Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga ta`sir etuvchi omillarni hisobga
olish kerak.
Rahbarning shaxsiy baholashlari. Har qanday odam o`z qadriyatlar tizimiga
ega va bu tizim uning harakatlarini aniqlab beradi hamda qabul qilinayotgan
qarorga ta`sir ko`rsatadi (muhimlik, sifat va h.k.z).
Qaror qabul qilish muhiti. Qaror qabul qilish paytida tavakkalchilik hisobga
olinadi. Al’ternativalarni baholash chog’ida rahbar mumkin bo`lgan natijalarni turli
sharoitlarda bashoratlashi lozim. Bunday sharoitlar quyidagilar: aniqlik, risk
(tavakkalchilik) va noaniqlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |