"menejment va iqtisodiyot"


Narx  nazariy  jihatdan  olganda  tovar  qiymatining  puldagi  ifodasi,  qiymatining  bozordagi ko`rinishidir.  Baho  siyosati



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

Narx  nazariy  jihatdan  olganda  tovar  qiymatining  puldagi  ifodasi,  qiymatining 
bozordagi ko`rinishidir. 
Baho  siyosati  -  bu  davlatning  iqtisodiy  siyosati  va  iqtisodiy  strategiyasining 
muhim 
ajralmas 
qismidir. 
Shu 
sababli 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotni 
jadallashtirishda,  mehnatkashlarning  tashabbusi  va    omilkorligini  rivojlantirishda 
baho  belgilash  siyosati  alohida  o`rin    egallaydi.  Bahoni  xo`jalik  mexanizmi  va 
o`zini  o`zi  pul  bilan  ta`minlashning  ko`tarib  turuvchi  ustuni  deyish  mumkin. 
Jamoaning  va  ayrim  xodimning  daromadlari,  ular  iqtisodiy  manfaatlari  narxning, 
ya`ni  bahoning to`g’ri  belgilanishiga  bog’liqdir. 
Baho  bamisoli  barometr  kabi  bozor  holatini  ko`rsatib  turadi,  u pasayib ketsa, 
tovar  bozori  kasodga  uchraydi,  tovar  nafsiz  bo`lib,  uni  boshqa  tovar  bilan 
almashtirish  yoki uning  sifatini  yaxshilash  zarurligi  kun tartibiga  qo`yiladi.  
Baho  pul  muomalasi  holatiga,  kreditlash  samaradorligi  va  iqtisodiyotning 
moliyaviy  sog’lomligi  bilan  bog’liq.  Davlatning,  korxona(firma)lar  va  ularda 
ishlovchilarning,  umuman  aholining  o`zaro  rejali  bog’lanishi  baho  yordamida 
amalga  oshiriladi,  ijtimoiy  resurslardan  foydalanish    ta`minlanadi,    yalpi    ichki  
mahsulotni  hisobga  olish  va  taqsimlash  amalga  oshiriladi.  Bahoni  tovar  qiymati 
belgilaydi,  ammo  bozor  iqtisodi  sharoitida  u  aniq  qiymatdan  yuqori  yoki  kam 
bo`lishi  mumkin,  bu  esa  bozordagi  o`sha  mahsulotga  bo`lgan  talab  va  taklifga 
bog’liq  bo`ladi.  Tovar  bahosining  darajasi,  shuningdek,  tovarning  ijtimoiy 
foydaliligi  darajasi  va  boshqa  tovarlar  o`rnini  bosa  olishi,  muomaladagi  pulning 
xarid  quvvatiga  ham  bog’liq bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho yordamida 
korxonalar  ishlab  chiqarishini  tashkil  etishning  asosiy  muommolaridan  biri,  nima  
ishlab  chiqarish  foydali  ekanligini  hal  etadi.  Baho  tovar  taklifi,    aholining  to`lov 
qobiliyati,  ishlab  chiqarish  resurslarining  oshib  yoki  kamayib  ketishi  to`g’risida 
korxona  egalariga  axborot  beruvchi  vosita  hamdir.  Bahoning  yana  bir  vazifasi 
qiymat  o`lchovidir,  bunda  qilingan  xarajatlar  va  olingan  natija  ma`lum  bir    narx 
yordamida hisob-kitob qilinadi. 
Xo`jalik  yuritish  amaliyotida  esa  baho  muhim  iqtisodiy  vosita,  dastak  deb 
qaraladi.  Ma`lumki,  qiymat  ishlab  chiqarish  kategoriyasi  bo`lib,  ishlab 
chiqarishdagi  mehnat  sarflanishi  bilan  bog’liq  munosabatlarni  ifoda  etadi. 
Tovarning  yaratilishida  moddiylashgan  va  jonli  mehnat  sarf  etiladi.  Ularning 
majmuasi  qiymatdir.  Ammo  qiymat  har  qanday  mehnat  sarfi  emas.  qiymat  tovarni 
yaratishga  ketgan  ijtimoiy  zarur  mehnat  sarfi,    aniqrog’i  ehtiyojni  qondira  olgani 
sababli  bozorda  tan  olingan  mehnat  sarfidir,  chunki    mehnatning  bir  qismini,   agar 
u  kerakli  bo`lmasa,    bozor  inkor  etadi  va  shu  qismi  qiymatni  yaratishda  ishtirok 


71 
 
etmaydi.  Muayyan  baho  sharoitida  ko`proq  foyda  olish  uchun  xarajatlarni 
kamaytirish   zarur. 
Baholar  tovar-pul  munosabatlari  muomalasining  shakli  va  realizatsiya 
qilinadigan  mahsulot  turiga  ko`ra  farqlanadi.  Ammo  bahoning    turlari  bir  biri  bilan 
o`zaro  bog’liq  bo`lib,  ular  yagona  tizimni  tashkil  etadi.  Mazkur  tizimning    muhim 
elementlari  quyidagilardir: 
a)  Ulgurji  baholar.  Ular  firmalar  o`z  mahsulotlarini  katta  hajmda  boshqa 
firmalarga  yoki  vositachilargа  va  ulgurji  savdo  tashkilotlariga  sotayotganlirida 
qo`llaniladi.  Ulgurji  baho  korxonalarga  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  qoplashni, 
zarur foyda olishni  ta`minlab  berishi zarur; 
b)  Chakana  baholar.  Ulardan  tovarlarni  bevosita  iste`molchilarga  sotishda 
foydalaniladi.  Bu  baholarga  davlat  savdosi,  xususiy  mulk  egalari  do`konlari  va 
bozorda  yuzaga  kelayotgan  baholar  kiradi.  Chakana baho darajasi aholining real 
daromadlari  bilan  belgilanadi.   
c)  Xarid  baholari.  Bu  baholar  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarining  davlat 
tomonidan sotib olinishida  ishlatiladi.   
d)  Dunyo baholari xalqaro savdo munosabatlarida  qo`llaniladi. 
Baholar  tovar  ishlab  chiqarishning  rivojlanishiga  o`z  vazifalari  orqali  ta`sir 
etadi.  Bozorda  turli  mehnat  sarflari  umumiy,  ya`ni  ijtimoiy  zarur  mehnat  sarfiga 
keltiriladi  va shu sarfning pulda ifodalanishi  bahoni hosil qiladi.  
Bozorda  sotuvchi  bilan  xaridor  o`rtasidagi  iqtisodiy munosabat bo`lganidan 
narxning  shakllanishidа  har  ikki  tomon  ishtirok  etadi.  Xaridor  deganda,  biz  tovar 
va  xizmatlarni  iste`mol  etuvchilar  -  fuqarolar,  ishlab  chiqarishni  yurgizish  uchun 
resurslarni  sotib  oluvchi  firmalarni  tushunamiz.  Baholarning  shakllanishida  tovarni 
ishlab  chiqarishdan  tortib,  iste`molga  etgungacha  bo`lgan  mehnat  sarflari  ishtirok 
etadi. Jamiki  xarajatlar  baho tarkibiga  kiradi.   

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish