqiqatda amalga oshganligidan bog’liq bo`lsa.
Hamma qaror qabul qilish holatlarida rahbar hodisaning ehtimolligini baholashiga to`g’ri keladi. Ehtimollik 1 dan (hodisa aniq sodir bo`ladi), 0 gacha (hodisa aniq sodir bo`lmaydi) aniqlanadi. Ehtimollik tendentsiyasini tanlash o`tmishdagi tendentsiyalarga yoki rahbarning bunday vaziyatlardagi shaxsiy tajribalaridan kelib chiqqan sub’yektiv baholanishiga asoslanishi mumkin.
Ehtimollik kutiladigan miqdorni aniqlashga to`g’ridan-to`g’ri, ya`ni to`lov matritsasining markaziy kontseptsiyasiga ta`sir ko`rsatadi. Muqobil yoki strategiya variantining kutiladigan miqdori - bu yuzaga chiqishi mumkin bo`lgan miqdorlarning ehtimollikka bo`lgan ko`paytmasi. Masalan, agar siz muzqaymoq sotish do`koniga mablag’larni joylashtirish 0,5 ehtimollik bilan 5000 dollar, 0,2 ehtimollik bilan 10000 dollar va 0,3 ehtimollik bilan 3000 dollar yillik daromadni keltiradi, deb o`ylasangiz, unda kutiladigan miqdor quyidagicha bo`ladi:
5000*(0,5)+10000*(0,2)+3000*(0,3)=5400 dollar
Har bir al’ternativaning kutiladigan miqdorni aniqlab, natijalarni matritsa ko`rinishida joylashtirgandan so`ng rahbar qiyinchiliksiz qaysi tanlov berilgan mezonlarda yaxshiroq ekanligini aniqlashi mumkin. Bu tanlov yuqoriroq bo`lgan kutiladigan miqdorga to`g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |