Navbatlar nazariyasi modeli yoki optimal xizmat ko`rsatish modeli. Bu
model iste`molga nisbatan optimal xizmat ko`rsatish kanallari sonini aniqlash
uchun qo`llaniladi. Masalan, odamlarning aviakompaniyaga samolyot uchun chipta
buyurishi va axborot olish to`g’risidagi qo`nqiroqlari, omborda yukni tushirishni
kutib turgan yuk mashinalari, bekatda navbat kutib turgan yo`lovchilar buning
yorqin misolidir. Agar mijoz ko`p kutib turishiga to`g’ri kelsa, unda ular boshqa
kompaniyaga murojaat qilishlari mumkin. Shunday qilib, printsipial muammo
shundan iboratki, qo`shimcha xizmat qilish kanallari xarajatlarni va mijozlar
boshqa kompaniyaga o`tib ketganda olinadigan zararlarni tenglashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |