"menejment va iqtisodiyot"


V. Ishlab chiqarish  tusidagi boshqa xarajatlar



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

V. Ishlab chiqarish  tusidagi boshqa xarajatlar. 
Ishlab  chiqarish  tusidagi  boshqa  xarajatlarni  hisobga  olishning  navbatdagi 
kompleks  moddalari  I,  II,  III,  IV  -  bandlarda  keltirilgan  xarajatlar  elementlari 
bo’yicha ajratiladi. 
1.  Ishlab chiqarish  jarayoniga  xizmat  ko’rsatish xarajatlari: 
-  ishlab  chiqarishni  xom  ashyo,  material,  yonilg’i,  energiya,  instrument,  moslama 
va boshqa mehnat vositalari  va buyumlari  bilan  ta`minlash  xarajatlari; 


64 
 
-  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarini  ish  holatida  saqlash  xarajatlari  (texnik  ko’rik 
va  qarov,  joriy  va  mukammal  tuzatish  xarajatlari).  Asosiy  ishlab  chiqarish  
vositalarini  barcha  turda  (joriy,  o’rtacha,  mukammal)  tuzatishlarni  xo’jalik 
yurituvchi 
sub`yektning 
o’z  kuchi  bilan  o’tkazish  ishlab  chiqarish 
xarajatlarining  tegishli  elementlari  (moddiy  xarajatlar,  mehnat  haqi  to’lash 
xarajatlari  va boshqalar) bo’yicha mahsulot (ish, xizmat)  tannarxiga  kiritiladi. 
Zarurat  bo’lganda  ayrim  tarmoqlarning  xo’jalik  yurituvchi  sub`yektlari  O’z.R. 
Moliya  vazirligining  ruxsati  bilan  mukammal  tuzatish  ishlarini  o’tkazish  uchun 
mablag’lar  zaxirasini  tashkil  qilishlari  mumkin.  Ushbu  zaxiraga  ajratmalar  “Ishlab 
chiqarish  tusidagi  boshqa  xarajatlar”  elementi  tarkibida  aks  ettiriladi  va  ko’zda 
tutilayotgan  xarajatlar  qiymati  hamda  asosiy  vositalar  har  bir  ob`yektini 
mukammal  tuzatishlar  davriyligidan  kelib  chiqqan holda aniqlanadi.   
Zaxiraga  ajratmalar  me’yori  har  bir  hisobot  yili  oxirida  qayta  ko’rib  chiqiladi 
va  zarur  bo’lganda  yangi  moliya  yili  uchun  ajratmalar  miqdori  ko’paytirilishi  yoki 
kamaytirilishi  mumkin.  Agar  mukammal  tuzatishga  zaxira  mablag’lari  summasi 
ushbu  ob`yektni  tuzatishga  qilingan  haqiqiy  xarajatlar  summasidan  oshib  ketsa, 
oshib  ketgan  summa  bo’yicha  tuzatish  kiritilishi  kerak:  agar  haqiqiy  xarajatlar 
zaxiradagidan  oshib  ketsa,  u  holda oshib ketgan summa “Ishlab chiqarish  tusidagi 
boshqa xarajatlar" elementi  tarkibida  aks ettiriladi. 
-  yong’indan  saqlash  va  qo’riqlashni  hamda  xo’jalik  yurituvchi  sub`yektlarni 
texnikaviy  foydalanish  qoidalari  bian  nazarda  tutilgan  boshqa  maxsus  talablar 
bilan  ta`minlash,  ular  faoliyatini  nazorat qilish  xarajatlari. 
Idoradan  tashqari,  qo’riqlash  xarajatlari  bunday  qo’riqlash  mavjud  bo’lishini 
talab  qiluvchi  mazkur  ishlab  chiqarishga  maxsus  talablar  mavjud  bo’lgan  taqdirda 
mahsulot (ishlar,  xizmatlar)  tannarxiga  kiritilishi  mumkin. 
-  ishlab  chiqarish    faoliyatiga  tegishli  bulgan  asosiy  vositalarni  joriy  ijaraga  olish 
bilan  bog’liq xarajatlar; 
-  tabiatni  muhofaza  kilish  maksadlaridagi  fondlarni  saklash  va  ulardan 
foydalanish  bilan  bog’liq  joriy  xarajatlar,  jumladan,  ifloslantiruvchi  moddalarni 
yo’l  qo’yiladigan  me’yorlar  doirasida  va  undan  ortiqcha  atrof-muhitga 
chiqarganlik  uchun to’lovlar; 
-  ishlab  chiqarish  bilan  bog’liq  bo’lgan  va  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 
mehnatning  normal sharoitlari  va texnika  xavfsizligini  ta`minlash  xarajatlari; 
-  xodimlarning  ishlab  chiqarish  jarayonida  bevosita  qatnashishi  bilan  bog’liq 
bo’lgan sog’liqni muhofaza qilish  tadbirlari; 
-  tekin  ko’rsatiladigan  kommunal  xizmatlar,  oziq-ovqat,  ayrim  tarmoqlar 
xodimlariga  oziq-ovqatlar  qiymati,  xo’jalik  yurituvchi  sub`yekt  xodimlariga 
beriladigan  tekin  uy-joy  haqini  to’lash  xarajatlari  (yoki  uy-joy,  kommunal 
xizmatlar  va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi); 
-  amaldagi 
qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
tekin 
beriladigan 
va 
shaxsiy 
foydalanishda  qoladigan  buyumlar  qiymati  (shu  jumladan,  formali  kiyim-bosh, 
maxsus  ovqatlar,  yoki  ular  pasaytirilgan  narxlar  bo’yicha  sotilishi  munosabati 
bilan  imtiyozlar  summasi); 


65 
 
-  ishlab  chiqarish  jarayoniga  tegishli  bo’lgan  boshqaruvning  texnik  vositalarini, 
aloqa  uzellarini,  signalizatsiya  vositalarini,  boshqaruvning  boshqa  texnik 
vositalarini,  hisoblash  markazlarini  saqlash  va  ularga  xizmat  ko’rsatish 
xarajatlari; 
-  qonun  hujjatlariga  muvofiq  ishlab  chiqarishda  band  bo’lgan  xodimlarni  tibbiy 
ko’rikdan o’tkazganlik  uchun tibbiy muassasalarga  haq to’lash. 
1.  Ishlab  chiqarish  xodimlarini  belgilangan  ishlab  chiqarish  jarayoniga  tegishli 
bo’lgan  xizmat  safarlariga  yuborish  bo’yicha  normalar  doirasida  va  ulardan 
ortiqcha xarajatlar. 
2.  Ishlab  chiqarish  ishchilarini  va  ishlab  chiqarish  aktivlarini  majburiy  sug’urta 
qilish  xarajatlari. 
3.  Brak tufayli  kelib  chiqadigan  yo’qotishlar. 
4.  Ishlab chiqarishning  ichki  sabablariga ko’ra bekor turishlar  tufayli  yo’qotishlar. 
5.  Kafolatli  xizmat  muddati  belgilangan  buyumlarni  kafolatli  tuzatish  va  ularga 
kafolatli  xizmat  ko’rsatish xarajatlari. 
6.  Mahsulot (xizmatlar)ni  majburiy  sertifikatsiya  qilish  xarajatlari. 
7.  Ishlab  chiqarish  jarohatlari  tufayli  mehnat  qobiliyati  yo’qolishi  munosabati 
bilan  tegishli  vakolatli  organlarning  qarorlari  asosida  va  qarorlarisiz 
to’lanadigan  nafaqalar. 
8.  Umumiy  foydalaniladigan  yo’lovchilar  transporti  xizmat  ko’rsatmaydigan 
yunalishlarda  xodimlarni  ish  joyiga  olib  borish  va  olib  kelish  bilan  bog’liq 
xarajatlar. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish