"menejment va iqtisodiyot"


Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat: 
1. Xom ashyo va asosiy materiallar  (chiqindilar  kirmaydi); 
2. Yordamchi va boshqa materiallar; 
3. Yoqilg’i; 
4. Energiya; 
5. Asosiy va qo`shimcha ish haqi; 
6. Ijtimoiy  sug’urta ajratmalari; 
7. Asosiy fondlar amortizatsiyasi; 
8. Boshqa pul xarajatlari. 
Bundagi  1-4  –  elementlar  mehnat  predmetlari  uchun, 5 va 6  – elementlar kishi 
mehnati  uchun,  7  –  element  mehnat  vositalari  uchun  sarflangan  pul  xarajatlarini 
ifodalaydi.  8  –  element  esa  ishlab  chiqarishni  normal  amalga  oshirish  uchun  zarur 
pul  xarajatlaridir  (yollangan  transport,  xodimlarni  xizmat  safariga  yuborish, 
pochta,  telegraf,  o`qishga  yuborilganlarga  to`lanadigan  stipendiya  va  boshqa  shu 
kabi xarajatlar). 
Ishlab 
chiqarish 
xarajatlarini 
mazkur 
iqtisodiy  elementlari  bo`yicha 
klassifikatsiya  qilish  tannarxning  tuzilishini  o`rganish  imkonini  beradi.  Birlik 
mahsulot  uchun  xarajat  kal’kulyatsiya  moddalari  bo`yicha  mahsulot  tannarxidagi 
xarajatlar  klassifikatsiyalanadi. 
Ishlab  chiqarish  xarajatlari  ishlab  chiqarish  jarayonida  tutgan  o`rniga  qarab 
asosiy  va  qo`shimcha  xarajatlarga  ajratiladi.  Asosiy  xarajatlar  bevosita  mahsulot 
ishlab  chiqarish  bilan  bog’liq  bo`ladi.  Qo`shimcha  xarajatlar  korxonani  xo`jalik 
jihatdan  boshqarish  bilan  bog’liq  bo`lib  unga  ortiqcha  xarajat  va  nobudgarchiliklar 
ham (jarima,  kamomad, brak, bekor turishlar)  qo`shiladi. 
Mahsulot  hajmi  bilan  bog’liqligiga  qarab  xarajatlar  o`zgaruvchan  va  shartli 
doimiy 
xarajatlarga 
ajratiladi. 
O`zgaruvchan 
xarajatlar 
mahsulot 
hajmi 
o`zgarishiga  qarab  o`zgaradi  (xom  ashyo,  asosiy  va  yordamchi  materiallar, 
energiya,  asosiy ishchilarning  ish haqi va h.k).  
Shartli  doimiy  xarajatlar  mahsulot  hajmi  o`zgarishiga  qarab  o`zgarmaydi 
(boshqaruv  xarajatlari).  Mahsulot  hajmining  ortishi  shu  xarajatlar  hisobiga  uning 
bir donasi tannarxining  pasayishiga  olib keladi. 
Mahsulotlarning  ayrim  turlari  orasida  taqsimlanishiga  qarab  xarajatlar 
bevosita  va  bilvosita  xarajatlarga  ajratiladi.  Bevosita  xarajatlar  ayrim  mahsulotlar 
tannarxiga  to`g’ridan-to`g’ri  qo`shiladi (xom ashyo yoki asosiy materiallar). 


67 
 
Bilvosita  xarajatlar  ayrim  mahsulotlar  turlari  bo`yicha  shartli  ravishda 
qandaydir  to`g’ri  xarajat  (masalan,  ish  haqi)ga  nisbatan  proportsional  ravishda 
taqsimlanadi.  Xarajatlarni  bunday  guruhlarga  ajratish  bir  necha  xil  mahsulot  ishlab 
chiqaradigan  korxonalarga  xos  bo`lib,  bir  xil  mahsulot  ishlab  chiqaradigan 
korxonalarga  hamma  xarajatlar  ham o`sha mahsulot tannarxiga  kiradi.   
Mahsulot  tannarxining  dinamikasini  o`rganishning  muhim  shartlaridan  biri 
o`rganilayotgan  mahsulotning  albatta  solishtirma  tovar  mahsulot  bo`lishidir. 
Solishtirma  tovar  mahsulotga  solishtirilayotgan  ikki  davr  (bazis  va  joriy)da  ishlab 
chiqarilgan  va  shu  bilan  birga  texnologiyasi,  konstruktsiyasi  bir  oz  o`zgarsa  ham 
lekin  iste`mol  xususiyati  o`zgarmagan  mahsulotlar  kiradi. 
 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish