Ijodiy operatsiyalarda – tahlil, taqqoslash, tanlab olish, sintez, xulosa,
hisoblash, oldindan bilib olish, qaror qabul qilish harakatlariga aytiladi. Bu kabi
ijodiy operatsiyalarni bajarish bilan rahbarlar va mutaxassislar band bo’ladi.
Mantiqiy operatsiyalar – avvaldan belgilangan tartibda, ya`ni ishlab
chiqilgan algoritm bo’yicha bajariladi. Ular tavsifnoma yoki me`yoriy hujjatlar
bilan cheklangan bo’lishi mumkin. Masalan, buxgalterlik hisobini tayyorlash,
materialga bo’lgan talabni hisoblab chiqish. Bu operatsiyalar nisbatan oddiyroq
bo’lsada, boshqaruv xodimlaridan maxsus tayyorgarlik talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |