"menejment va iqtisodiyot"


-chizma.  Qarorni  amalga  oshirish  va baholash



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

 
9.5-chizma.  Qarorni  amalga  oshirish  va baholash.   
 
Muammoni  yechish  uchun  yoki  mavjud  imkoniyatdan  foyda  olish  uchun 
qaror  amalga  oshirilishi  kerak.  Agar  qaror  taalluqli  bo`lgan  shaxs  tomonidan  tan 
olinsa, qarorni amalga  oshirish samaradorligi  darajasi  ko`tariladi. 
 Teskari aloqa bosqichida qaror oqibatlarini o`lchash va baholash yoki olingan 
natijalarni  rahbar kutgan natijalar  bilan  solishtirish  lozim. 
Eng  maqbul  qarorni  ishlab  chiqish  ko’p  jihatdan  omilkor  kishilarning  va, 
ayniqsa,  kelgusida  shu  qarorni  bajaruvchilarning  fikri  naqadar  to’la  hisobga 
olinganligiga  bog’liq.  
Mezonlar  tanlab  olingach,  aniq  omillar  va  sharoitlarni  tanlashga  o’tiladi. 
So’ng qaror tayyorlashning navbatdagi bosqichiga o’tiladi. Bu bosqichda qo’yilgan 
vazifani  bajarish  modeli ishlab chiqiladi.    
Model  –  bu  biron  bir  fikr  (g’oya)  yoki  tizim  va  ob’yektni  biron  bir  shaklda 
namoyon  etish.  Masalan,  tashkilot  sxemasi,  uning  strukturasi model hisoblanadi va 
uning  tuzilishini  ko`rsatadi.  
Model  -  bu  boshqaruv  oldida  turgan  vazifani  hal  etish  chizmasidir.  Model 
oddiy  yoki  dasturlashni  talab  qiluvchi,  murakkab  bo`lishi  ham  mumkin.  Murakkab 
qarorlarni  qabul  qilishda  matematik  yoki  statistik  modellardan  foydalaniladi.  Bu 
Natijalarni 
baholash 
Qaror qabul  qilish 
Qarorni  amalga 
oshirish 
Teskari 
aloqani 
o`rnatish 
Qaror 
to`g’risidagi 
ma`lumot 


173 
 
modellar  muammolarni  miqdor    jihatdan  tavsiflaydi  va  optimal  variantli  boshqarish 
qarorini  qabul qilish  uchun asos bo`ladi.   
Modelning 
asosiy 
xarakteristikasi 
bu 
qo`llanadigan  hayotiy  holatni 
tushunishni  yengillashtirish.  Model  rahbarga  o`z  tajribasini  oshirishga  yordam 
beradi.  Hamma  boshqaruv  maktablariday  real  dunyo  tashkiliy  muammolarini 
yechishda boshqaruv fani ham intiladi.   
 
Modellar  uch turga bo`linadi:   
1.  Fizik  model  –  tadqiq  etilayotgan  ob’yekt  yoki  tizimni  kattalashtirilgan  yoki 
kichraytirilgan  ifoda  yordamida  ko`rsatadi.  Misol,  chizmaning  kattalashtirilgan 
yoki kichiklashtirilgan  masshtabdagi ifodasi.  
2.  Analogli  model  –  tadqiq  etilayotgan  modelning  tushunarli  va  o`xshash 
shakldagi  ifodasi.  Masalan,  geografik  xarita,  grafik.  Analogli  modelning 
boshqa  misoli  -  bu  tashkiliy  sxema  -  bu  sxemani  yasashda  rahbar  faoliyat  va 
individlar  o`rtasidagi  bog’liqlikni  zanjirsimon  sifatida ko`ra oladi. 
3.  Matematik  modelda  ob’yekt  yoki  hodisaning  xususiyatini  ifodalash  uchun 
simvollar  qo`llaniladi.  Masalan,  mahsulot  hajmi  va  xarajatlarining  o`zaro 
bog’liqligini  model yordamida ifodalash mumkin.   
C=PV (0,1)=2500 
Bunda:  C - xarajatlar  ishlab chiqarish hajmiga  (PV) ko`paytirilgan  0,1=2500. 
Modelni  yasash  boshqarish  singari  jarayondir.  Bu  jarayonning  asosiy 
bosqichlari quyidagilar: 
1.  Masalaning  qo`yilishi. 
2.  Modelni  yasash. 
3.  Modelning  to`g’riligini  tekshirish. 
4.  Modelni  qo`llash va yangilash. 
Modellarning  samaradorligini  turli  qiyinchiliklar  va  potentsial  cheklanishlar 
oqibatida  pasaytirilishi  mumkin.  Ular:  noto`g’ri  dastlabki  farazlar,  axborotlarning 
cheklanganligi,  foydalanuvchilarning  qo`rquvi,  amalda  sust  qo`llanilishi,  haddan 
ziyod bo`lgan qiymat. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish