"menejment va iqtisodiyot"


hisoblashning uslubiy va amaliy jihatlari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet359/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

hisoblashning uslubiy va amaliy jihatlari. 
Reja: 
1.  Menejment  samaradorligi  tushunchasi.   
2.  Menejment  samaradorligini  baholash mezonlari.   
3.  Menejment  samaradorligining  iqtisodiy ko`rsatkichlari  tizimi.   
4.  Menejmentning  ijtimoiy  samaradorligi.   
Tayanch iboralar: samara, samaradorlik, iqtisodiy  samaradorlik, mezon  
xususiy  mezon,  sifat  mezoni,  ko`rsatkich,  texnik  ko`rsatkichlar,  moliyaviy 
ko`ursatkichlar,  ijtimoiy  ko`rsatkichlar,  menejment  natijasi. 
 
14.1. Menejment samaradorligi tushunchasi. 
Samara – bu natija, oqibat, meva. Masalan, ijodiy  mehnat samarasi.   
“Samaradorlik  –  bu  kutilganicha  yoki  undan  ham  ortiq  samara.  Samarali, 
sermahsul. Masalan,  samarali  mehnat”.  
Iqtisodiyotda  “samara”  –  bu  yaratilgan:  yalpi  ichki  mahsulot  (YaIM);  yalpi 
ichki  daromad  (YaMD);  yalpi  sof  mahsulot  (YaSM);  yalpi  sof  daromad  (YaSD) 
kabilarda  o`z aksini  topadi.  
Ammo  birgina  samaraning  o`zi  kishi  faoliyatini  to`liq  ifodalay  olmaydi.  eng 
muhimi  shu  samaraga  qanday  xarajatlar  orqali  erishilganini  aniqlashdir.  Zero,  bir 
xil  xarajat  qilib  turli  samara  olinishi  mumkin  bo`lganidek,  bir  xil  samaraga  turli  xil 
mehnat  sarfi  tufayli  erishish  ham  mumkin.  Ijtimoiy  ishlab  chiqarishning  maqsadi 
ham  oz  mehnat,  moddiy  va  pul  mablag’lari  sarflab  ko`proq  samaraga  erishishdir. 
Bu  degan  so`z  erishilgan  samarani  (S)  sarflangan  xarajatga  (X)  bo`lish  kerak. 
bunday taqqoslash samaradorlik (SD) nisbiy  ko`rsatkichini  beradi.    
Х
S

SD
 
 Bunda:  X  –  bu  absolyut  miqdorlar  bo`lib,  ular  ishlab  chiqarish  va  xizmat 
ko`rsatish jarayonida  sarflangan: 
-  yalpi  mehnat  (YaM); 
-  yalpi  xom ashyo (YaX); 
-  yalpi  fondlar (YaF); 
-  yalpi  investitsiya  (YaI)lardir. 
Samaradorlik  –  bu  xarajat  va  natijaviy  ko`rsatkich  orasidagi  bog’lanish,  ya`ni 
ishlab  chiqarish  korxonasining  foydaliligidir.  Shu  bilan  birga  korxona  faoliyatining 
natijalari  jamiyat  a`zolarining  ehtiyojlarini  ham qondirishi  kerak.   
Boshqarish 
samaradorligi 
tushunchasi 
ko`pincha  tashkilotning  ishlab 
chiqarish    faoliyati  samaradorligi  tushunchasi  bilan  mos  keladi.    Boshqaruv 
samaradorligi  –  bu  ishlab  chiqarish    samaradorligini  oshirishda  boshqarishning 
rolini  oshirishdan iboratdir.   
Boshqaruv  jarayonining  samaradorligi  boshqaruvning  absolyut  barcha 
tomonlarini  qamrab  oladi  va  iqtisodiy,  ijtimoiy,  tashkiliy,  marketing,  texnologik  va 
boshqa  munosabatlarning  xarakterli  xususiyatlarini  aks  ettiradi.  Boshqaruv 
samaradorligining  bunday  ko`p  qirraliligi  uni  ifodalashda  tushunchalarning  turli-


231 
 
tumanligini  taqozo  etadi.  Ulardan  boshqaruv  tizimining  asosiga  kiruvchi  muhimlari 
quyidagilar: 
1.  Boshqaruv ishchilari  mehnatining  samaradorligi; 
2.  Boshqaruv  apparati  yoki  uning  alohida  organlari  va  bo`linmalari  boshqaruv 
faoliyatining  samaradorligi; 
3.  Boshqaruv  jarayonining  samaradorligi  (aniq  boshqaruv  qarorlarini  ishlab 
chiqish va amalga  oshirishda); 
4.  Boshqaruv  tizimining  samaradorligi  (boshqaruv  ierarxiyasi,  shuningdek  ishlab 
chiqarishni  boshqarishda ishlovchilar  qatnashishini  hisobga olib); 
5.  Boshqaruv  mexanizmining  samaradorligi  (boshqaruv  uslublari,  tizimlari  va 
shakllari). 
Boshqaruv  jarayonida  uning  maqsadlari,  funktsiyalari  va  uslublari  amalga 
oshiriladi.  Shuning  uchun  boshqaruv  samaradorligida  qarorlarni  ishlab  chiqish  va 
amalga  oshirishning  tashkiliy-iqtisodiy  tizimini  hisobga olish kerak. 
Tarkibiga  ko`ra  boshqaruv  samaradorligi  iqtisodiy  hamda  ijtimoiyga 
bo`linadi.  Bu  bo`linish  maqsadlarning  farqlanishi  bilan  tushuntiriladi.  Menejment 
natijalarini  aniqlash  mumkin  bo`lgan  yuqori  rahbariyat  komandasi  samarali 
ishining  bir nechta qoidalari  mavjud: 
1.  Ma`lum  bo`limga  javobgar  bo`lgan  har  bir  kishi  unda  o`zining  hal  qiluvchi 
ovoziga  ega  bo`ladi. Xar bir komanda a`zosi butun komanda nomidan gapiradi. 
Bo`ysunuvchilar  rahbariyatning  bir  a`zosi  qarori  ustidan  boshqa  komanda 
a`zosiga e`tiroz bildira  olmaydilar. 
2.  Hech  kim  o`zi  bosh javobgar bo`lmagan ishlarda qaror qabul qilmaydi. Bunday 
masala  tug’ilganda  uni  hal qilishga  javobgar shaxsga taqdim etadilar. 
3.  Komanda a`zolari  o`z hamkasblari  haqida tashqarida gapirmasliklari  kerak. 
4.  Komanda  sardori  xo`jayin,  boshliq  bo`lmasdan  lider  bo`lishi  zarur.  Inqiroz 
paytida u javobgarlikni  o`z bo`yniga oladi. 
5.  Ba`zi  qarorlar sinchiklab  muhokama  qilinadi. 
6.  Komandaning  barcha  a`zolari  bir-birlarini  o`zlariga  tegishli  soha  qarorlari  bilan 
doimo va chuqur tanishtirib  boradilar. 
Bozor  sharoitida  amalda  deyarli  barcha  tashkilotlar  tadbirkorlik  faoliyati  bilan 
shug’ullanadi,  bu  esa  samaradorlikning  turli  tashkil  etuvchilarini  aniqlab  beradi. 
Buning  uchun  korxona  samaradorligining  asosiy  omillarini  darajasi  bo`yicha 
keltirish  mumkin: 
Samaradorlik  omillarining  ahamiyatliligi  darajasi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish