73
xarajatlar o`rtasidagi bevosita aloqani tushunib yetishni taqozo etadi. Mahsulot
narxi uni ishlab chiqarishga ketgan to`liq xarajatlar (tannarxi)dan yuqori bo`lishi
kerak. Deyarli har qanday tovarning tannarxiga hisobga olinishi kerak bo`lgan
o`zgaruvchan va doimiy xarajatlar kiradi.
Xorijiy amaliyotda faoliyat turlari bo`yicha chiqimlarni hisobga olishning
zamonaviy usulidan (Activity-Based Costing – AVS) keng foydalaniladi va ishlab
chiqarish hajmi, xarajat ob`yektlari va boshqa omillar ta`siriga bog’liq holda
xarajatlarni tavsiflashning ko`p darajali tizimi qo`llaniladi.
Mazkur yondashuv mualliflaridan biri, iqtisodchi Jon L.Deylining fikricha,
“... faoliyat turlari bo`yichа chiqimlarga asoslanib narxni shakllantirishning
maqsadi hamma holatlar uchun umumiy bo`lgan universal narx formulasini ishlab
chiqish emas, balki menejerga narx belgilashning samarali vositalari to`plamini
taklif qilishdir”.
AVS usuli kompaniya faoliyati turlarini aniqlash va sarf-xarajatlarni yuzaga
keltiruvchi omillarni tahlil qilish uchun mo`ljallangan. AVS usuli asosida narx
shakllantirish jahon amaliyotida AVR modeli deb ataladi va turli vaziyatlar uchun
narxni hisoblab chiqish uslubini ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.
Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi
sanoat, ulgurji savdo, chakana savdo va servis kompaniyalarida narx belgilashga
yuqorida ko`rsatilganidek yondashuv kenг qo`llaniladi. Hozirgi paytda turli tarmoq
korxonalari o`rtasida chiqimlar va narxlar haqida axborot almashuvi yo`lga
qo`yilmoqda.
Narx bilan iste`molchilar o`rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki,
uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor
segmentatsiyasi bilan izohlash mumkin.
Talab qonuni iste`molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon
narxlarda ko`proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham
«narx-miqdor» aloqadorligiga to`g’ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab
shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko`proq tovar aylanmasi
hajmini
ta`minlaydi.
Bunday
tovarlar
bozorning
ayrim
segmentlariga
mo`ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari,
mo`yna va boshqalar.
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo`lib xizmat qiladi. Asosan narxni
o`zgartirish yo`li bilan talabga ta`sir ko`rsatish raqobatning narx bilan bog’liq
usullarini yaratadi. Narx bilan bog’liq bo`lmagan raqobat usullarida firmalar o`z
mahsulotining o`ziga xos xislatlariga zo`r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harkati,
reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e`tibor beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: