"menejment va iqtisodiyot"



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

Davr  xarajatlari  –  korxonalar  faoliyatida  yangi  ko`rsatkich  hisoblanadi.  Bu 
xarajatlar  bevosita  ishlab  chiqarish  jarayoni  bilan  bog’liq  emas.  Bularga  ishlab 
chiqarishni  boshqarish,  tijorat  xarajatlari,  umumxo`jalik  xarajatlari  shu  jumladan 
ilmiy-tekshirish  va  tajriba-konstruktorlik  xarajatlari  kiradi.  Ular  umumxo`jalik 
xarajatlari  bo`lib,  ularning  hajmi  ishlab  chiqarish  mahsulot  hajmi  bilan  bog’liq 
emas, balki  davr, vaqt bilan bog’liq.  
4.2.  Sanoat tarmoqlari korxonalarida mahsulot tannarxini  
tashkil qiluvchi unsurlar. 
 
Mahsulot  tannarxi  korxona  mahsulotini  ishlab  chiqarish  va  sotish  bilan 
bog’liq  bo`lgan,  pul  bilan  ifodalangan  xarajatlarning  yig’indisidir.  Mahsulot 
tannarxining  ma`lum  darajasi  juda  ko`p  ishlab  chiqarish  omillarining  o`zaro  ta`sir 
natijasidir. 
Mahsulot  ishlab  chiqarish  tannarxi  -  mahsulotni  ishlab  chiqarish  bilan 
bevosita  bog’liq  bo’lgan,  ya`ni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog’liq bo’lgan 
xarajatlarning  puldagi  ifodasidir. 
Biron-bir  mahsulot  ishlab  chiqarish    uchun  ma`lum  miqdorda  xom  ashyo  va 
materiallar,  mehnat  va  boshqa  ishlab  chiqarish  xususiyatiga  ega  bo’lgan  yuklama 
xarajatlar  sarflanadi.  Mahsulot  ishlab  chiqarish  bilan  bevosita  bog’liq  bo’lgan 
xarajatlarning  puldagi  ifodasi mahsulot ishlab chiqarish  tannarxi deb ataladi. 
Mahsulot  ishlab  chiqarish  tannarxi  ko’rsatkichi  ishlab  chiqarishni  tashkil 
etishdа va uni rivojlantirishda  muhim  rol o’ynaydi.  


60 
 
Ishlab  chiqarishni  va  mehnatni  tashkil  etish,  texnika  va  materiallardan 
foydalanish,  moddiy  texnika  ta`minotini  takomillashtirish,  mahsulot  sifatini 
yaxshilash  borasidagi  hamma  o’zgarishlar  xarajatlar  darajasida  aks  etadi.  Shu 
sababli  ham  biz  mahsulot  tannarxi  ishlab  chiqarish  samaradorligining  sifat 
ko’rsatkichlari  tizimida  muhim  o’rin  egallaydi,  deya  olamiz.  Binobarin,  shuning 
uchun  ham  mahsulot  ishlab  chiqarish  tannarxini  hosil  qiluvchi  xarajatlarni  ularning 
iqtisodiy mazmuniga  ko’ra guruhlash muhim  ahamiyat  kasb etadi. 
Mahsulot  ishlab  chiqarish  tannarxini  aniqlash  va  uni  hosil  qiluvchi 
xarajatlarni  turkumlash  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999 
yil  5  fevraldagi  54-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ni 
ishlab  chiqarish  va  sotish  xarajatlarining  tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni 
shakllantirish  tartibi  to’grisida”gi  Nizomga  muvofiq amalga  oshiriladi. 
Mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ning  ishlab  chiqarish  tannarxini  hosil  qiluvchi 
xarajatlar  ularning  iqtisodiy  mazmuniga  ko’ra  quyidagi  elementlar  bilan 
guruhlarga  ajratiladi: 
-  ishlab  chiqarishning  moddiy  xarajatlari  (qaytariladigan  chiqitlar  qiymati 
chiqarilib  tashlangan  holda); 
-  ishlab chiqarish xususiyatiga  ega bo’lgan mehnatga  haq to’lash xarajatlari; 
-  ishlab chiqarishga  tegishli  bo’lgan ijtimoiy   sug’urtaga ajratmalar; 
-  asosiy  fondlar  va  ishlab  chiqarish  ahamiyatiga  ega  bo’lgan  nomoddiy  aktivlar 
amortizatsiyasi; 
-  ishlab chiqarish ahamiyatiga  ega bo’lgan boshqa xarajaтлар. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish