Qarorlar shajarasi – bu uslub ham bir qancha mavjud variantlardan eng
yaxshi yo`nalishni tanlab olish uchun qo`llaniladi. Qarorlar shajarasi qaror qabul
qilish muammosini sxema ko`rinishida ifodalaydi.
Qarorlar shajarasi uslubini bir qarorning natijasi keyingi qaror natijasiga ta`sir
ko`rsatadigan vaziyatlarda qo`llash mumkin. Bu uslub ketma-ket qarorlarni qabul
qilish uchun qo`llaniladi. Qarorlar shajarasidan foydalanib rahbar ikkinchi
nuqtadan dastlabki nuqtaga qaytish yo`li orqali o`zi uchun ancha maqbul bo`lgan
qarorni topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |