Relevant axborot – ma`lum muammoga, insonga yoki maqsadga erishishga taalluqli bo`lgan ma`lumot.
Qaror qabul qilishning mezonlari va cheklanmalarini aniqlash. Muammoni diagnostika qilish paytida uni yechish maqsadida u bilan aynan nima qilib bo`lishini bilish kerak. Yirik tashkilot uchun cheklanmalar kichik tashkilotdagi cheklanmalarga nisbatan kamroq. Rahbar standartlarni aniqlab olib, u bo`yicha esa tanlov muqobil variantlarini baholashi kerak bo`ladi. Bu standartlarni qaror qabul qilishning mezonlari deb ataladi.
Muqobilliklarni aniqlash.Muammo sababini bartaraf etadigan barcha mumkin bo`lgan harakatlarni mumkin qadar yuzaga chiqarish kerak.
Muqobilliklarni baholash.Faqatgina barcha g’oyalar ro`yxati tuzilganidan keyin har bir muqobillikni baholashga o`tish kerak.
Muqobillikni tanlash.Rahbar ancha ijobiy oqibatlarga olib keladigan muqobillikni tanlaydi.
Muammolarni yechish jarayoni muqobilliklarni tanlash bilan tugallanmaydi (11-chizma).
11-chizma. Qarorni amalga oshirish va baholash. Muammoni yechish uchun yoki mavjud imkoniyatdan foyda olish uchun qaror amalga oshirilishi kerak. Agar qaror taalluqli bo`lgan shaxs tomonidan tan olinsa, qarorni amalga oshirish samaradorligi darajasi ko`tariladi. Teskari aloqa bosqichida qaror oqibatlarini o`lchash va baholash yoki olingan natijalarni rahbar kutgan natijalar bilan solishtirish lozim. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga ta`sir etuvchi omillarni hisobga olish kerak.
Rahbarning shaxsiy baholashlari.Har qanday odam o`z qadriyatlar tizimiga ega va bu tizim uning harakatlarini aniqlab beradi hamda qabul qilinayotgan qarorga ta`sir ko`rsatadi (muhimlik, sifat va h.k.z).
Qaror qabul qilish muhiti.Qaror qabul qilish paytida tavakkalchilik hisobga olinadi. Al’ternativalarni baholash chog’ida rahbar mumkin bo`lgan natijalarni turli sharoitlarda bashoratlashi lozim. Bunday sharoitlar quyidagilar: aniqlik, risk (tavakkalchilik) va noaniqlik.
Vaqt va o`zgaruvchan muhit.Vaqt o`tishi bilan vaziyatlar ham o`zgarib turadi, demak, axborot va kamchiliklar aniq ekan, qarorni hayotga amal qilib qabul qilish lozim.
Axborotlarning cheklanganligi.Oqilona qaror qabul qilish uchun aniq axborot kerak. Ba`zan yaxshi va aniq axborot juda qimmat bo`ladi yoki uni olib bo`lmaydi. Shuning uchun rahbar qo`shimcha axborotdan foyda kelish-kelmasligini hal qilishi kerak, ya`ni bu qaror qanchalik muhim, u tashkilotning ahamiyatli resurslar hissasi bilan yoki ahamiyatsiz pul summasi bilan bog’liqmi.
Agar axborotni ma`qul bo`lgan bahoda olish qiyin bo`lsa va bunday imkoniyat tez orada paydo bo`lsa, unda qaror qabul qilishni keyinga qoldirish kerak bo`ladi.
Hatti-harakatlarning cheklanganligi.Shaxslararo va tashkilot ichidagi kommunikatsiyalarni qiyinlashtiradigan ko`pgina omillar qaror qabul qilishga ta`sir ko`rsatadi. Masalan, rahbarlar ko`p hollarda muammolarning mavjudligini hamda jiddiyligini, cheklanmalarni va al’ternativalarni turlicha qabul qilishadi. Bu narsa qaror qabul qilish jarayonida kelishmovchilikka vа nizolarga olib keladi. Rahbarning xodim bilan bo`ladigan axborot almashinuvi usulidan xodimlarning hatti-harakati bog’liq bo`ladi.
Salbiy oqibatlar.Qaror qabul qilish – bu kompromislarni yuzaga keltirish san`atidir. Bir tomondan muvaffaqiyatga erishilsa, boshqa tomondan zararni olib keladi. Masalan, mahsulot sifatini oshirish xarajatlarning oshishiga olib keladi, avtomatizatsiya xarajatlarni pasaytiradi, lekin ishchilar sonini qisqartiradi va h.k.z. Shunga o`xshash salbiy oqibatlarni hisobga olib turish kerak.
Qarorlarning o`zaro bog’liqligi.Tashkilotda barcha qarorlar o`zaro bog’liqdir. Birta muhim qaror unchalik muhim bo`lmagan qarorlarni talab qiladi. Masalan, yangi jihozni sotib olish nafaqat ishlab chiqarish bo`limiga ta`sir etadi, balki yakuniy holda sotish va marketing bo`limlariga ham ta`sir etadi.