"menejment va iqtisodiyot"


I. Ishlab chiqarish  bilan bog’liq moddiy xarajatlar



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

I. Ishlab chiqarish  bilan bog’liq moddiy xarajatlar. 
1.  Ishlab  chiqariladigan  mahsulot  asosini  tashkil  etib  uning  tarkibiga  kiradigan 
yoki  mahsulot  tayyorlashda  (ishlarni  bajarishda,  xizmatlar  ko’rsatishda)  zarur 
tarkibiy  qism hisoblangan  chetdan sotib olinadigan  xom ashyo va materiallar. 
2.  Normal  texnologiya  jarayonini  ta`minlash  va  mahsulotlarni  o’rash  uchun 
mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  yoki  boshqa  ishlab  chiqarish  ehtiyojlariga 
sarflanadigan  (asbob-uskunalar,  binolar,  inshootlar  va  boshqa  asosiy  vositalar 
sinovini  o’tkazish,  nazorat  qilish,  saqlash,  tuzatish  va  ulardan  foydalanish) 
uchun 
ishlab 
chiqarish 
jarayonida 
foydalanadigan, 
xarid 
qilinadigan 
materiallar,  shuningdek,  asbob-uskunalarni  tuzatish  uchun  ehtiyot  qismlar, 
instrumentlar,  moslamalar,  inventar,  priborlar  laboratoriya  asbob-uskunalari  va 
asosiy fondlarga kirmaydigan  boshqa arzonbaxo ashyolarning eskirishi. 
3.  Sotib  olinadigan,  kelgusida  ushbu  xo’jalik  yurituvchi  sub`yektda  montaj 
qilinadigan  yoki  qo’shimchа  ishlov  beriladigan  butlovchi  buyumlar  va  yarim 
tayyor mahsulotlar. 
4.  Tashqi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar,  shuningdek,  xo’jalik  yurituvchi 
sub`yektning  ichki  tarkibiy  bo’linmalari  tomonidan  bajariladigan  faoliyatning 
asosiy  turiga  tegishli  bo’lmagan,  lekin  ishlab  chiqarish  xususiyatiga  ega 
bo’lgan ishlar  va xizmatlar. 
Ishlab  chiqarish  xarakteriga  ega  bo’lgan  ishlar  va  xizmatlarga  mahsulot 
tayyorlash  bo’yicha  ayrim  operatsiyalarni  bajarish,  xom  ashyo  va  materiallarga 
ishlov  berish,  iste`mol  qilinayotgan  ashyo  ва  materiallar  sifatini  aniqlash  uchun 


61 
 
sinovlar  o’tkazish,  belgilangan  texnologik  jarayonlarga  rioya  etilishi  ustidan 
nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini  tuzatish va boshqalar kiradi. 
Xo’jalik  yurituvchi  sub`yekt  ichida  tashqi  yuridik  shaxslarning  transport 
xizmatlari  (xom  ashyo,  materiallar,  detallar,  instrumentlar,  inventarlar,  yuklarning 
boshqa  turlarini  bazis  (markaziy)  ombordan  tsexga  keltirish  va  tayyor  mahsulotni 
saqlash  uchun  omborga  keltirish)  ham  ishlab  chiqarish  xususiyatiga  egа  bo’lgan 
xizmatlarga  tegishli  bo’ladi. 
5.  Tabiiy  xom  ashyo  (yer  rekul'tivatsiyasiga  ajratmalar,  ixtisoslashtirilgan  yuridik 
shaxslar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  yerni  rekul'tivatsiya  qilish  ishlariga 
haq  to’lash),  ildizi  bilan  beriladigan  daraxtga  haq  to’lash,  sanoat  korxonalari 
tomonidan  suv  xo’jaligi  tizimidan  belgilangan  limitlar  doirasida  va  undan 
ortiqcha  olinadigan  suv  uchun  haq  to’lash.  Sanoatning  xom  ashyo  tarmoqlari 
uchun  –  yog’och-taxtа  materiallardan  yoki  foydali  qazilmalardan  (rudadan) 
foydalanishga  huquqlarning  amortizatsiya  qilinadigan  qiymati  yoki  atrof-
muhitni  tiklash  xarajatlari. 
6.  Texnologik  maqsadlarga,  energiyaning  barcha  turlarini  ishlab  chiqarishga, 
binolarni  isitishga  sarflanadigan  yonilg’ining  chetdan  sotib  olinadigan  barcha 
turlari,  xo’jalik  yurituvchi  sub`yektlarning  transporti  tomonidan  bajariladigan 
ishlab chiqarishga  xizmat  ko’rsatish bo’yicha transport ishlari. 
7.  Xo’jalik  yurituvchi  sub`yektning  texnologik,  transport  va  boshqa  ishlab 
chiqarish  hamda  xo’jalik  ehtiyojlariga  sarflanadigan  barcha  turdagi  xarid 
qilinadigan  energiya.   
8.  Ishlab  chiqarish  sohasida  moddiy  boyliklarning  tabiiy  yo’qolish  normalari 
doirasida va ulardan  ortiqcha yo’qotilishi, yaroqsizlanishi  va kam chiqishi. 
9.  Xo’jalik  yurituvchi  sub`yektning  transporti  va  xodimlari  tomonidan  moddiy 
resurslarni  yetkazish  bilan  bog’liq  xarajatlar  (yuklash  va  tushirish  ishlari  ham 
shu  jumlaga  kiradi)  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  tegishli  elementlariga 
kirishi  kerak  (mehnatga  haq  to’lash  xarajatlari,  asosiy  fondlar  amortizatsiyasi, 
moddiy xarajatlar  va boshqalar). 
10. Xo’jalik  yurituvchi  sub`yektlar  tomonidan  moddiy  resurslarni  yetkazib 
beruvchilardan  olinadigan  idishlar  ham moddiy resurslar qiymatiga  kiritiladi. 
11. Mahsulot 
tannarxiga 
kiritiladigan 
moddiy 
resurslar 
xarajatlaridan 
qaytariladigan  chiqitlar  qiymati,  idish  va  urash-joylash  materiallari  qiymati 
ularning  amalda  sotilishi,  foydalanishi  yoki  omborga  kirim  qilinishi  narxi 
bo’yicha chiqarib tashlanadi. 
12. “Moddiy  xarajatlar”  elementi  bo’yicha  aks  ettiriladigan  moddiy  resurslar 
qiymati  sotib  olish  narxidan,  jumladan,  barter  bitishuvlarida,  qoshimcha  narx 
(ustama)dan,  ta`minot,  tashki  iqtisodiy  tashkilotlar  tomonidan  tulanadigan 
vositachilik  taqdirlashlaridan,  tovar  birjalari  xizmatlari  qiymatidan,  xususan, 
brokerlik  xizmatlaridan,  bojlar  va  yig’imlardan,  transportda  tashishga  haq 
to’lashdan,  tashqi  yuridik  shaxslar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  saqlash  va 
yetkazib  berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanadi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish